Rossiya hukumatining siyosati muhojir ishchilar uchun salbiy ta’sirga egami?

193
0

FE6A0526-E4F6-4B8A-BB15-F4C742EC4DD2_w308_r1

Bismillahir roxmanir roxim

Moskva shahar hokimi Sergey Sobyanin “Komsomolskaya pravda” gazetesiga bergan intervyusida shunday dedi: “yil boshidan buyon, Rossiya paytaxtida yashayotgan noqonuniy muhojirlardan 13 mingdan ko’prog’ini xaydab chiqarildi. Rossiya qonunlarini buzayotgan 42.8 ming ajnabiy esa mamlakat ichkarisiga kirishdan qaytarildi. Bu o’tgan yilgiga qaraganda ancha ko’pdir”.

Ushbu yilning Rossiya matbuot vositalarida, Moskva va Rossiyaning boshqa shaharlarida noqonuniy muhojirlar joylashgan manzillarni tekshirish uchun to’satdan bostirib kirish xolatlari tez-tez bo’lib turganligi xaqidagi xabarlar tarqaldi. Bu tekshiruvlar xorlash va tahqirlashlar bilan o’tkazilayotganligi, kuzatilayotgan videotasvirlarda ochiq-oydin ko’rinib turibdi. Qurolli maxsus kuchlar, tish tirnog’igacha turli-xil qurol-yarog’ bilan qurollangan va politsiya itlari bilan birga mamlakatga bir burda non topish uchun kelgan muhojirlarning ustiga bostirib kirdilar va ularni xuddi urushda asirga olingan maxbuslar singari ko’chalarga saf qilib tizib qo’ydilar.

Bu xabarlardan keyin, muhojir ishchilarning yashash manzillariga mahalliy jinoyatchi to’dalarning hujumlari unga ulanib ketdi. Internet saytlaridagi videolentalarda, muhojir ishchilarga nisbatan mazax qilish, tahqirlash va xaqoratlar tasvirlangan. Buning ustiga slavyan millatiga mansub bo’lgan bu to’dalar, muhojir savdogarlardan, mollari uchun har xil hujjatlar talab qila boshladilar.

Bulardan keyin esa, slavyan millatiga mansub bo’lmagan insonlarga qilinayotgan zulm va istibdodlar ulanib ketdi. Videotasvirlarda, slavyan millatidagi olomon, g’ayori slavyan millatidagi o’tkinchi bir shaxsga hujum qildi, va uni ura boshladi, natijada esa bu shaxs hushini yo’qotdi. Internet saytlarida uchli predmetlar va olovli qurol-yarog’lar bilan hujum qilinganligi namoyish qilingan lavhalar yoyildi.

Har qanday aqlli inson savol beradi: nima uchun? Ajnabiylarga nima uchun hujum qilinyabdi? Xukumat nima uchun jim turibdi?

Bu xokimyat va ba’zi axmoqlarning ajnabiy ishchilar va savdogarlarga nisbatan joriy bo’layotgan siyosatidir, ya’ni muhojirlarni qo’rqitish va xorlash tufayli terrorchilik qilishdan boshqa narsa emas. Rus xukmronligi va nizomi, bu ikkalasi tamoman buzuq narsalar bo’lib pora va makr, hiyla xisobiga yashaydi. Albatta bu ishlarning asl manbai, xokimyatdir, uning iznisiz mamlakatda biror bir ish sodir bo’lmaydi. Qamoqqa olishlar, umumiy ravishda mamlakatdan chiqarib yuborishlar, (deportatsiyalar), muammoni xal qilishda xokimyatga yordam bermayapti. Ular o’z maqsadlarini amalga oshirish va muvaffaqiyat qozonish uchun, muhojirlarni Rossiyaga qaytib kelmaydigan qilish uchun ularni qattiq qo’rqitishni qo’llamoqdalar. Bu siyosatni amalga oshirishda narkomanlar va jinoyatchi to’dalardan foydalanmoqdalar.

“ ular hayvon kabidirlar, balki undan ham tubanroqdirlar, ular (fikirlashdan ojiz ) g’ofillardirlar”.

Albatta Rossiya tabiiy resurslarga boy bo’lgan katta mamlakat, ishlab chiqarishda va fuqarolarning yashash darajasini yaxshilashlikda dunyoda etakchi bo’lishi mumkin edi. Ammo u, insonlarni ahloqiy, hamda moddiy kabag’allikdan qutqarish uchun etarli darajadagi fikrat va g’oyaga ega emas. Putin tabiiy resurslarga boy bo’lgan bu ulkan mamlakatni boshqarar ekan, uni o’zining muvaffaqiyatsiz va foydasiz siyosati tufayli dunyoda ikkinchi, balki, uchinchi o’ringa ham tushirib qo’ydi. Putin xokimyat tepasiga kelganidan buyon, iqtisodiy sohalarda juda ko’p xatolarga yo’l qo’ydi, natijada mamlakat fojiaviy mummolar ichiga tushib qoldi. Rossiyani xozirgi vaqtda, ikkinchi jahon urushida mag’lubiyatga uchragan Germaniyachalik ham e’tibori yo’q. Uzoq vaqtlardan beri Rossiya xukumati O’rta Osiyodagi G’arb nufuzini quvib chiqarish uchun, jinoyatchi Karimov rejimini qisib qo’yishga ham qudrati etmayabdi. Uni qo’lidan kelayotgan ish, bu neft, gaz kabi tabiiy boyliklarni sotish, va qurol aslaha sotishdan iborat bo’lib qoldi.

