Rossiyaning Qrim Yarim Orolini o’ziga qo’shib olishi

641
0

41d4cb0c3aa38dd66ce1Savolga javob

Rossiyaning Qrim Yarim Orolini o’ziga qo’shib olishi

Savol:

Rossiya Qrim Yarim Orolini o’ziga qo’shib oldi va Putin bu to’g’ridagi hujjatga 2014 yil 18 martda imzo chekdi. Yuz bergan bu voqealar, ayniqsa bunga G’arbning qattiq qarshilik ko’rsatmagani Rossiyaning Ukrainaning qolgan qismini ham o’ziga qo’shib olishining boshlang’ich chorasi ekanini anglatadimi? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.

Javob:

Biz oldingi javoblarimizda hozirgi xalqaro va regional shart-sharoitlar Ukrainani o’z tomoniga og’dirishdan manfaatdor uch tarafdan hech qaysisiga Ukrainani to’liq o’z tomoniga tortib olishiga imkon bermasligini, bu uch taraf o’rtasida kutiladigan echim o’rtacha (murosasoz) echim bo’lishini aytgan edik. Shuning uchun demak Rossiyaning Ukrainani to’liq o’z tomoniga tortib olishi hozirgi vaqtda yoki loaqal yaqin kelajakda ehtimoldan uzoq ishdir. Rossiya Qrim Yarim Orolida barqaror o’rnasha olsa bu G’arbning, ayniqsa Amerikaning Ukrainaning qolgan qismida barqaror o’rnashishini anglatadi.

Ammo bu uch tarafdan qaysidir birining Ukrainani to’liq o’z tomoniga tortib olishi hozir aytib o’tganimizdek hozirgi vaqtda yoki loaqal yaqin kelajakda ehtimoldan uzoq ishdir.

Hozirda bo’layotgan ishlar o’rtacha echim ijro bo’layotganini ko’rsatib turibdi. Bu echim Rossiya o’z nufuzini Qrim Yarim Oroliga yoyishi, G’arb esa, ayniqsa Amerika o’z nufuzini Ukrainaning qolgan qismida yoyishidir. Quyida keltirilgan ishlar buni ko’rsatib turibdi:

– Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shaygu o’zining amerikalik hamkasbi Chak Xeygel bilan 2014 yil 20 martda telefon orqali bog’lanib Moskva Sharqiy Ukrainaga aslo hujum qilmasligini bildirib bunday dedi: «chegara bo’ylab to’plangan kuchlar u erda faqat mashqlar o’tkazish uchungina turibdi. Ularda chegarani buzib Ukrainaga o’tish niyati yo’q va ular hech qanday agressiya ishlari bilan shug’ullanmaydi».

– Kievdagi muvaqqat hukumat esa o’sha kunning o’zida «Rossiyaning sharqiy Ukrainadagi rusiyzabon mintaqalarni o’ziga qo’shib olishga bo’lgan har qanday urinishiga qarshi o’zining harbiy zarba bilan javob qaytarajagini» ta’kidladi. Ma’lumki bu hukumat bundan oldin 2014 yil 19 martda o’z kuchlarini Qrimdan olib chiqib ketishga tayyorligini bildirgan edi. Zero, Ukraina xavfsizlik idorasi boshlig’i o’zining mamlakati o’z kuchlari va fuqarolarini Qrim Yarim Orolidan olib chiqib ketish rejalarini tayyorlayotganini aytdi. Andrey Parubiyning aytishicha, asosiy maqsad ukrain kuchlarini va oilalarini «eng yaqin va qulay yo’llar» orqali olib chiqib ketishdir.

Bu esa Yarim Orol bilan Ukrainaning qolgan qismi o’rtasidagi «barter» asosidagi o’rtacha echim belgilarini ko’rsatib turibdi! Ukraina sharqiy mintaqalarga e’tiborini qaratmoqda. Yarim Orolga e’tibor berish darajasi Ukrainaning sharqiy mintaqalariga e’tibor berishiga nisbatan keyingi planga o’tib qoldi.

Bu belgilar 2014 yil 21 mart juma kuni Bryusselda bo’lib o’tgan evrosammit chog’ida yuz bergan ishlar bilan yanada kuchli tus oldi. Chunki Yevropa Ittifoqi va Ukrainaning muvaqqat bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk assotsiatsiya kelishuvining siyosiy bandlarini imzoladi. U Kievni Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lishga erishishga yaqinlashtiradigan kelishuvdir. Ukraina va Rossiya o’rtasidagi krizisga sabab bo’lgan va Ukraina sobiq prezidenti Yanukovichning imzo chekmaslik qarori sababli ukrainlar tomonidan bo’lgan kuchli norozilik namoyishlari to’lqiniga olib kelgan ham shu kelishuvdir…

Bularning barchasi o’rtacha echim turini ko’rsatib turgan belgilardir… Shunga qaramay oldingi javoblarimizda aytib o’tganimizdek Ukraina xalqaro yoki regional sharoitlar Rossiya yoki G’arb foydasiga o’zgargan vaqtda portlashga tayyor bir «bomba» bo’lib qolaveradi. O’shanda har bir taraf butun Ukrainaga ko’z olaytirib, unga to’la ega bo’lib olishga urinadi. Bu o’sha paytdagi xalqaro sharoitlarga qarab bo’ladi… Chunki Ukraina Rossiyaning biqini va ayni vaqtda Yevropa darvozasidir…

Shuning uchun xalqaro va regional sharoitlar o’zgargunga qadar o’rtacha echim kuchda qolaveradi va u qaysidir darajada «vaqtinchalik tinchlikka», barqarorlikka olib kelishi mumkin… Ammo doimiy barqarorlik – ayniqsa Qrim Yarim Orolida – u faqat o’n sakkizinchi asrning oxirlari va o’n to’qqizinchi asrning boshlarida Rossiya uni bosib olishidan oldingi holatiga va barqarorligiga qaytsagina bo’ladi, ya’ni u insha Alloh kirib kelayotgan Xalifalik davlatining yana ajralmas qismi bo’lishiga qaytsagina o’shanda doimiy barqarorlik bo’ladi.

21 jumodul-avval 1435h

22 mart 2014m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.