Demokratiya haqidagi savolga javob

791
0

images (11)

Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan

Irfan Abu Naveedning demokratiya haqidagi savoliga javob

Savol:

Darhaqiqat, hozirgi asrimizda pokiza dinimizga yot, Islom e’tiqodiga har bir jihatdan qarama-qarshi bo’lgan xato tushunchalar va botil e’tiqodlar, jumladan botil demokratiya Islom Ummatiga hujum qilmoqda. Bizdagi xatarli muammo: Indoneziyadagi ayrim musulmonlar demokratiyani Islomdan deb hisoblashadi. Ular bunga Qur’oni Karim va Sunnati Nabaviyni noto’g’ri tushunishdan kelib chiqqan shar’iy dalillarni ham keltirishadi.

1 – Demokratiya haqidagi sizning fikringiz nima?

2 – Bu xatarli muammodan qanday qutulsa bo’ladi?

3 – Men bu haqda kitob yozmoqchiman. Siz bunga qanday qaraysiz? Bu to’g’rida maslahat berishingizni istardim.

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh…

Demokratiya xalq xo’jayinligi demakdir. Demokratiyada Allohning o’rniga xalq o’zi qonun chiqaradi, ya’ni Allohning o’rniga xalq halol va harom qiladi. Alloh Subhanahu va Taolo aytadi:

 «Hukm chiqarish faqat Allohga xosdir. U faqat haqni so’zlaydi. U (haq bilan nohaqni) ajratguvchilarning eng yaxshisidir» [An’om 57]

Tabaroniy «Kabir»da Adiy ibn Hotamdan rivoyat qilgan hadisda Adiy aytadi: Men Nabiy Aning oldilariga keldim. Bo’ynimda oltindan yasalgan xoch bor edi. Shunda Rosululloh A:

«يَا عَدِيُّ اطْرَحْ هَذَا الْوَثَنَ مِنْ عُنُقِكَ»

«Ey Adiy, bu butni bo’yningdan uloqtirib yubor» dedilar. Men uni tashlab u zotning oldilariga qaytdim. Rosululloh A «Baroat» surasini o’qiyotgan edilar. U zot ushbu:

 «Ular Allohni qo’yib o’zlarining donishmandlari va rohiblarini Parvardigor deb bildilar» [Tavba 31]

oyatini o’qib bo’lgach men: Biz ularga ibodat qilmaymiz, dedim. Shunda Rosululloh A:

«أَلَيْسَ يُحَرِّمُونَ مَا أَحَلَّ اللَّهُ فَتُحَرِّمُونُهُ، ويُحِلُّونَ مَا حَرَّمَ اللَّهُ فَتَسْتَحِلُّونَهُ؟ قُلْتُ: بَلَى، قَالَ: فَتِلْكَ عِبَادَتُهُمْ»

«Ular Alloh halol qilgan narsani harom qilsa sizlar ham uni harom deb bilasizlar va Alloh harom qilgan narsani halol qilsa sizlar ham halol deb bilasizlar, shunday emasmi?» – dedilar. Men «Ha, shunday», dedim. Rosululloh A: «Mana shu ularning ibodat qilishlaridir», dedilar. Shuning uchun Allohning o’rniga qonun chiqargan odamning gunohi juda og’ir.

• Demokratiya shu jihatdan kufr nizomidir. Chunki u qonun chiqarish huquqini insoniyat Robbisiga emas, balki insoniyatning o’ziga beradi.

Boshqa jihatdan demokratiya to’rt erkinlikka: e’tiqod, fikr, mulk va shaxs erkinligiga chaqiradi.

Demokratiya odamlarga o’zlari hohlagan narsaga e’tiqod qilishlariga ruxsat beradi. Shuning uchun demokratiyada odamlar o’zlari hohlagandek dinini o’zgartirishlari, hatto muqaddas narsalarni tahqirlasa ham hohlagan fikrni aytishlari joiz. Demokratiya halol yo’l bilan ham, harom yo’l bilan ham mulkka egalik qilishga, modomiki har ikki taraf rozi ekan zinoga ruxsat beradi. Bu ish Islomda harom qilingan. Islomda murtadlik harom, zino harom, noshar’iy yo’l bilan mulkka egalik qilish harom, shuningdek haqoratli so’zlarni aytish ham harom.

• Shunday qilib demokratiya erkinliklarga chaqirish jihatidan ham kufr nizomidir. Chunki bu shar’iy ahkomlardan voz kechishni anglatadi.

Demokratiya haqida «Demokratiya kufr nizomi» nomli kitob bor. Siz yurtingizdagi Hizb idorasidan bu kitobni olib o’qing. Kitobda demokratiya masalasi va uning kufr nizomi ekani batafsil bayon qilingan.

Va nihoyat men sizga salom yo’llab, yozmoqchi bo’lgan narsangizda Islom va musulmonlarga yaxshilik bo’lishini tilab, Allohdan sizga muvaffaqiyat so’rab duo qilib qolaman.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.