Roza O’tunboeva xalq va xalq deputatlariga qarshi

160
0

Bishkek shahrida 15 may kuni boshlangan va ikki kun davom etadigan “Pekin+20 platformasi doirasida gender tenglikka erishishda parlament roli” xalqaro konferentsiyada Qirg’izistonning sobiq prezidenti Roza O’tunboeva mamlakat janubida hijob kiygan qizlar ko’payotganidan tashvishga tushgani va bezovta ekanligini ma’lum qildi:

“Bizning mintqadagi qizlarning kelajagidan tashvishdaman. Men yaqindagina respublikaning janubiy viloyatlarida bo’lib qaytdim va maktablarda ko’plab qizlar ro’mol bilan yurganidan tashvishga tushdim. Bizda ta’lim vazirligi o’quvchi qizlarga ro’mol o’rash huquqini berishi zarur deya bu masalani parlamentda doimo ko’taradigan mahmadona deputatlar bor. Lekin bizning ayollar, erkak deputatlar hech qachon ularni tanqid qilishmaydi, qarshi bir og’iz so’z ham aytishmaydi, chunki ular o’zlarining soxta elektoratlari (saylovchilar ovozlari) uchun kurashishadi. Biz qayoqqa qarab ketyapmiz, janoblar?” – dedi.

Axir, Almazbek Atanbaev “biz hanafiya mazhabidamiz va bundan boshqasiga chek qo’yamiz” deb, kelajak Islomniki ekanligini tushunib, unga o’z musobatini bildirgan va bu sohani rivojlantirish maqsadida, ya’ni mazhabni tezda omma xalqqa tushuntirishlari uchun masjid imomlariga maoshlar belgilab, jiddiy xarakat qilayotgan bir paytda nimaga R. O’tunboeva bunga qarshi chiqayapdi? yoki Demokratiya shundaymi yo konistitutsiyada shunday deyilganmi? Yo Almazbek Atanbaev yolg’ondan gapirgan, u ham Islomga qarshi demoqchimi, chunki hanafiya mazhabida ayollar, ko’chaga chiqqanlarida yuzini ham yopishlari shart, hatto jum’a namoziga shahar hokimlari ishtirok etishlari namozlaridagi shartlaridan-ku?

Konistituttsiyani sobiq prizidenti Roza O’tunboeva o’zi bosh bo’lib buzsa, xalq deputatlariga ishonsizlik bildirib tursa qolganlar qonunga, deputatlarga ishonadimi? Yoki Roza O’tunboeva buzuq voqe’likni yaxshi tomonga o’zgarayotganidan talvasaga tushyapdimi? Bu savollarga sizlar javob toping, hurmatli muhlislar.

Buzuq voqe’lak deyishimiga sabab, xozir jamiyatda shunday yomon muhidlar xukumron bo’lyapdiki, uni tushingan inson dahshadga tushudi, m: ijtimoiy muhid noto’g’ri asosda shakillantirilyapdi. Ikki yo uch nafar farzandi bor ota farzandlarini, ayolini “men sizlar uchun ishlab kelgani ketdim” deb uydan chiqqanda unga hamma yoqda erkaklarni maftun qiladigan jamiki joylarini ochgan, soch va yuziga pardoz bergan qiz-juvonlar duch keladi. Ular turmush og’irligidan, oson pul topish ilinjida ro’paro’ kelgan erkakni o’z domiga ilintirish maqsadida kezib yurishadi. Hayotni kayfu-safo deb bilgan va amallaridagi o’lchov foyda-ziyon bo’lgan inson oilasini, farzandlarini esdan chiqaradi, kayfu-safo deb o’shanday qizlarning qarmog’iga tushadi. U qizlarga nisbatan ham hech bir insonda hurmat va ehtirom yo’q, albatta. Faqat bir marotaba hayvoniy xirslarini qondirish uchun bir martalik(odnaraziviy) narsadek, ishi bitkuncha kerakli, ishi bitgandan keyin yaqiniga borishga ham xazar qiladigan narsadek qaraydi. Shu maqsadda bor topganini sariflab, uyga cho’ntak bo’sh qaytadi. Uyida farzandlari bilan mashg’ul bo’lib o’ziga uncha qaray olmagan o’z ayoli ko’ziga xunik ko’rina boshlaydi, ko’yni soviydi. Sensiz yasholmayman deb va’dalar bilan oila qurgan bo’lsada, undan qutilish yo’llarini izlay boshlaydi. Natijada ayoli, farzandlari qiyin ahvolda, uy sharoitini o’nglashga pul yo’q va hokazo. Bu bilan haqqini talab qilgan oilasiga dushmandek munosabatda, ularga qo’pol muomilada bo’ladi. Oila tez orada izdan chiqadi. Kelajagimiz bo’lgan farzandlar ota-onasining janjalidan tarbiyasi buziladi, ma’nan xor va og’ir hayotda o’sib, voyaga etadi. Bunday jamiyatda or-nomusi bo’lmish qizlari, opa-singillarini xo’rlanganidan qiynalgan otalar, aka-ukalar, eridan yaxshi muomilani ko’rmasdan, haqqini olish maqsadida kuniga janjal qilishga odatlangan ayollar, o’rtada qolib, keraksizdek voyaga etgan, na hurmatni , na odamiylikni biladigan farzandlar, ko’p hollarda oilalarning buzilib ketishi kelib chiqadi. Bunday jamiyatda hurmatli ayol va aziz onalar bo’lmaydi.

