“Musulmon birodarlar” a’zolarini qamoqqa olish davom etmoqda

543
0

Harbiy inqilobga qarshi Misrning bir qancha shaharlarida uyushtirilgan namoyishlarda 29 kishi qamoqqa olindi. Ular “Musulmon birodarlar” jamoasiga mansublikda ayblanmoqda. Misr ichki ishlar vazirligidan berilgan yozma bayonotda ma’lum qilinishicha, xavfsizlik kuchlari Qohira, G’iza, Iskandariya, Suvaysh, va Sharqiya shaharlarida “terror guruhi”, deya man etilgan “Musulmon birodarlar” jamoasining a’zolari ta’qib qilinib, ulardan 29 kishi qamoqqa olingan.

Qohira, Iskandariya, Dimyat, Ash-Sharqiya, Kalyubiya, Kafer Shayx, G’arbiyya, Suvaysh, Port Said, Bani Suvayf, va Minya shaharlarida, “Misr egasiz emas” nomi bilan tashkil qilingan namoyishlarda Milliy ittifoqqa qarata Harbiy inqilobni rad etish va qonuniy hukumatni dastaklash chaqiriqlari yangradi.

Misrda 2013 yil 3 iyulda bo’lib o’tgan harbiy to’ntarishdan bugungi kunga qadar davlat xavfsizlik kuchlari tarafidan “Musulmon birodarlar” jamoasining rahbarlari va a’zolarini terrorizmda ayblab, qamoqqa olish amaliyotlari davom etib kelmoqda.

Turkiston:

Islom dushmanlari Tunisda, Liviyada va Yamanda bo’lgani kabi Misrda ham ummat qo’zg’olonini haqiqiy maqsadidan burib yuborishga yo’l topa oldi. Bu esa barcha musulmonlar uchun alamlidir.

Misrda “Musulmon birodarlar” jamoasini hokimiyatga tortishdan maqsad Islomga zarba berish va uni davlat boshqaruviga yaroqsiz qilib ko’rsatish hamda Islom ahkomlarini hayotga qaytarishga chaqirayotgan musulmonlarni bo’g’ib tashlash edi. Ya’ni “bugungi kunda Islom boshqarishga yaramaydi”, “Islomiy harakatlar davlat boshqaruviga noloyiqdir”, “ular davlat tepasiga kelsa mana shunday tartibsizliklar davom etaveradi”, “siyosiy Islomning davri bitgan”, degan tasavvurni ummat ongiga singdirish edi. Bu esa haqiqatdan chalg’itish va adashtirishdir, adashtirish bo’lganda ham juda qattiq adashtirishdir.

Qo’zg’olon ortidan bu yurtda haqiqiy o’zgarish yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaslik, Islomni xunuk ko’rsatish va uni boshqaruvdan ojiz qilib ko’rsatish uchun Islom dushmanlari “Musulmon birodarlar” jamoasini hokimiyatga tortish orqali ushbu rejani tuzishdi. Afsuski Ixvon bu o’yinga kirdi. Natijada Ixvon a’zosi bo’lgan prezident boshchiligida Misrda alamli manzara vujudga keldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.