Amerikadagi saylovlarda Trampning gʻalaba qozonishi!

764
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Savolga javob

Amerikadagi saylovlarda Trampning gʻalaba qozonishi!

Savol:

Bir savol bor, unga qoniqarli javob topmadim. Tramp qanday qilib Klinton ustidan bunchalik katta farq bilan gʻalaba qozondi? Axir 2016 yil 8 noyabr saylovlaridan oldin oʻtkazilgan soʻrov natijalari Klintonning Trampdan eʼtiborni tortadigan farq bilan oldinda ekanligini koʻrsatgan edi-ku? Tramp saylov kampaniyasi chogʻida Yevropa, Xitoy, Saudiya va butun musulmonlarga qarshi qizgʻin bayonotlarni ham bergan edi… Uning bayonotlarida Rossiya va Basharga maqtovlar ham boʻlgan edi… Bular Amerika siyosati, xususan Suriya borasidagi siyosati oʻzgarishini anglatadimi? Sizga tashakkur bildiraman. Alloh sizga yaxshilikni mukofot qilsin.

Javob:

Yuqoridagi savollarga javoblar voqesini tushunishimiz uchun quyidagi ishlarni koʻrib chiqish zarur boʻladi:

Amerikadagi saylovlar qonuni odamlar bildirgan fikrlarga va ovozlar sonini solishtirishga bogʻliq boʻlgan oddiy vaziyatdan butunlay farq qiladi. Balki 538ga yetadigan saylovchilar kollegiyasi (yigʻini)da har bir shtat uchun ovozlar soni boʻladi. Biron bir shtatda koʻpchilik ovozlar bilan – garchi 1 % bilan boʻlsa ham – gʻolib chiqadigan nomzod shtatdagi hamma ovozlarni oladi. Masalan shtatning aholisi 2 million va bu shtat uchun saylovchilar kollegiyasida 20 ovoz bor deylik, agar nomzodlardan biri saylovchilarning masalan 51 % ovoziga ega boʻlsa, ikkinchi nomzod esa 49 % ovoz olsa, 51 % ovoz olgan nomzod oʻsha 20 ovozning hammasini oladi. Yaʼni u faqat oʻzining gʻolib chiqishiga olib kelgan ovozlar nisbatinigina, yaʼni (51%*20=10,2)nigina olib qolmasdan, yaʼni u 11 ovozni olib, ikkinchisi esa 9 ovozni olib qolmasdan, balki 20 ovozning hammasini oladi.
Shunday qilib demak nomzodlardan biri saylovchilar ovozlarining koʻprogʻini olishi mumkin, lekin u saylovchilar kollegiyasi ovozlarining koʻprogʻini ololmasligi mumkin. Chunki bu narsa shtat aholisi sonining zichligiga, shtat uchun saylovchilar kollegiyasida ajratilgan ovozlar soniga va nomzodlardan biri ikkinchisidan koʻra ega boʻladigan nisbatga bogʻliqdir.

Fikr soʻrovlarida esa saylovchilar kollegiyasidagi ovozlar emas, odamlar ovozlari gʻolib boʻladi. Shuning uchun odamlar ovozlarining koʻpligi – hozirgina tushuntirganimizdek – saylovchilar kollegiyasi ovozlarining koʻpligi bilan muvofiq kelmaydi. Hozir shunday boʻldi. Chunki: “Klinton odamlarning eng koʻp ovozlarini: 47,6 % nisbat bilan 60.556.142 ovoz olgan boʻlsa, saylovchilar kollegiyasidan 232 ovozni oldi”… Tramp esa odamlar ovozlarining ozroq nisbatini: 47,3 nisbat bilan 60.116.240 ovozni oldi. “Lekin u saylovchilar kollegiyasining eng koʻp ovozini: 306 ovozni oldi…”. (Amerikadagi prezidentlik saylovlari 2016 yil 8 noyabr).

