Jinoyat Kodeksiga terrorizm bilan bog’liq ikkita yangi jinoyat qo’shildi

452
0

images (17)

Prezident Karimov 2014 yil 20 yanvar kuni “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunini imzoladi.

Bu imzolangan qonunga ko’ra, 7 ta kodeks, 17 ta qonun hamda 1 ta nizomga o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi.

Jumladan, Jinoyat Kodeksiga terrorizm bilan bog’liq ikkita yangi jinoyat qo’shildi. Mazkur qo’shimchaga binoan, endilikda tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlari to’g’risidagi ma’lumotlar va faktlarni xabar qilmaslik (155-1-modda) hamda terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida o’quvdan o’tish (155-2-modda) kabi harakatlar alohida jinoiy harakat sifatida baholanadi.

Tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlari to’g’risidagi ma’lumotlar va faktlarni xabar qilmaslik jinoyati quyidagi harakatlarda namoyon bo’ladi: Jinoyat Kodeksning 155 (Terrorizm), 155-2 (Terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida o’quvdan o’tish), 158 (O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish), 159 (O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish), 161 (Qo’poruvchilik), 242 (Jinoiy uyushma tashkil etish), 245 (Shaxsni garov sifatida tutqunlikka olish), 254 (Radioaktiv materiallardan qonunga xilof ravishda foydalanish), 255-1 (Bakteriologik, kimyoviy va boshqa xil yalpi qirg’in qurollari turlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, to’plash, olish, birovga o’tkazish, saqlash, qonunga xilof ravishda egallash va ular bilan boshqa harakatlarni sodir etish) va (yoki) 264 (Temir yo’lning harakatlanadigan tarkibini, havo, dengiz yoki daryo kemasini olib qochish yoki egallab olish) moddalarida nazarda tutilgan, dastlabki tergov hamda sud muhokamasi materiallari bilan isbotlangan, aniq ma’lum bo’lgan tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik xususiyatiga ega jinoyat to’g’risida xabar qilmaslik, – eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Agarda terrorchilik xususiyatiga ega jinoyatlarga nisbatan o’sha qilmish:

a) odam o’lishiga;

b) boshqa og’ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo’lsa, – eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan etti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida o’quvdan o’tish (155-2-modda) jinoyati esa quyidagi harakatlarda namoyon bo’ladi:

Shaxsning terrorchilik faoliyatini amalga oshirish yoxud o’zi uchun ayon bo’lgan o’quvdan o’tishi, shu jumladan mazkur jinoyatlarni sodir etish bilimini, amaliy mahoratini va ko’nikmalarini egallashi, o’quv chog’ida qurol-yarog’, portlatish qurilmalari, portlovchi, zaharlovchi, atrofdagilar uchun xavf tug’diradigan boshqa moddalar va buyumlar bilan muomala qilish usullarini o’rganishi, – eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan etti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Islom va musulmonlarga e’tiqodiy dushman bo’lgan yahudiy Karimov o’z hokimiyatini yanada mustahkamlash va o’zining razil maqsadlarini amalga oshirish uchun O’zbekiston respublikasi jinoyat kodeksga 1994 yilda 151, 158, 159 va boshqa bir qator moddalarning kiritib xalqqa, xususan dindorlarga qarshi 1999 yildan boshlab uyushtiralajak ommaviy qatag’onga ilgaridan zamin xozirlab olgan edi. 1999 yil 16 fevral voqealari Karimov ko’rsatmasi bilan, O’zbekiston kuch ishlatar tuzilmalari tomonidan sahnalashtirilib, amalga oshirilgach aynan yuqoridagi moddalar bilan nohaq ayblanib o’n minglab dunyoviy va diniy o’zgacha fikrlovchilar uzoq muddatlarga ozodlikdan mahrum etilishdi. Bu qabul qilingan yangi jinoyat kodeksi ham aynan musulmonlarni qatag’on qilishga qaratilgan bo’lib, bu orqali hukumat xorijda bo’lib qaytgan, internetning ijtimoiy tarmoqlaridan yoki hukumat tomonidan ta’qiqlangan saytlardan foydalangan har qanday insonni “terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida o’quvdan o’tgan” degan ayblovlar bilan ozodlikdan mahrum etish hamda bundan buyon xalqni yanada kuchliroq bosim ostida ushlash uchun zamin xozirlamoqda. Agar O’zbekiston xalqi Karimovning amalga oshirayotgan zulm va istibdodlariga sukut saqlashda davom etadigan bo’lsalar, yigirma yildan oshiq vaqtdan buyon sahnalashtirilgan sud majlislarini o’tkazishlikka ustasi farang bo’lib ketgan O’zbekistondagi “odil sud” mazkur moddalar bilan ayblab yana qanchadan-qancha musulmonlarni uzoq muddatlarga ozodlikdan mahrum etishi va yana minglab bolalarni tirik etim qilishi mumkin.

Abdurahmon Odilov

21 yanvar 2014 yil

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.