Navbat talabalarga keldi…

98
0

talaba5)

Uzmetronom.com nashrini xabar qilishicha, kirib kelayotgan yangi yil arafasida Toshkentdagi oliy o’quv yurtlari talabalariga maxsus blankalar tarqatilmoqda.

Bu blankalarni to’ldirar ekan, talaba o’z zimmasiga ta’til davomida doimiy yashash joyini tark etmaslik, alkogolli ichimlik iste’mol qilmaslik hamda jamoat tartibini buzmaslik mas’uliyatini oladi.

Maxsus blankada, talaba o’zining doimiy yashash joyini, telefoni hamda ota-onasining telefonini ko’rsatishi lozim.

Turkiston: O’zbekistonda hokimiyat uchun kurash avjga chiqib borgani sari, mustabid hukumatning fuqarolarni nazorat ostiga olishi shu qadar kuchayib bormoqda. Avvalroq, Toshkentdagi uchastka nozirlariga bir marta bo’lsa ham horijda bo’lib qaytgan fuqarolarni ro’yxatga olish vazifasi yuklatilgan bo’lsa, endi navbat talabalarga ham etib keldi.

Karimov boshchiligida olib borilayotgan siyosat O’zbekiston fuqarolarini, xususan yoshlarni buzish, Islomdan uzoqlashtirish va o’zliklarini yo’qotish uchun qattiq harakat qilib kelmoqda. Bu maqsadda hukumat yoshlarni “milliy va ma’naviy” ruhda tarbiyalashga e’tbor qaratib, turli hil tadbirlar, tanlovlar, sport musobaqalari, unversiadalar, kontsert va diskotekalar uyushtirib, bu diskotekalarda bepulga spirtli ichimliklar va pivolar tarqatildi. Bunday ishlar natijasida yoshlar o’rtasida jinoyatchilik, giyohvandlik va buzuqchiliklar ko’payib ketdi. Hatto kollej va litsey o’quvchi qizlari orasida xomilador bo’lish xolatlari ko’payib borayotganligi sababli, Toshkentda o’quvchi qizlarni xomiladorligini tekshirish ishlari olib borildi va bu o’quvchi qizlardan o’qishni tugatmaguncha xomilador bo’lmaslik haqida tilxat yozdirib olishdi. Toshkent temir yo’l kolleji talabasi, “Tilxat olishdan oldin bizlarga, erta xomilador bo’lishlik bizni milliy qadriyatlarimizga to’g’ri kelmasligini faqat bir marta aytishdi, agar bunday ish sodir bo’ladigan bo’lsa o’qishdan xaydashlik bilan qo’rqitishdi”, – deb aytgan edi.

Ammo hukumat tomonidan olib borilgan va hamon davom etayotgan bunday buzg’unchilik ishlariga qaramay aksar yoshlar Islom dinini mahkam ushlashda davom etmoqdalar. Buning dalili sifatida, shuncha ta’qiqlarga qaramay masjidlarda, xususan Juma kunlarida yoshlarni masjidlarda borgan sari ko’payib ketayotganlarini keltirish mumkin.

Shuning uchun ham hukumat o’zgarishlarni birinchilardan bo’lib qabul qiladigan, kuch-quvvat, g’ayrat-shijoatga to’la bo’lgan yoshlarni yanada kuchliroq nazorat ostiga olishga harakat qilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.