Bu bir tomondan shunday boʻldi. Boshqa tomondan esa nomzodlardagi moliyaviy, siyosiy va xavfsizlikka oid nufuz va hech qanday qiymatni hisobga olmaydigan ishlar ham bor. Balki har bir nomzod imkonidagi bor narsani, yaxshisini ham, yomonini ham sarflaydi… Bularning barchasi saylovchilarni bir muayyan yoʻnalish sari turtishda oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Masalan Klinton masalasini qoʻzgʻashni olaylik “Federal Tekshiruv Byurosi (FBR) direktori Jeyms Komi saylovlar vaqtidan 11 kuncha oldin Klintonning elektron pochtadan foydalangani boʻyicha yangi tekshiruv oʻtkazilayotganini bildirdi…”. (Bi-Bi-Si arabiy, 2016 yil 13 noyabr). Bu qoʻzgʻashning saylovlarga taʼsiri boʻldi. Hatto Klinton “Oʻzining tashqi ishlar vazirasi boʻlib turgan paytda oʻz shaxsiy pochtasidan foydalangani boʻyicha qaytadan tekshiruv oʻtkazilishi haqida Jeyms Komining saylovlardan bir necha kun oldin bildirganligi oʻzining saylov kampaniyasiga katta siyosiy zarar yetkazganini” aytdi. Klinton: “Komining shak-shubhalari hech bir asosga ega emas, zero u meni ayblash uchun nasos boʻladigan biron narsani topmaganini bildirdi. Lekin buning saylov natijalariga salbiy taʼsiri boʻldi” deb qoʻshimcha qildi. (Bi-Bi-Si arabiy, 2016 yil 13 noyabr). Qolaversa respublikachilar muhitni “Amerika oʻzini qutqazish uchun oʻzgarishga muhtoj” degan fikrga tayyorlashdi. Bunda ular demokratlar boshqaruvi davrida Amerikaning xalqaro darajasi pasayib ketdi, degan narsani sabab qilib koʻrsatishdi. Masalan respublikachi, sobiq vitse-prezident Dik Cheyni oʻzi va singlisi (tashqi ishlar vazirligidagi sobiq masʼula) yozgan “istisno: nega olam kuchli Amerikaga muhtoj” nomli kitobda (bu kitobdan parchalar aprel oyida nashr qilindi. (Reyter 2016 yil 8 aprel) va bu kitob saylovlardan ikki oy oldin, sentyabrda nashrdan chiqdi). quyidagilarni aytadi: “Afsuski biz tezlik bilan tobora kuchayib borayotgan terror tahdidining aniq koʻrinib turgan xatariga duch kelib turgan bir vaqtda prezident Obama kuch-qudratimizni ulkan tarzda zaiflashtirdi, u Amerikaning ittifoqchilaridan voz kechdi va dushmanlarimizni jurʼatlantirdi”. Bular bilan bir qatorda moliyaviy doiralar, siyosiy, maxsus xizmatlarga oid taʼsirlar va har ikki nomzod foydasiga xizmat qiladigan maxfiy kuchlar ham bor! Qolaversa ovozlarini olish uchun yahudiy lobbini ishga solish ham bor. Masalan Tramp “Isroil Yavm” yahudiy sayti bilan oʻtkazgan muloqotida (bu muloqot 2016 yil 11 mayda nashr qilindi) “oʻzining yahudiylarni va ularning vujudini yaxshi koʻrib qolganiga juda uzoq vaqt boʻlganini” aytib bunday dedi: “Biz Isroilni albatta himoya qilamiz, sizlar Isroil biz uchun bu mintaqada buyuk umid qalʼasi ekanligini unutmasligingiz lozim. Shuning uchun Isroil juda muhimdir”. U Amerika elchixonasini Telь-Avivdan Quddusga koʻchirishni vaʼda qildi…

Kapitalistik davlatlardagi, xususan Amerikadagi saylov kampaniyalarida har bir nomzod oʻz raqibi ayblarini fosh qilishi tabiiy. Shuning uchun ular sharmandali faktlarni ochib tashlashdan, bir-birlarini soʻkib, haqorat qilishdan, nomzodlarning har bir xatosi va ayblarini qidirishdan toyishmaydi… Lekin bu safar nomzodlarning bunday xatti-harakatlari oldingilardan ham oʻtib tushdi. Bu esa nomzodlarning saviyasi va xitoblari qanchalik tubanlashib ketganini ochiq koʻrsatib berdi. Bu xitoblarda shaxsiy ayblovlar va or-nomuslarga til tekizish hukmron boʻldi. Nomzodlarda Amerikaning tobora chigallashib borayotgan muammolariga oid hech qanday foydali fikrlar va yechimlar koʻzga tashlanmadi. Shuning uchun koʻpchilik amerikaliklar nomzodlardan qaysinisi yomon va qaysinisi undan ham yomonroq ekanini solishtirib, yomonligi kamroqni afzal koʻradigan boʻlishdi. Bu esa Amerikaning eng tubanlik sari shoʻngʻiyotganini koʻrsatib turibdi. Bu tubanlik bilan bir qatorda Amerikaning tobora chigallashayotgan muammolari va ichki iqtisodiy krizislari ham bor. Amerika jamiyatida boʻlinishlar ham avj olib bormoqda. Bu boʻlinishlarni Trampning bayonotlari yanada chuqurlashtirdi… respublikachilar partiyasi aʼzosi, sobiq Amerika tashqi ishlar vaziri Kolin Pauell oʻz partiyasi nomzodi Trampni “milliy sharmandalik va xalqaro jihatdan bir tashlandiq shaxs…” deb atadi. (Bi-Bi-Si arabiy, 2016 yil 14 sentyabr). Xillari Klintonni esa baʼzilar prezidentlikka yaramaydigan beparvo ayol, deb hisoblab bunga dalil uning tashqi ishlar vazirasi boʻlib ishlagan paytda maxfiy maʼlumotlarni joʻnatish uchun oʻzining shaxsiy pochtasidan foydalanganidir, deb aytishdi. Federal tekshiruv byurosi (FBR) Amerika prezidentligiga nomzod Xillari Klintonni “uning tashqi ishlar vazirasi boʻlib turgan payda oʻzining elektron pochtasidan foydalangani boʻyicha” soʻroq qildi. Adliya vazirligi esa bu beparvolik jinoyatmi yoki yoʻqmi, shuni koʻrib chiqmoqda…”. (Bi-Bi-Si arabiy, 2016 yil 7 fevral). Demak bularning barchasi Amerika shoʻngʻiy boshlagan tubanlikni koʻrsatib turibdi. Chunki Amerika bu ikki nomzoddan boshqasini topolmay ikkalasi uning nazdida afzalroq boʻlib turgan ekan bu Amerikaga qarab bostirib kelayotgan tuban qulashga dalolat qiladi… Chunki bu galgi saylovoldi bayonotlari aybni ochish jihatidan avvalgilardan farqli boʻldi.
Endi bu bayonotlarning rostdan ham amalga oshishi jihatidan oladigan boʻlsak, ular faqat respublikachilarning kekkayish uslubi bilan demokratlarning aldov uslubiga munosib keladigan darajadagina amalga oshadi… Shunday qilib demak saylovoldi bayonotlari nomzodning saylanganidan keyingi ijroiy siyosati uchun bir haqiqiy oʻlchov qilib olinmaydi. Zero bu shundoq koʻrinib turgan narsadir. Masalan Obama oʻzining saylov kampaniyasini Guantanamo qamogʻini yopib qoʻyishi haqida jar solish bilan toʻlgʻazib tashlagan edi. Hozir esa bu qamoq oʻsha eski holicha saqlanib qoldi. Holbuki Obamaning ikki prezidentlik muddati tugadi! Hatto Trampning oʻzi ham oʻzining bayonotlari bilan oʻyin qila boshladi:

