Qirg’izistonda hukumat va diniy idora vakillari radikallashuvga qarshi turish masalalarini muxokama qilishadi

647
0

IMG_2346(1)20 may kuni Qirg’izistonda hukumat idoralari va diniy boshqarma vakillarining diniy radikallashuvga qarshi kurash masalalari bo’yicha birinchi ishchi uchrashuvi bo’lib o’tadi.

 Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti 16 may kuni xabar qilishicha, uchrashuvda huquqni muxofaza qiluvchi idoralar, fuqarolik jamiyati vakillari va ekspertlar ishtirok etishadi.

Uchrashuvda, musulmonlar o’rtasida fikriy qarama-qarshilik, Islomning siyosiylashtirilishi, huquqni muxofaza qiluvchi tuzilmalar va diniy idorani radikallashuvga qarshi o’zaro hamkorligi, diniy ekstremizm muammolarini akademik tadqiqotlar holati kabi masalalar muxokama qilinishi va diniy sohada radikallashuvni oldini olish uchun barcha tomonlarni o’zaro to’liq hamkorligi zarur ekanligi xabar qilinmoqda.

Turkiston:

 Bugungi kunda Qirg’izistonda Islom dinining nufuzi oshib, jamiyatning barcha qatlami, hususan yoshlar o’rtasida Islom diniga bo’lgan qiziqish, uni faqat ibodat va axloqdangina iborat emas, balki o’z tuzumiga ega bo’lgan mabda sifatida tushinadiganlar safi ortib bormoqda. Bu jarayon hukumatni tashvishga solishi aniq. Shuning uchun ham hukumat boshliqlari Islom diniga qarshi kurashda “sopini o’zidan chiqarishga” harakat qilmoqdalar.

 Buning uchun eng maqbul yo’l, Islom dinini faqatgina ibodat va axloqdan iborat deb tushinadigan hamda ilmoniy jamiyat bilan Islomni muvofiqlashtirishga harakat qiladigan, hukumat chizib bergan yo’ldan chiqmaydigan imomlardan foydalanishga urinishi tabiiy.

 Bunday uslub O’zbekistonda uzoq vaqtlardan buyon amalga oshirib kelinmoqda. Karimov o’zining 24 yildan oshgan boshqaruvi mobaynida O’zbekistondagi ayrim din ulamolarini o’z nag’orasiga o’ynatib kelmoqda. Bu din ulamolari va imomlar esa Karimov chiqargan har qanday qaror yoki qonunlarni Allohdan kelgan hukmdek, Qur’on va Hadisni ta’vil qilib, bu qonunlarga moslashtirib, musulmonlarni adashtirishda kim o’zarga musobaqaga kirishib ketishdi. Hatto hijob arablarning milliy kiyimi, maktab, kollej va litsey o’quvchilariga namoz o’qish hamda Juma namoziga chiqish farz emas, deb fatvo berish darajasigacha borishdi.

Karimov bilan hamkorlik qilishni xohlamagan va Ohiratini dunyoni arzimas matosiga almashtirishni istamagan juda ko’plab olimlar esa qamoqqa tashlandi, ta’qibga olindi yoki jismonan yo’q qilindi.

Biz Qirg’izistondagi din ulamolarini ham o’z Ohiratlarini arzimas dunyo matosiga almashtirmaslikni, o’z iymonlarini yo’qotmaslikni hamda Imom Abu Dovud va Termiziy Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Kim ilm talab qilib, yo’l yursa, Alloh taolo unga jannatga boradigan yo’lini engil qilib qo’yadi. Farishtalar tolibi ilmning qilayotgan amalidan rozi bo’lib, qanotlarini qo’yib turishadi. Olim kishiga hamma narsa, hattoki suvdagi baliqlar ham istig’for aytib turadi. Olim kishining obid — ya’ni ilmi yo’g’u, lekin doimiy ibodatdagi — odamdan fazli, Oyning boshqa yulduzlardan ortiqligiga o’xshaydi. Albatta olimlar payg’ambarlarning merosxo’ridir, payg’ambarlar diynor, dirhamlarni meros qilib tashlab ketmagan, balki ilmni koldirganlar, kimiki uni olgan bo’lsa nasibasini to’liq olibdi”, deb aytgan aytganlaridek haqiqiy merosxo’r bo’lishga chaqiramiz.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.