Qozog’istonning tashqi qarzi oshib bormoqda

155
0

images (13)

Qozog’iston respublikasi Milliy banki matbuot xizmatining xabar qilishicha, 2013 yilning uchinchi choragida Qozog’istonning tashqi qarzi 147 milliard dollarni, shu jumladan firmalararo qarzdorlik 72 milliard 547 million dollarni tashkil etgan. Bu esa – firmalararo qarzdorlikdan tashqari – aholi jon boshiga hisoblaganda 4 ming 410 dollarni tashkil etadi.

Shuningdek matbuot xizmati ma’lum qilishicha, 2013 yilning yanvar-sentyabr oyi mobaynida tashqi qarz 8 foizga, 136 milliard 925 milliondan 147 milliard 965 million dollarga oshgan.

Qozog’iston milliy banki axborotiga ko’ra, 2013 yilning to’qqiz oyi ko’rsatkichlari bo’yicha Qozog’istonni Qirg’iziston oldidagi tashqi qarzi 125 million dollarni, O’zbekistondan 76, 2 mln. dollar, Turkmanistondan 13,1 mln. dol. va Tojikistondan 45,9 million dollarni tashkil etadi.

Ayni vaqt ko’rsatkichiga ko’ra, Qozog’istonni Rossiya Federatsiyasi oldidagi tashqi qarzi 4 milliard 713 million dollarni, Belorussiyadan esa 118,9 million dollarni tashkil etadi.

Turkiston:

images (11) Qozog’iston Rossiya, AQSh, Xitoy va Yevropa davlatlari tomonidan iqtisodiy qo’llab  turilibdi. Rossiya bilan o’rtalaridagi chegaralar deyarli olib tashlangan. Bojxona  ittifoqiga a’zo ekanidan chegaralari xam Rossiya nazorati ostida. Xalqining yashash  darajasi yuqorilab boraverishi bilan Qozog’iston iqtisodini dars ketishi mumkin. 2013  yilgi davlat byudjetining kamomoti 1 milliard dollorni tashkil etdi. Bu Qozoq  davlatining iqtisodi, tashqi katta davlatlardan keladigan investitsiya va yordam  asosiga qurilganini bildiradi. Demak Qozog’iston ekonomikasi, dunyo sistemasining  stobilligiga va iqtisodiy xamda siyosiy krizislardan xoli turishiga bog’liq. Aks xolda  Qozoq xukumati byudjet kamomotlarini yopishga ojiz qolishlari aniq. Xalqaro siyosat tomonidan Qozog’iston singari davlatlarning byudjet kamomotlarining to’ldirib turilishi esa, o’sha davlat raxbarlarining xoinliklari yoki iqtisodiy gumrox ekanliklari evaziga amalga oshiriladi. 

images (14)

 Chunki bu yordamning kelmay qolishi, davlatning ustidagi muammolarini o’zlari  echishiga majburlaydi. Shunda xar bir mustamlaka davlat o’zidan chiqadigan xom  ashyolarni qayta ishlash uchun stanoksozlik ya’ni og’ir sanoatni yo’lga qo’yishga  kirishadi. Shuning uchun dunyo iqtisodini globallashtirgan katta kapitalislar, xatto  siyosiy kelisha olmaydigan davlatlarini xam byudjet kamomotlarini to’ldirib turishadi.  Lekin qarzga botirib olib, be’chora zaif davlatlarga Qirg’iziston singari xolatga olib    kelishganida, ya’ni sanoatlasha olmaydigan darajadagi xolatga olib kelishib, o’sha  qarzlarini talab qilish orqali bosim qilishga o’tishadi. Aslida olingan qarzlar miqdoricha  pullarni topish, agar o’sha kapitalist mustamlakachilar aralashishmasa o’ta oson. Faqat  sanoatlashish bilan bo’ladi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.