Tramp 2015 yil yanvarda “musulmonlarning Amerikaga kirishlarini butunlay taqiqlab qoʻyishga, ularning dinlari qayd etib qoʻyilishi uchun maxsus kartochkaga tayanishga, ularga oid maxsus maʼlumotnomalar bazasini tashkil qilishga va masjidlarni nazorat qilishga” chaqirdi. (Bi-Bi-Si, 2015 yil 7 dekabr). Lekin u shundan keyin oʻzining vaʼdasi haqida “U shunchaki bir taklif, xolos, bundan ortiq emas…” dedi. (Al-Jazira, 2016 yil 11 noyabr). Lekin u – garchi oʻz gaplarini amalga oshirmasa ham – musulmonlarga tahdid qilish va ularga tazyiq oʻtkazish uslubini ishga solishda davom etaveradi.
Eronning yadroviy programmasi haqida esa u kelgusida bu kelishuvni bekor qilajagini aytdi. Lekin uning bunday qilishi kutilmaydi. Tramp oʻzini Eronga qarshi qilib koʻrsatib odamlarni aldash uchun Eronga nisbatan zohirda qattiqqoʻllik koʻrsatmoqchi, xolos. Zero u Eronning Amerika chizgan chiziqda aylanayotganini va Amerika siyosatini amalga oshirayotganini yaxshi biladi. Bu esa uning oʻz bayonotlarida oʻziga oʻzi qarshi chiqayotganiga yoki ataylab oʻzini ziddiyatli qilib koʻrsatayotganiga dalolat qiladi. Qarshi tomonni qoʻrquvga solish va oʻzining avvalgi prezidentlar qilmagan narsani qilmoqchi ekanini amerikaliklarga uqtirib ularning tuygʻularini qitiqlash uchun oʻzini shunday koʻrsatmoqchi. Bu uning adashtirish uchun qoʻllayotgan uslubiga oʻxshab turibdi. Maqsadi Amerikaning ayblarini va buni amalga oshirishga qudrati yetmasligini yashirishdir.
“Saylangan Amerika prezidenti Donalьd Tramp CBS tarmogʻi bilan boʻlgan muloqotda oʻzining uch millionga yaqin noqonuniy emigrantni mamlakatdan chiqarib yubormoqchi ekanini aytdi… Tramp quyidagilarni qoʻshimcha qildi: “Biz qiladigan ish jinoyatchilik tarixiga ega shaxslarni, mafiyalar aʼzolarini, narkotiklarni kontrabanda qiluvchilarni chiqarib yuborishdir, ular bir million yoki uch million shaxs boʻlishi mumkin, ularni mamlakatimizdan chiqarib yuboramiz yoki qamoqqa tashlaymiz… Lekin biz ularni mamlakatimizdan chiqarib yuboramiz, ular bu yerda noqonuniy turishibdi”. Respublikachi prezident soʻzini davom ettirib chegaralar xavfsizligi “taʼminlanganidan” keyin emigratsiya masʼullari Qoʻshma Shtatlarda roʻyxatdan oʻtmagan emingrantlar toʻgʻrisida qarorlar qabul qilishni boshlashlarini aytdi… Qoʻshma Shtatlar bilan Meksika oʻrtasida devor qurish masalasi haqida esa Tramp oʻzi chegaralarda qurmoqchi boʻlayotgan bu devor butunlay toshdan qurilmasligi mumkinligini, uning tarkibida faqat toʻsiqlardan iborat boʻlgan qismlar boʻlishi mumkinligini aytdi. U izoh berib “Bu devor baʼzi toʻsiqlarni oʻz ichiga olishi mumkin… baʼzi mintaqalarda devor qurish munosibroqdir, men qurilish degan bu ishning ustasiman” dedi…”. (Hurra, 2016 yil 13 noyabr). Uning oʻz soʻzlarida oʻyin qilayotgani aniq koʻrinib turibdi. Chunki u uch million kishini chiqarib yubormoqchi ekanligini aytganidan keyin bu soʻzini izohlab istisno qila boshladi. Hatto toʻsiq haqida ham batafsil izoh berib uning baʼzisi toshdan va baʼzisi sim toʻsiqdan iborat boʻlishini aytdi. Bu esa uning uslubi boshqaga tahdid va hujum qilish ekanini taʼkidlab turibdi. Vaholanki u oʻz fikridan qaytishga tayyor turadi.
“Oldinroq Tramp Atlantik Ittifoq “oʻzining foydali-samarali ekanligini yoʻqotdi” deb aytgan va Vashingtonning Yevropalik ittifoqchilari – agar ular rus agressiyasiga uchrasalar – yonini olib aralashuvi Yevropaning bu ittifoq byudjetiga moliyaviy hissalar qoʻshishlariga bogʻliq ekanligiga eʼtiborni qaratgan edi”. (“AFP”… Xalij gazetasi, 2016 yil 11 noyabr).
Ayni vaqtda hozirgi Amerika prezidenti Barak Obama “Tramp unga “NATOning bir kuchli ittifoq boʻlishiga oʻzining doimo qattiq tirishajagini” bildirganini aytdi…”. (Bi-Bi-Si arabiy, 2016 yil 14 noyabr).

