Rossiya raketa tizimi Evropani tashvishlantirmoqda

702
0

images

NATOning raketa tizimi rejasiga qarshi turib, agar NATO bu rejasini amalga oshirsa, Polsha chegaralarini raketalar bilan to’ldirib tashlashini aytgan Rossiya hukumati NATOning bu rejasi amalga oshmagan bo’lsa ham Kaleningradda raketa tizimini o’rnatdi.

Rossiya mudofaa vaziriligi  Evropa ittifoqi chegaralariga yaqin bir mintaqada ko’p sonli “Iskander-M” raketa tizimi o’rnatilganligi haqida malum qildi. Vazirlik so’zchisiga ko’ra, raketa tizimi ғarbdagi harbiy mintaqada joylashtirilgan.

Yadroviy qalpoqchalarni ham ishlata oladigan raketa sistemasining o’rnatilishiga qarshi Polsha va Ғarb o’lkalari javob tariqasida o’z havotirlarini bildirishmoqda.

Rossiya vazirligining so’zchisi bahs yuritgan “Ғarbdagi harbiy mintaqa” Kaleningrad, Moskva va Petrburg shaharlarini ham o’z ichiga oladi. Janubdan esa Ukrainagacha cho’ziladi. Shuningdek, Kaleningrad Polsha bilan Latviya orasida joylashgan mintaqadir. Polsha tashqi ishlar vazirligi avval ham ko’p marta ochiq bayonot bergani kabi, “Iskander-M” raketa tizimining mintaqada o’rnatilishi havotirga sabab bo’lishini bildirdi.

Polsha tashqi ishlar vazirligining bayonotida Rossiyaning bu mavzuga bir izoh bermaganligi haqida aytiladi va Rossiya barcha NATO davlatlarini ularga aloqador bir mavzu sifatida bu vaziyatdan habardor qilishi lozimligi takidlanadi.

Evropa chegaralaridagi vaziyatni“ogohlantiruvchi bir tashabbus”, deya nomlagan Latviya mudofaa vaziri Artis Pabriks, raketalarning o’rnatilishi NATO bilan Rossiya orasidagi kuch muvozanatini o’zgartirmay turib mintaqada o’zaro munosabatni buzayotganligini aytib o’tdi.

Estoniya mudofaa vaziri Urmas Reynsalu ham havotirini yashirmay, Rossiya federatciyasining mintaqadagi harbiy quvvatini oshirish uchun tashlagan har bir qadami tashvishlantiruvchi bir vaziyatni yuzaga keltirishini qayd etdi.

Rossiya raketa tizimining o’rnatilishi mavzusida malumot tarqatgan Germaniya gazetasiga ko’ra Kalilingradda oxirgi 12 oy ichida qariyib 10 ta “Iskander-M” raketa tizimi o’rnatilgan. Xabarda aytilishicha, “Iskander-M” raketalari taqriban 500 km uzoqlikka etishi mumkin.

Rus axborot agentligi Rossiia  mudofaa vazirligining bayonotiga taianib raketa tizimining o’rnatilishi xalqaro shartnomalarni buzish emasligini bildirdi.

AQSh hukumati ham raketa tizimlari o’rnatilishiga javob tariqasida  Rossiyadan mintaqa barqarorligiga putur etkazmaslikni talab qilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.