Keldibekov tarafdorlari O’shda navbatdagi ommaviy miting o’tkazishga tayyorlanmoqda

176
0

1385977254_15837_watermark_12_12_rightbottom

O’sh viloyati ichki ishlar boshqarmasining matbuot kotibi Jenish Ashirbaev K-News axborot agentligiga, Axmatbek Keldibekov tarafdorlari O’shda navbatdagi ommaviy miting o’tkazishga tayyorlanmoqdalar, -deb xabar berdi.

5 dekabr kuni namoyishchilar Keldibekovni ozod qilishlik uchun hukumutga bergan uch kunlik muddat o’z nihoyasiga etadi. IIBsidagi ma’lumotlarga ko’ra, deputatning tarafdorlari odamlarni 5 dekabr kuni O’shning markaziy maydoniga chiqishlikka chaqirmoqdalar.

“Vesti.kg” o’z manbalariga tayangan holda xabar qilishicha esa, 5 dekabr kun Qirg’izistonning bir nechta hududlarida viloyat ma’muriyati binolarini bosib olishga harakat qilishlari mumkin. “Uchinchi kuchlar” bu erda hech qanday rol o’ynamaydi, o’zlarini muxolifat deb atayotgan siyosiy guruhlar 5 dekabr kuni viloyatlardagi ma’muriyat binolarini bosib olishlikka harakat qilishga olib boruvchi norozilik namoyishi o’tkazishni rejalashtirmoqdalar, deb yozadi nashriyot.

O’z navbatida bosh vazir Jontoro Satbaldiev kuch organlariga keskin harakat qilishni buyurdi. Satbaldiev ichki ishlar vaziriga, mamlakatdagi siyosiy va jamoiy tartibni izdan chiqarishga, ma’muriy binolarni bosib olish va vayron qilinishiga yo’l qo’ymaslik bo’yicha keskin choralar ko’rishlikni topshirdi.

2 dekabr kuni O’sh shahrining markaziy maydonida parlamentni sobiq spikeri Axmatbek Keldibekov tarafdorlari miting uyushtirib hukumatdan deputatni ozod qilishni va O’shga olib kelishni talab qilishgan hamda bu muddat tugagunga qadar maydonda uchta bo’z uy tikib, Keldibekovni ozod qilish shtabini tashkil etishgan edi. Bu mitingda nutq so’zlagan shahar meri Melis Mirzakmatov “Keldibekovning qamalishi korruptsiyaga qarshi kurash emas. “Qirg’izgaz”ni parlamentdagi 65 deputat bir dollar evaziga Rossiyaga sotdi. Korruptsiya deb mana shuni aytadilar. “Qumtor” oltin konini milliylashtirilishiga, uni xalq foydasigi ishlashiga to’sqinlik qilishmoqda. Mana shu korruptsiya. Hukumatga qarshi gapirganlarni , hukumatni tanqid qilganlarni qamash esa korruptsiyaga qarshi kurash emas”, – degan va yana “Keldibekov qamoqqa olinganidan keyin Atambaev mansub bo’lgan KSDP etakchisi Chinibay Tursunbekov ham qo’lga olinsa, korruptsiyaga qarshi kurash aqiqatan ham xolis olib borilayotganiga ishonar edik. Shuning uchun namoyishni davom ettiraveringlar. Xozircha shaharning xo’jayini men bo’laman”, – degan edi. Bu orqali Melis Mirzakmatov markaziy maydonda yig’ilgan uch mingdan ortiq odamlarni olqish va qo’llovlariga erishishga muvaffaq bo’lgan edi.

Keldibekovdan so’ng navbat o’ziga ham etib kelishiga ko’zi etganligi sababli Melis Mirzakmatov ham shunday dedi va bu orqali o’z tarafdorlari sonini O’shirishga harakat qilmoqda. Buning sababi Mirzakmatov etakchilik qiladigan “Uluttar birimdigi” partiyasi ham 2 dekabr kuni o’z deputatlariga siyosiy va ma’naviy bosimlar bo’layotgani haqida bayonot berib, bu orqali rasmiy hukumat, O’shda shahar merligi uchun bo’ladigan saylovlar arafasida o’z etakchilarining tarafdorlari sonini qisqartirishga harakat qilayotganligini ma’lum qilishgan edi.

Bunga javob tariqasida 3 dekabr kuni Chuy viloyatining Issiqota tumanida qishloq xo’jaligi texnikalarini topshirishga bag’ishlangan marosimda qatnashgan Qirg’iziston prezidenti korruptsiyaga qarshi kurash haqida to’xtalib “Ta’kidlab aytamanki, nima bo’lishidan qat’iy nazar, korruptsiyaga qarshi shafqatsiz kurashni davom ettiramiz. Ba’zilar meni mitinglar va boshqa aktsiyalar bilan qo’rqitishga urinyapti, lekin men xalq tomonidan saylangan prezident sifatida bir necha ming kishi mamlakatda hukmini o’tkazishiga yo’l qo’ymayman. Ishontirib aytamanki, prezidentlik muddatimning oxiriga qadar vaziyatni boshqa tomonga o’zgartira olaman, mamlakat uchun falokat bo’lgan korruptsiyani bartaraf etaman. Ehtimol, yaqinlarimdan, qarindO’sh-urug’larim va do’stlarimdan ajralarman, lekin hech kimga shafqat qilinmaydi. Biz tartib o’rnatamiz, korruptsiyani ildizi bilan qo’porib tashlaymiz”, – dedi Atambaev.

Bulardan ko’rinib turiptiki, Atambaev Rossiya va AQSh davlatlari qo’lloviga erishishga muvaffaq bo’lgan. Shuning uchun ham korruptsiyaga qarshi kurash bahonasi bilan bahor oylariga borib o’ziga “bosh og’rig’i” bo’lishi mumkin bo’lgan muxolifat etakchilarida asta sekin xalos bo’lmoqda.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.