Endi sobiq prezident davrida koʻp muhokama qilingan asosiy masalalar borasida Amerika siyosatining oʻzgarishi haqida aytadigan boʻlsak, keng koʻlamli rejalarning oʻzgarishi kutilmaydi. Balki uslublargina oʻzgarishi mumkin, xolos. Chunki Amerika sistemasida turli institutlar (muassasalar) hukmronlik qiladi. Ulardan baʼzilari ortiqroq salohiyatlarga ega boʻlsa, baʼzilari kamroq salohiyatlarga egadir. Masalan prezident va uning maʼmuriyati, Pentagon, kongress, milliy xavfsizlik kengashi, xavfsizlik idoralari kabilar… Bular Amerika siyosatining keng koʻlamli rejalarini deyarli oʻzgarmay saqlanib qolishiga oʻz taʼsirini oʻtkazadi, faqat uslublarda farq boʻlishi mumkin. Buni tiniqroq tushuntirish uchun savolda kelgan Suriya mavzusiga toʻxtalib oʻtaman:
Obama Basharni qoʻllab-quvvatlab keldi. Lekin u buni ochiq bildirmadi. Aksincha Obama “Bashar uchun Suriyada hech bir kelajak yoʻq”… “Bashar bilan muzokara olib borilmaydi”… “Bashar bilan muzokara olib borilishiga hech bir monelik yoʻq, lekin oʻtish davri bosqichida uning vujudi boʻlmaydi”… “Uning (yaʼni Basharning) oʻtish davri bosqichida mavjud boʻlishiga hech bir monelik yoʻq, lekin ana shundan keyin uning Suriya boshqaruvida hech bir roli boʻlmaydi” deb aytar edi. Oxiri Obama “Basharning prezidentlik saylovlarida ishtirok etishiga hech bir monelik yoʻq” deb aytdi!! Tramp esa buni darhol aytib qoʻya qoldi. U: Bashar terrorizmga qarshi urush qilyapti, demak u bir taʼsirli element, shuning uchun birlamchi vazifa Basharni emas, terrorni yoʻq qilishdir, dedi. “Gardian gazetasining yozishicha, Tramp Davlat tashkilotini magʻlub qilish uchun Rossiya va Suriya bilan ittifoqchi boʻlish Suriya krizisi bilan munosabatda boʻlishda oʻzi afzal koʻradigan siyosat ekanini yana bir bor taʼkidladi. Gazeta Trampning “Uoll-strit Jornal” gazetasiga aytgan soʻzini keltirdi. Tramp Asadni mutlaqo yoqtirmasligini aytdi, “Lekin – dedi u – uning rejimini mustahkamlash ichki urush toʻs-toʻpolonida avj olgan va Amerikaga tahdid solayotgan ekstremizmni yoʻq qilishning eng afzal yoʻlidir” …”. (Al-Jazira, 2016 yil 13 noyabr). Tramp iyulda “Nьyu-York Tayms” nashr qilgan bir muloqotda oʻzining Suriya krizisi haqidagi fikrini bildirib bunday degan edi: “Men Asaddan qutulishdan oldin avvalo IShIDdan qutulishimiz zarur, deb bilaman”. U oʻzining saylov kampaniyasida Davlat tashkilotiga qarshi urush qilish uchun Suriya va Iroqqa oʻn minglab askarlarni yuborishni vaʼda qildi va ular bilan birga NATO kuchlarini ham yuborajagini aytdi… Axborot agentliklari 2016 yil 4 noyabrda Trampning ushbu soʻzlarini keltirdi: “Biz harbiy kuchni faqat Qoʻshma Shtatlarning milliy xavfsizligini kafolatlash nuqtai nazaridan turib qaralganda bu ish hayotiy muhim boʻladigan holatlardagina ishga solamiz…”. Bu esa har bir Amerika prezidenti, oldingilari ham, keyingilari ham aytadigan soʻzdir. Ular milliy xavfsizlik degan hujjat bilan – garchi bu hujjat ochiq yolgʻon bilan niqoblangan boʻlsa ham – har qanday mamlakatga qarshi vahshiyona bosqinchilik urushi qilishdan aslo toyishmaydi!
