Tojikiston va Qirg’iziston chegaradagi bahsli hududlarni birgalikda nazorat qilishga kelishib olishdi

470
0

images (2)

Tojikiston va Qirg’iziston o’zaro chegaralardagi bahsli hududlarni birgalikda nazorat qilishga kelishib olishdi. Bu haqidagi kelishuvga ikki davlat o’rtasidagi chegaralarni belgilash va o’zgartirish bo’yicha Dushanbe shahrida bo’lib o’tgan hukumatlararo komissiya yig’ilishida erishildi.

Bu yig’ilishda, Qirg’iziston delegatsiyasiga bosh vazirning xavfsizlik, huquq-tartibot va chegara masalalari bo’yicha o’rinbosari To’kon Mamitov, Tojikiston tomonidan bosh vazir o’rinbosari Murodali Alimardon boshchilik qildi.

“Birgalikda nazorat qilishdan maqsad – jamoat xavfsizligi, fuqarolar va transport vositalarini bahsli hududlarda erkin harakatlanishini ta’minlashdan iborat”ligi aytilmoqda.

Ikki davlat rasmiylari o’tib borayotgan yil uchun ish va maslahat grafigini belgilab olishdi. Qo’shma nazoratni tartiblari 9 yanvar kuni Tojikistonning Sog’d viloyati Isfara shahrida bo’lib o’tgan ishchi uchrashuvida belgilab olindi. Bunday qo’shma nazorat guruhi tarkibiga, chegara qo’shini xizmatchilari, militsiya bo’limi va boshqa kuch ishlatar tuzulma vakillari kiritiladigan bo’ldi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.