Erdogʻan Rim Papasi bilan Quddus masalasini muhokama qildi

1384
0

Erdogʻan Rim Papasi bilan Quddus masalasini muhokama qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan eʼlon qilingan Quddus muamosini Rim Papasi Fransis bilan telefon orqali muhokama qildi. Bu haqida Turkiya davlatining prezidentlik devoni maʼlum qildi.

Manbaning bildirishicha, prezident Erdogʻan va Rim Papasi Fransis dinlar oʻrtasida juda muhim oʻrin egallaydidigan va mintaqa barqarorligi uchun muhim rol oʻynaydigan Quddusdagi hozirgi vaziyatni himoya qilish oʻta muhimligini alohida taʼkidlaganlar. Shuningdek ikkala taraf ham Quddusning maqomini saqlab qolish uchun qoʻshma saʼy-harakatlar zarurligini aytib oʻtishgan.

Suhbat asnosida prezident Erdogʻan va Rim Papasi yaqin kunlarda yuzma-yuz uchrashuv oʻtkazishga kelishib oldilar.

Turkiston:

Yuzaki qaraganda Erdogʻan Quddus uchun jon kuydirayotgan musulmon rahbar sifatida namoyon boʻladi. Chunki Trampga qarshi keskin bayonotlar berdi va (Isroil)ni ochiqchasiga “bosqinchi terror davlati” deb atadi. Istanbulda Islomiy hamkorlik tashlotiga aʼzo davlatlar vakillarini toʻplab, Sharqiy Quddusni Falastin poytaxti deya eʼlon qildi.

Ammo masalaga chuqurroq nazar tashlaydigan boʻlsak, toʻgʻri, Erdugʻon Islomiy hamkorlik tashkiloti yigʻilishida (Isroil)ni ochiqdan-ochiq bosqinchi terror davlati deb atadi, biroq oʻsha terror davlati bilan na siyosiy, na harbiy va na iqtisodiy aloqalarini uzmadi. Vaholangki “terrorga qarshi kurash” nomi ostida deyarli har kuni musulmonlarni qamoqqa olmoqda.

Shuningdek Erdugʻon AQSh prezidenti Donald Trampga ham “Siz oʻzingizcha qaror qabul qilishga haqqingiz yoʻq, dunyo faqat sizdan iborat emas”, deya xitob qildi. Ammo yechimga kelganda, AQShning Falastin boʻyicha “ikki davlatlik” loyihasini oʻrtaga tashladi va shu loyiha asosida qaror qabul qilindi.

 “Ikki davlatlik loyihasi asosiga qurilgan odil va kengqamrovli tinchlikka amal qilishimizni eʼlon qilamiz” deyiladi jumladan tashkilotning yakuniy bayonotida. Vaholangki Yaqin Sharqda Britaniya “yagona davlat” loyihasini olgʻa surayotganligi va bunga muqobil ravishda AQSh “ikki davlatlik” loyihasini tiqishtirayotganligi hech kimga sir emas.

Shunday ekan, xulosa sifatida shuni qatʼiyan taʼkidlaymizki, Quddus masalasi Rim Papasi bilan muhokama qilinib yoki BMTga murojaat qilinib hal qilinmaydi. Balki buning aniq-tiniq sharʼiy hukmi mavjuddir. Xalifa Abdulhamidga Falastin masalasi koʻtarilganda hozirgi xukmdorlar kabi tanqid qilib oʻtirmadi, Rim Papasi bilan muhokama ham qilmadi, balki darhol bu haqida kelgan sharʼiy hukmga amal qildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.