Obama ham kuchli qurol-aslahalarni oppozitsiyaga berishni man qilgan, bunda bu qurollarning “terrorchilar” qoʻliga tushib qolishidan qoʻrqishini bahona qilgan edi. Tramp ham bu qurol-aslahalarni oppozitsiyaga berishni man qilishini, ular oppozitsiya qoʻliga tushadimi yoki yoʻqmi, bu uni qiziqtirmasligini bitta soʻz bilan aytib qoʻya qolyapti. “Gardian gazetasining yozishicha Tramp Suriya qurolli oppozitsiyasiga beriladigan Amerika yordamini – oppozitsiya undan bu yordamni talab qilayotganiga qaramay – toʻxtatish niyatida ekanini bildirdi…”. (Al-Jazira, 2016 yil 13 noyabr).
Obama Yevropani Suriya krizisidan yiroqlatdi, masalan uni Lozannadan yiroqlatdi. Lekin u ertasi kuni Yevropani hech bir foydasi yoʻq yigʻin bilan rozi qilishga urindi… Trampni esa Yevropani rozi qilish aslo qiziqtirmaydi. Aksincha u Yevropa yuziga tik boqib – goʻyo u hech narsa emasdek – baqirmoqda! U yevropaliklarning shiddatli reaktsiya (aks munosabat) bildirishlariga parvo qilmayapti “… Masalan frantsuz prezidenti Olland Tramp haqida “Undan koʻnglim ayniyapti” dedi. Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson esa uni “Tamoman buzilgan kimsa” deb atadi. Italiya bosh vaziri Rentsi Tramp haqida “U qoʻrquv siyosatini yoymoqda” degan boʻlsa, yevroparlament raisi Martin Shulьts “Tramp faqat Yevropa Ittifoqi uchungina emas, olam uchun bir muammodir” dedi”. (Sharqul Avsat gazetasi, 2016 yil 11 noyabr). Nemis mudofaa vaziri fon der Lyayyen esa 2016 yil 11 noyabrda Trampga Germaniyaning ZDF televideniyesi orqali xitob qilib, Trampning soʻzlariga raddiya berdi. Tramp: Vashingtonning yevropalik ittifoqchilari – agar ular rus agressiyasiga uchraydigan boʻlishsa – yonini olib aralashuvi Yevropaning Atlantik Ittifoq byudjetiga qanchalik moliyaviy hissalar qoʻshishiga bogʻliq, degan edi. Nemis mudofaa vaziri uning bu gapiga raddiya berib quyidagilarni aytdi: “Sen oʻtmish qiziqtirmaydi va mushtarak qiymatlar muhim emas, deb aytolmaysan, sen buning oʻrniga ittifoqdan qoʻlingdan kelganicha pul orttirib qolishga urinyapsan… Shimoliy Atlantik Ittifoqi bir savdo loyihasi ham, bir shirkat ham emas…”. (Reyter, 2016 yil 10 noyabr).
Obama oʻzining Suriyaga qilgan vahshiyona hujumlarida Rossiyaga tayandi. Lekin u ruslarning vahshiyona hujumlariga qarshiligini aytardi! Tulkilik qilib oppozitsiyani aldash uchun shunday qilardi… Tramp esa Rossiyaga ochiq-oshkor tayanmoqda, Putinni maqtabgina qolmay balki uni Obamadan va oʻzining raqibasi Klintondan ustun qoʻymoqda! Chunki u Putin haqida “U bizning prezidentimizdan koʻra koʻproq darajada yuqori turgan rahbar boʻldi” dedi. (Bi-Bi-Si arabiy, 2016 yil 14 noyabr)… “Tramp qoʻshimcha qilib: Putin Klintondan koʻra zakovatliroqdir, chunki u Klintonni Suriya borasida magʻlub qildi…” dedi. (Skay-Nьyus arabiyya, 2016 yil 20 oktyabr). Shunday qilib demak Obama va Tramp ikkalasi ham Amerika manfaatlariga xizmat qilish uchun Rossiya bilan munosabatda boʻlishmoqda. Faqat uslublar turlicha boʻlyapti. Bunda ularga qoʻl kelayotgan (yordam berayotgan) narsa Rossiyaning bir Yevropa yoki Gʻarb davlatiga aylanishga va yana buyuk davlatga aylanib oʻzining Sovet Ittifoqi davridagi ulugʻvorligiga yetisha olmayotgani muammosidir. Shuning uchun ham rus parlamenti Trampning gʻalaba qozongani haqidagi eʼlonni gulduros qarsaklar bilan qarshi oldi. Bu esa ruslarning oʻta ahmoqligini tasdiqlab turibdi!
Bularning barchasidan aniq koʻrinib turibdiki, Amerika siyosatidagi keng koʻlamli rejalar respublikachilar partiyasi bilan demokratlar partiyasi oʻrtasida farq qilmaydi. Faqat uslublarda farq bor, xolos.