Bunday vaqelikning o’rniga Mehribon va Rahimli Alloh Taolo boshqa hayotni bandalariga ne’mat qilib berdi. Mehribon va Rahimli Alloh Taolo ayollarni go’zal qilib yaratdi, ko’chaga chiqishdan man qilmadi, balki ko’chaga chiqqanda go’zalliklarini berkitishishlarini va go’zalliklarini faqat u uchun ishlayotgan erkakkagina bag’ishlashini buyurdi. Bunday hayotda har qanday balog’atga etgan ayol ko’chaga jilbobsiz va boshida katta ro’molsiz chiqishi mumkin emas, hatto Xalifa “hanafiya” mazhabini qabul qilib, tabanniy qilsa, ayollar yuzlarini ham yopib yurishlari shart bo’lib qoladi. Xajobsiz yurishni va ziynatlarini mahramlaridan boshqalarga ko’rsatishni man qilgan. O’ziga jalb qiladigan pardoz-andozini fakat erlari uchungina qilishga cheklab qo’ygan. Erkaklar bilan ayollar arashib qolishni qat’iyyan man qiladi, faqat shariat ruhsat bergan o’rinlardagina aralashishga ruhsad beradi. M: o’zaro hammasi mahramlar bo’lib to’planganda yoki bozor, masjidga o’hshash hammani ehtiyoji tushadigan joylarda. Erkak va ayollarni bir birlariga shahvoniy qarashlarini faqat o’z juftiga cheklaydi va boshqalarga buni man qiladi. Bu hayotda, ayolga o’z erini rozi qilish uchun qilgan har bir ishiga Alloh Taolo katta ajr-mukofotlarni va’da qilgan. O’z navdatida erkaklarga ham Allohni oldida yaxshi bo’lish uchun ayollariga yaxshi muomilada bo’lishni talab qilgan. Farzandlarga esa, eng avval onasiga, yana onasiga, yana onasiga keyin otasiga yaxshilik qilishni buyurgan. Bunday jamiyatdagi oilani tasavur qilib ko’ring, oila boshlig’i ko’chaga chiqsa hamma o’rangan…, uyda esa, ayoli imkon qadar erini ko’nlini olish maqsadida farzandlariga yaxshi tarbiya bergan, o’ziga pardos qilib, go’zal suratda erini kutib o’tirgan ayoli, onasiga yaxshilik qilib, otasiga yaxshilik qilishni orzuqib kutayotgan farzandlar…, bu Islom talab qilgan oila. Eng yaxshi inson bo’lishi uchun ayoliga yaxshi muomilada bo’lgan, topgan bor narsasini oilasi bilan baham ko’rish uchun uyga xursandchilik olib kelgan erkak…. Bu jamiyatda ayollar eng aziz va hurmatli bo’ladi, eru-xotun o’rtasida, ota-ona bilan farzandlar o’rtasida mehr-muhabbat, dustlik juda kuchli bo’ladi. Hozirgi jamiyatimizdagi johillarga yomon ko’rinayotgan xijobli ayollar mana shunday jamiyatga qarab yurayotgan peshqadamlardir. Alloh Taolo bizga shunday hayotni ravo ko’radi va bunday hayotda yashashni farz qilgan. Alloh Taolo rozi bo’ladigan, bandalariga ne’mat qilib bergan bu hayotning boshqa sohalarni; iqtisodiy sohani yoki boshqaruv tizimini ham xazirgi hayotimizga solishtirib ko’rish mumkin. (bu hayotni “Islomdagi ijtimo nizomi”, “Islomda iqtisod nizomi”, “Islomda boshqaruv nizomi” kabi kitoblarimizdan mufassal o’rganishingiz mumkin).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.