I.Rahmon: Elektr energiyasi taqchilligi birinchi darajali muammo

113
0

images (5)

Tojikiston uchun birinchi darajali muammo qishda elektr energiyasi etishmovchiligi hisoblanadi va hukumat bu muammoni xal etish uchun imnoniyatidagi barcha ishlarni qilmoqda, dedi Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Dushanbe IES-2 birinchi blogi ishga tushirilishi munosabati bilan bo’lib o’tgan marosimda.

“Mamlakatda energetik, shu jumladan gidroenergetik loyihalar amalga oshirilmoqda. Biz joylarda kichik GESlar tashkil etmoqdamiz, lekin shu bilan birga bizga havodek zarur bo’lgan Rog’un GESi qurilishini ham davom ettirmoqdamiz”, – deya belgilab o’tdi prezident.

“Biz Dushanbe IES-2 quvvatini 400 MVt ga qadar ko’paytirish uchun xitoylik hamkorlarimiz bilan muzokaralar olib borishni rejalashtirmoqdamiz, bunga qo’shimcha xozirgi 100 MVt. Agar biz narxlar bo’yicha kelisha olsak, kelajakda poytaxt IES 500MVt elektr enargiyasi ishlab chiqaradi, bu poytaxtning ehtiyojini qoplash uchun etarli bo’ladi. Ana shunda xozir Dushanbe gidroelektrostantsiyalardan olayotgan elektr energiyasi viloyatlarga jo’natiladi”, – deb qo’shimcha qildi davlat rahbari.

Turkiston: Beshinchi marotaba prezidentlikka saylangan Imomali Rahmon ham o’zining O’rta Osiyodagi diktator hamkasblari kabi oddiy odamlar qo’ynini yillar mobaynida puch yong’oqqa to’ldirib kelmoqda.

O’rta Osiyoning boshqa respublikalariga nisbatan qishi sovuq va ayozli bo’lgan bu respublikada davlat rahbari o’z xalqini qat’iy cheklov doirasida ushlab, sutkasiga 4-5 soatdan svet berishiga, maktab o’quvchilari sinfxonalarini isitish maqsadida uylaridan o’tin va tezak tashib kelib, ta’lim olishayotganiga qaramay, rasmiy hukumat xorij bilan tuzgan shartnoma asosida qish oylarida ham svet sotishni to’xtatmay keladi.

Rasmiy hisobotga ko’ra, Tojikiston qo’shni Afg’onistonga birgina 2013 yil noyabr oyida 45 million kVt/soat elektr energiyasi sotgan. Bu esa 2012 yilning ayni shu vaqtiga solishtirganda 3,3 mln.kVt/soatga ko’p. Umumiy hisobda Tojikiston 2013 yil mobaynida Afg’onistonga 1 milliard kilovatt- saoatdan ko’proq elektr energiyasi sotgan.

Bu davlat rahbarlarining birdan bir muammosi qanday qilib bo’lsa ham oddiy xalq hisobiga o’z shaxsiy boyliklarini ko’paytirishdan iborat. O’zbekistonda yiliga 65-70 milliard metr.kub gaz qazib olinishiga qaramay oddiy xalq gazsiz va svetsiz yoshayotgani kabi, Tojikiston ham qancha ko’p elektr energiyasi ishlab chiqarmasin oddiy xalq huddi xozirda bo’lgani kabi svetsiz qolaveradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.