Buning sababi esa shu ikki partiyaning paydo boʻlishi tarixiga borib taqaladi. Masalan respublikachilar partiyasini oʻzlari maqtanib safsata sotishadigan demokratiya toʻnida koʻrinish koʻpam qiziqtirmaydi. Aksincha bu partiyada kovboylarning kibru havoga toʻla hayot tarzi hukmrondir. Chunki bu partiya mana shu muhitdan paydo boʻlgan. Shuning uchun unda kovboycha tarz hamon hukmron boʻlib qolmoqda… Kovboylar saqofati oʻzini kuchli qilib koʻrsatadigan, birovga zarba berib, boshqasini oʻldiradigan, u yer, bu yerni portlatadigan, boshqalarning boyliklarini talab va oʻgʻirlab ketadigan, hech kim qarshi chiqolmay boʻysunib sukut qilishga majbur boʻladigan shaxsga moyillik koʻrsatadi. Shuning uchun bu partiyadagilarni begunoh odamlarni oʻldirish kabi jinoyatlar aslo tashvishga solmaydi. Shuning uchun ham bu jinoyatlar ularning mamlakatida hukm surmoqda. Ular qurol koʻtarib yurishni va uni oʻzlarining havoyi xohishlari boʻyicha ishga solishni xush koʻrishadi. Shuning uchun ham Amerika senati demokratlar partiyasining yakka tartibda qurol-aslahalar sotib olishni istovchilarning jinoyatchilik va psixologik tarixi haqida kengroq tekshiruvlar oʻtkazishga ruxsat beradigan taklifini rad qildi. “Respublikachilar 2016 yil 20 iyun dushanba kuni bu tadbir-choraga qarshi ovoz berishdi. Demokratlar uni oʻtkazishga bir necha yillardan beri urinib kelishmoqda. Ovoz berish natijasi bu taklifni yoqlab 44 ovoz berish va unga qarshi 56 ovoz berishdan iborat boʻldi…”. (Rusiyal Yavm, 2016 yil 21 iyun). Shunday qilib demak respublikachilarni qurol-aslahaga ega boʻlishni tartibga solish qiziqtirmaydi. Bunga sabab qurol-aslaha ishlab chiquvchilar va sotuvchilar lobbisining respublikachilar ustidan hukmron boʻlib olganidir… Trampning uslubi mana shu nuqtai nazardan kelib chiqmoqda. Chunki u oʻzini va mamlakatini kuchli qilib koʻrsatadigan arbobning uslubidir. U oʻz mamlakati haybatini tahdid qilishlar va zoʻravonlik bilan qayta tiklash uchun shu uslubni ishga soladi. Bu tahdidlarni amalga oshiradimi yoki yoʻqmi va ulardan voz kechib boshqa uslubga oʻtadimi, buning farqi yoʻq. Demak u oʻzi: “pozitsiyalarini oldindan aytib boʻlmaydigan bir shaxs boʻlishni istayman” deb aytganidek bir kimsadir. (Reyter, 2016 yil 10 noyabr). Demak Tramp boshqalarni qoʻrqitish yoʻliga oʻtadi. Ularni Amerika siyosatini qabul qilishga yoki Amerikaga boʻysunishga yoki unga qarshi chiqishdan qoʻrqishga majbur qilish uchun shunday yoʻlni tutadi. Shuning uchun ham uning bayonotlari toʻrt tomonda tentiraydigan boʻldi! Uning Islom va musulmonlarga qarshi kek-adovati aniq edi… U Xitoy maydoniga ham tushdi… Undan janubiy Koreya, Saudiya va Erondagi tobelari ham salomat qolmadi… U Yevropaga – goʻyo ataylab qilayotgandek – gʻalamisona tarzda zoʻravonlik bilan hujum qildi! Bu kibru havo uslubi jihatidan boʻlgan xatti-harakatdir… Tramp hiylakor savdogarlar uslubini ham ishga solishi mumkin. Bunda u boshqa davlatlarni avrab-aldashga harakat qiladi. U oʻzining foyda koʻrishini va boshqalarni Amerikaga sarf-xarajatlarni ziyodasi bilan toʻlashga majbur qilishni istaydi. Shuning uchun ham uning bayonotlarida quyidagi soʻzlar keldi:
“Saudiya boy davlatdir, shuning uchun u bizdan olayotgan siyosiy va xavfsizlik yordami evaziga pul toʻlashi lozim. Tramp yana bunday dedi: Saudiya yaqinda katta qiyinchilikda boʻlib qoladi va yordamimizga muhtoj boʻladi. Agar biz boʻlmaganimizda Saudiya aslo mavjud boʻlmas edi va saqlanib qolmas edi…”. (Amerikaning En-Bi-Si televideniyesi, 2016 yil 19 avgust). Bu Saudiyaga gʻalamislik qilib uning Amerikadagi mavjud barcha omonat mablagʻlarini olish uchun tashlanadigan qadamdir. Ayniqsa buni kongress maʼqullagan “gasta” nomli qonun ham tasdiqlab turibdi. Bu qonun Saudiyani amerikaliklarga Nьyu-Yorkdagi xalqaro savdo markazida 2001 yil 11 sentyabrda yuz bergan hodisalar uchun kompensatsiyalar toʻlashga majburlaydi.
Tramp oʻz saylov kampaniyasi chogʻida oʻzining janubiy Koreyada joylashtirilgan Amerika kuchlarini – agar janubiy Koreya soni 28.500ga yetadigan bu kuchlarni shimoliy Koreyaga qarshi mushtarak mudofaa doirasida joylashtirish sarf-xarajatlaridan eng katta qismini toʻlamaydigan boʻlsa – olib chiqib ketmoqchi ekanini aytdi.
