Biri Angliyacha uslub boʻlsa, ikkinchisi Amerikacha uslubdir

676
0

Biri Angliyacha uslub boʻlsa, ikkinchisi Amerikacha uslubdir

Turkiyada boshqaruv tizimini referendum orqali parlament boshqaruvidan prezident boshqaruviga oʻzgartirish haqida tortishuvlar davom etmoqda. Oliy majlisda ur-yiqit va janjallar ortidan qabul qilingan “konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish” haqidagi qonun prezident Rajab Toyyib Erdoʻgʻon tarafidan tasdiqlandi. Mazkur oʻzgarishlar boʻyicha referendum 16 aprel kuniga belgilandi.

Referendum jarayonida musulmon halq “ha” yoki “yoʻq”dan birini tanlashlari lozim. Radio va televideniya orqali “ha”, deyishga tashviqotlar jadal suratda olib borilmoqda. Agar hokimiyatdagi Adolat va Taraqqiyot partiyasi referendumda yutib chiqadigan boʻlsa, davlat boshqaruv tizimi parlament boshqaruvidan prezident boshqaruviga oʻtadi. Shuningdek, yangi tahrirdagi konstitutsiya prezidentga besh yillik muddatga ikki marta saylanish huquqini ham beradi. Yaʼni, Erdoʻgʻonning 2019 yilda nihoyasiga yetadigan prezidentlik davri hisobga olinmasligi va u yana ikki marta saylanishi ham mumkin boʻladi.

Mazkur holatga nisbatan Islomiy aqidadan kelib chiqib baho bergan Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyatiga koʻra, Turkiyani yuksaltiradigan tizim parlament boshqaruvi ham, prezident boshqaruvi ham emas, balki faqat Islomiy Xalifalikdir.

“Yoʻq, deya himoya qilishga harakat qilinayotgan hozirgi boshqaruv Angliyacha uslub hisoblangan parlament tizimidir. Ha, deya oʻzgartirishga harakat qilinayotgan boshqaruv esa Amerikacha uslub hisoblangan prezidentlik tizimidir. Parlament tizimi bir necha yillardan buyon xalqning oʻrniga inglizlarga qanday xizmat qilib kelgan boʻlsa, yangi tizim ham xalqqa emas Amerikaga xizmat qiladi. Zero olib kelishga harakat qilinayotgan bu tizim Musulmon xalqning eʼtiqodi, manfaatlari va qadriyatlarini hisobga olgan holda emas, balki AQShning nufuzi va manfaatlarini hisobga olgan holda tayyorlangandir. Rasmiylar aytayotgan yolgʻonlarga zid ravishda yangi tizim na terror hodisalariga chek qoʻya oladi, na iqtisodiy muammolarni hal qila oladi va na ijtimoiy qoloqlikni bartaraf qila oladi. Chunki bu tizimlarning ikkisi ham kapitalizm mafkurasidan kelib chiqqan boshqaruv tizimidir”, deyiladi Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati tarafidan chiqarilgan banotda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.