Devid Kemeron: “IShIDni Islomiy davlat demanglar

409
0

Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron, “BBC”- ga xitoban “bundan so’ng IShID terroristik tashkilotiga nisbatan “islomiy davlat” atmasi qo’llanilmasin”, deya murojaat qildi. IRNA axborot agentligining xabar qilishicha, Britaniya bosh vaziri bu haqida dushanba kuni “ BBC” radiosiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

“Bizlar hamisha IShID kabi terroristik guruhga nisbatan Islomiy davlat amatmasini qo’llash bilan yuzlagan ingliz yoshlarini bu tashkilotga nisbatan qiziqishlarini paydo qilishmoqdamiz. Shu sababdan yoshlarimiz noto’g’ri qadamlar tashlab bu razil firqaga qo’shilib ketishmoqda. Umid qilamanki, bundan buyon “BBC” axborot agentligi “islomiy davlat” atamasidan umuman foydalanishmaydi. Chunki haqiqatan IShID aslo bir Islomiy davlat emas”, dedi Britaniya bosh vaziri.

Devid Kemeronga ko’ra, IShID bir vahshiy guruh hisoblanib, umuman Islomga umuman aloqasi yuqdir.

“Bizga ma’lumki, minglagan musulmonlar “BBC” orqali bu tashkilotning qilmishlaridan xabardor bo’lgach qattiq g’azablanadilar va e’tiroz bildiradilar. Demak bularning qilmishlari haqiqiy musulmonlarnikiga o’xshamaydi”, “Bugungi kunda bu tashkilotga qarshi kurashish barchamizga yuklatilgan asosiy vazifa hisoblanadi”, deya qo’shimcha qildi Devid Kemeron.

Turkiston:

Haqiqatdan ham islomiy davlat haqidagi tushuncha va tasavvurlar, bu harbiy tashkilot olib borayotgan faoliyat bilan, er va osmon kabi bir biriga o’xshamaydi.

Lekin AQSh bosh bo’lib, bu tashkilotni islomiy boshqaruv kabi dunyoga taqdim etib, uni rivojlantirib, unga matbuotda keng imkoniyatlar yaratib berib uni reklama qilib keladi. Maqsadi, IShID tashkilotidan bir necha yo’nalishlarda foydalanib olish. Shulardan biri, Devid Kemeron aytayotgan, dunyo hamjamiyati va xalqlari oldida, Islom davlati haqidagi tasavvurlarga zarba berish. Bu orqali, haqiqiy Xalifalik davlati tug’ulishidanoq uni bo’g’ib tashlash uchun, olib boriladigan harakatlarni, dunyo hamjamiyati va xalqlari oldida oqlab olishga erishmoqchi bo’ladi.

Ha, shu tomonini olganda Kemeron haqni aytdi. Balki u, AQSh Rossiyani parchalab yuborishda “IShID”dan Kavkaz va Markaziy Osiyoda harbiy muammolar paydo qilishda foydalanib olmoqchi ekanidan g’azablanib bu gaplarni aytayotgandir. Chunki Angliya, dunyo muvozanati buzilib, Rossiya etakchi davlatlar safidan tushib borayotganidan va AQShning o’zi yakka dunyo etakchi davlatiga aylanib borayotganidan xavotirda.

Nima bo’lganida ham uning gaplari to’g’ri, “IShID” Islom davlati emas, u bu atama bilan o’zini atab olishi ham, haqiqatda Islom va Musulmonlar uchun bir oz zarar keltirgandek bo’ldi. Lekin hozirda bu zarar deyarli bartaraf etildi. Odamlarda Kemeron singari “IShID” haqida to’g’ri tasavvurlar paydo bo’lib kelayapti. Lekin bu to’g’ri tasavvurlarni paydo qilish uchun da’vat ishini olib borishayotgan islomiy harakatlar va shaxslar, bir qancha ortiqcha harakatlar olib borishlariga to’g’ri keldi. Bunda ham Ollohning bir hikmati bor albatta.

Kemeronning bayonoti, Abu Sufyonni Xirakl oldida, u bergan savollariga noto’g’ri javob bera olmay, Payg’ambarimiz SAV olib kelgan risolat va u kishi SAVga ergashgan odamlar haqida qanday bo’lsa, shunday etkazgan onlarini eslatadi. Bu esa Islom da’vatchilarining katta xizmati, ular sarflagan mol va jonlari evaziga erishilgan yutuqlardan birining namoyondasi albatta. Olloh ulardan rozi bo’lsin. Barchamizni ularning safida, shu martabalariga sherik bo’lishga mushurraf qilsin Amiin.

Manba – Radioi Sadoi Xuroson.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.