Tramp Yevropadan Atlantik Ittifoq byudjetiga koʻproq pul toʻlashini talab qildi va Atlantik Ittifoq “Oʻzining foydali-samarali ekanligini yoʻqotdi” deb Vashingtonning yevropalik ittifoqchilari – agar ular rus agressiyasiga uchrasalar – yonini olib aralashuvi Yevropaning bu ittifoq byudjetiga moliyaviy hissalar qoʻshishlariga bogʻliq ekanligiga eʼtiborni qaratdi”. (AFP… Xalij gazetasi, 2016 yil 11 noyabr).
Ekologiya xususida esa u “shirkatlarga solingan ekologik cheklovlar shirkatlarning dunyo bozoridagi raqobatlashish qudratini kamaytirib yuboryapti deb ekologik oʻzgarishni bir aldov deb atadi”. Shunday qilib Tramp hatto oʻz malaylari va tobelariga nisbatan ham amalga oshirayotgan moliyaviy zoʻravonlikning qanchalik koʻlamda ekanligi aniq koʻrinib turibdi!
Demokratlar partiyasida esa aldov va oʻzini soxta demokratiya “toʻni”da koʻrsatish hamda inglizcha uslubga taqlid qilish hukmrondir. Demak bu partiya zaharni usti yaltiroq qogʻozga oʻrab beradi, natijada sizni oʻldirib oʻzi tabassum qilib turaveradi. Respublikachilar partiyasi esa zaharning shundoq oʻzini berib sizni oʻldirar ekan xoʻmrayib tishini tishiga bosib turadi… Shuning uchun demak demokrat prezidentlar aldashga va gʻaflatda qolgan kimsalar doʻstligini qozonishga qodirroqdir. Respublikachi prezidentlar esa birovni aldab oʻtirishmaydi. Chunki ularning adovati shundoq ochiq koʻrinib turadi. Buni ikkala tarafdan saylangan prezidentlarning yaqindagi tarixidan misollarni koʻrib chiqish paytida kuzatish mumkin. Masalan respublikachilar partiyasidan saylangan Reygan, Nikson, katta va kichik Bushlarning kibru havolari, ayniqsa Islom va musulmonlarga qarshi kibru havo qilishlari ochiq zoʻravonlik, dushmanlik shaklida koʻrinib turibdi, ularning yirtqich tishlari shundoq koʻrinib turibdi… Demokratlar partiyasidan saylangan Kennedi, Karter, Klinton va Obama, ularning iflosligi, aldoqchiligi, Islom va musulmonlarga qarshi makru hiylalari, soxta tabassumlari shundoq koʻrinib turibdi… Masalan Bush salibchilik urushini boshlaganini aytgan boʻlsa, Obama Qohirada Qurʼondan bir oyatni dalil qilib keltirdi… Ikkalasi ham Islomga qarshi hiyla qilishdi! Shuning uchun hozirgina aytganimizdek: “Demak demokrat prezidentlar aldashga va gʻaflatda qolgan kimsalar doʻstligini qozonishga qodirroqdir. Respublikachi prezidentlar esa birovni aldab oʻtirishmaydi. Chunki ularning adovati shundoq ochiq koʻrinib turadi”.
Hatto ikkala partiya shiorlari mazmunida ham farq bor. Bu farq biz aytib oʻtgan narsaga mos keladi. Amerikalik karikaturachi rassom Tomas Nast – uning asl kelib chiqishi nemisdir – 1870 va 1874 yillarda Harbor jurnalida bir rasmni nashr qildi. Unda bir toʻp hayvonlarni – ularning borasida quturib atrofidagi narsalarni ezib yanchib tashlayotgan bir ulkan fil ham bor – qoʻrqitish uchun arslon libosini kiygan bir eshak suratini koʻrsatgan… Ana shundan keyin eshak demokratlar partiyasi shioriga, fil esa respublikachilar partiyasi shioriga aylandi. Bu ikki shior ikkala partiya suratini aks ettirib turadi. Shuning uchun 2008 yildagi saylovlar kampaniyasi chogʻida bu ikki surat bosib chiqarildi. Birinchisida demokratlar partiyasi shiorini aks ettiradigan eshak koʻrinib turibdi. Uni sariq yubka kiyib olgan va Xillari Klintonga ishora qiladigan bir ayol minib olgan. Bu ayol ortida Barak Obamaga ishora qiladigan bir qora tanli yigit turibdi. Ikkalasidan har biri eshakka uzun tayoqqa bogʻlangan sabzini bermoqda. U oʻsha paytda demokratlar partiyasining “qiziqtirish va qoʻrqitish”ga asoslangan strategiyasini saylovda ifodalab berdi. Buning muqobilida oʻsha kampaniyaning oʻzida boshqa surat ham paydo boʻldi. Unda yana ikki nomzod koʻrinib turibdi. Bu oʻsha paytda respublikachilar partiyasi tomonidan nomzodi koʻrsatilgan Jon Makkeyn va Mitt Romniga ishora edi. Suratda ikkalasi bu partiyaning shiori boʻlmish filga minib olishgani va ikkalasidan har biri filni yoʻgʻon tayoq bilan ura boshlagani aks ettirilgan. Yoʻgʻon tayoq respublikachilarning “qatʼiyat va kuch”ga tayanadigan konservativ siyosati ramzidir.
Shunday qilib demak Trampning xatti-harakatlari respublikachilar partiyasi nomzodlari xatti-harakatlaridagi bir yangilik emas. Undagi bir shaxsni boshqasidan ajratib turadigan qaysidir darajadagi shaxsiy xususiyatlarni hisobga olmaganda uning bu xatti-harakatlari bir yangilik emas. Unda mana shu shaxsiy xususiyatlar bor albatta. Lekin respublikachilar partiyasining umumiy xususiyatlari – hozirgina aytib oʻtganimdek ana shu shaxsiy xususiyatlarni hisobga olmaganda – bu partiyaning barcha nomzodlariga deyarli mos keladi.

Xulosa:

a) Oldingi prezident davrida belgilangan Amerika siyosatining keng koʻlamli rejalari deyarli oʻzgarmaydi. Xususan Islom va musulmonlarga nisbatan, yanada xosroq qilib aytadigan boʻlsak Suriya krizisiga nisbatan bu rejalar oʻzgarmaydi. Prezident respublikachi boʻladimi yoki demokratmi, bu rejalar oʻzgarmaydi. Chunki Amerika siyosatini qator institutlar (muassasalar) belgilaydi. Bu muassasalardan har biri qaysidir darajada koʻproq yoki kamroq taʼsirga ega…

b) Saylovoldi bayonotlari xalqaro aloqalarning yoki xorijdagi muammolar yechimlarining amaliy ijrosi uchun bir oʻlchov emas…

v) Amerika oʻzining sistemasiga va oʻzi oʻrnatib qoʻygan rejimlarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan musulmonlarga qarshi urushida Rossiyani ishga solishda davom etadi. Yevropaga qarshi turishda ham Rossiya xizmatidan foydalanadi. Chunki Amerika yevropaliklarning oʻziga qarshi isyon koʻtarishiga chek qoʻymoqchi. Amerika yevropaliklarni kichik ukalar, oʻzini esa katta aka hisoblaydi. Amerika yevropaliklarning oʻzining loyihalariga va siyosatlariga tashvish tugʻdirishlarini, oʻz nufuzi bor mintaqalarda tashvish tugʻdirishlarini toʻxtatishni istaydi. Amerika yevropaliklarning oʻzining xohish-irodasidan va qoʻli ostidan tashqarida harakat qilishlarini, bir mustaqil siyosiy, iqtisodiy va harbiy kuchni tashkil qilishga urinishlarini toʻxtatishni istaydi.

g) Yangi maʼmuriyat uslublaridan biri oʻzi dushman deb hisoblaydigan kishilarga tahdid qilish, masxara qilib gʻazab qilish va hujum qilishdir. Kekkayib, kibru havoga toʻla ishlarni ham amalga oshiradi. Shuning uchun demak oʻzini hurmat qiladigan boshqa davlatlar uchun eng yaxshi uslub Amerika bosimlariga boʻyin egmaslik va uning tahdidlaridan qoʻrqmaslikdir. Chunki bu bosimlarning barchasi “stakandagi suvning qalqishi”dir, xolos. Shuning uchun bu davlatlar Amerika bosimlariga boʻyin egmasligi lozim. Aksincha bu davlatlar Amerikaga tik qarshi chiqishda, u bilan qarama-qarshilikka kirishishda davom etaverishi va uni bu mintaqadan haydab chiqarishga harakat qilishi lozim. Chunki Amerika kichik Bush davrida choʻqqiga yetgan paytda Frantsiya Amerikaga qarshi turish uchun boshqa davlatlar bilan birgalikda bir mehvar-oʻqni tashkil qilib Amerikaga taʼsir oʻtkaza olgan edi. Bugun esa Amerika eng tubanlik sari shoʻngʻigan bir paytda buning qanday taʼsir berishi ayondir!!

d) Tramp boshchiligidagi Amerika maʼmuriyatining davlatlarni toʻlashga majbur qilish uchun zoʻravonlik uslubini ishga solishi koʻrinib turibdi. Chunki Amerika uchun bundan boshqa chora qolmadi. Bunday holatda boshqa davlatlar Amerika zoʻravonligiga boʻyin egmasligi va jamoatchilik fikrini unga qarshi qoʻzgʻashi kerak.

ye) Qoʻzgʻolon koʻtargan Islomiy Ummat xalqlari esa Amerika boʻgʻziga sanchilgan ulkan va qattiq tikan boʻlib turibdi. Bu “tikan” Amerikaning tinchini buzib uning tinch uxlashiga yoʻl qoʻymayapti. Shuning uchun Islomiy Ummat oʻz qoʻzgʻolonini va kurashini davom ettirishi lozim. Bu Ummat Alloh izni bilan Amerika ustidan va barcha mustamlakachi kuchlar ustidan albatta gʻalaba qozonadi. Zero bu Ummat Amerika burnini Iroq qumlariga va Afgʻoniston tuprogʻiga ishqadi… Ummat shuni yaxshi bilsinki Amerika oʻrgimchak inidan ham moʻrtroqdir. Shuning uchun Amerika hilvirab, yemirildi. U tubanlik sari qulamoqda. Lekin Ummat Amerika malaylari, tobelari va tarafdorlaridan ehtiyot boʻlmogʻi lozim. Chunki bu malaylar Amerikaning musulmonlar yurtlariga suqulib kiradigan tuynuklaridir… Ummat muxlis, ongli kishilar sari yuzlanmogʻi zarur. Bu kishilar Ummatni Alloh izni ila najot, ozodlik va sayyidlik sari yetaklaydilar. Natijada Ummat yana ilgarigi ulugʻvorlik holatiga qaytadi.

“(Ey Ummati Muhammad), odamlar uchun chiqarilgan millatlarning eng yaxshisi boʻldingiz. Zero siz yaxshi amallarga buyurasiz, yomon amallardan qaytarasiz va Allohga imon keltirasiz. Agar ahli kitob ham imon keltirganda edi, oʻzlari uchun yaxshi boʻlardi. Ulardan moʻminlari ham bor va (lekin) ularning koʻplari itoatsiz kimsalardir” [Oli Imron 110]

“… ثُمَّ تَكُونُ جَبْرِيَّةً، فَتَكُونُ مَا شَاءَ اللهُ أَنْ تَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا، ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ”

“… Soʻng zolim-zoʻravon podshohlik boʻladi va u Alloh xohlagancha davom etadi. Soʻng Alloh Oʻzi xohlaganda uni koʻtaradi. Soʻng paygʻambarlik minhoji asosida Xalifalik boʻladi”. Bu hadisni Abu Dovud Tayolisiy chiqardi… Bu esa Allohga aslo qiyin emas.

18 safar 1438h

18 noyabr 2016m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.