Rossiya xokimyati, mamlakatda iqtisodiy taraqqiyotga olib boradigan, insonlarning fikriy saviyasini ko’taradigan fikratni berishga qodir bo’la olmayapti. Sovet Ittifoqi qulagandan buyon, mamlakatda kuchli va nufuzga ega bo’lganlar tarafidan boyliklarni talon taroj qilish boshlandi. Shunday qilib mamlakatda boylar paydo bo’la boshladi, Putin siyosat tepasiga kelganidan buyon, uning siyosatiga qarshi chiqqanlarning boyliklarini musodara qila boshladi, uni qo’llab quvvatlaganlarga esa imkoniyatlar bera boshladi. Davlat, mamlakatning manfaatlarini ehtiyojini qoplaydigan tovarlarni ishlab chiqarishga qodir bo’lmaydigan bozor siyosatini qabul qildi.

Rossiyada ish egalari sarmoyadorlar bo’lib qoldilar. Davalatga tegishli bo’lgan zavod fabrikalarni texnalogiyasini rivojlantirishga esa davlat to’sqinlik qila boshladi. Mas’ullarning ochko’zligi tufayli, davlat mulki bo’lgan zavod, fabrikalarni rivojlantirish uchun mahsus yordam pullari o’g’irlana boshlandi. Bularning barchasi mamlakat iqtisodida katta tanazzulga olib keldi. Bunga qarshi o’laroq, sarmoyadorlar qo’lidagi xususiy zavod va fabrikalar rivojlanishda davom etmoqda. Raqobatlashishga qudrati yo’qligi sababli, xususiy shirkatlar rivojlangan sari, davlat mollari yo’q bo’lib ketmoqda.

Agar bu erda zavod va fabrikalar bo’lganda edi, ishchi kuchiga muhtoj bo’linar edi. Mamlakatni rivojlanishiga yordam berish uchun ajnabiy, muhojirlar zarur bo’ladi. Xuddi ikkinchi jahon urushidan keyin bo’lgani kabi, o’sha vaqtlarda, Rossiya inson resurslarining xisobiga qaytadan qurilgan edi. Rossiyada muhojirlar va savdogalar bor, ular har qanday ishda, oz iqdordagi oylikka bo’lsa ham ishlayveradilar. Tabiiyki, poytaxtlarda har qanday turdagi ishlarni topishni imkoniyati ko’p bo’ladi, shuning uchun ham hamma katta shaharlarga intiladi. Muhojirlarni bostirib kelishi, mahalliy aholini yashash darajasini pastga tushirib yuboradi, aslida ham ularning yashash darajalari nochor ahvolda. Mahalliy aholi davlat ishlariga va baland maoshlarga umid qilgan holda, ishsiz qolib ketmoqda. Bu holat xokimyatga mahalliy aholining noroziligidan foydalanib ommaviy tozalashlarni o’tkazishligida juda qo’l kelmoqda.

Rus xokimyati bir tarafdan muhojirlarga tana toshini otish bilan o’zining muvaffaqiyatsizligini yashirishga urinayotgan bo’lsa, ikkinchi tarafdan iqtisodiy barqarorlikni yo’qligini dalil qilib turib musulmonlardan xalos bo’lmoqchi bo’lyapti. Xammaga ma’lumki, Rossiyadagi musulmonlarning sonini kundan kunga oshayotganinig sababi, O’rta Osiyodan kelayotgan muhojir musulmonlarning yordami bilan bo’lmoqda. Albatta, Rossiyaga kelayotgan muhojirlarning aksari, o’z mamlakatlaridagi iqtisodiy holatni og’irligi tufayli kelmoqdalar. Ularning Islom xukmlarini bajarishlari, mahalliy aholini diqqatini o’ziga jalb qildi, va ular asta-sekin Islomni qabul qila boshladilar. Natijada, biz na faqat poytaxtda, balki, boshqa shaharlarda ham Hayit namozlarida ko’chalar to’lib toshib ketayotganini guvohi bo’lyabmiz.

Rossiya xukumati muhojirlarga qarshi jinoyatchi to’dalarni yo’naltirishda, millatchilik tuyg’ularidan foydalanmoqda. Shunday qilib millatchilik tufayli jinoyatlar sodir bo’lmoqda. Xokimyat tarafidan olib borilayotgan g’ayri insoniy siyosat tufayli, muhojirlar orasidan minglab qurbonliklar chiqmoqda. O’rta Osiyo davlatlarining raxbarlariga horijda yurgan o’z fuqarolarining taqdiri arzimagandek ko’rinadi, va ayta olamizki, ular bo’layotgan ishlarga rozidirlar.

Misol tariqasida, Tojikistonning tashqi ishlar vaziri 2012 yilda, bir burda non topish uchun Rossiyaga safar qilgan Tojikiston fuqarolaridan 1055 tasining jasadi keltirilganligini e’lon qildi. Lekin, bu jinoyatlarni oldini olish o’rniga, Tojikiston prizdenti, Rossiya prizdenti bilan ittifoqlar tuzish bilan javob bermoqda! Muhojirlarga qarshi bo’layotgan o’zboshimchalik va istibdod, Rossiya xokimyatining siyosatini g’ayri insoniyligini yana bir marta isbotladi. Bu siyosatda na insoniy qiymatlar, va na ahloqiy qiymatlar yo’q, balki minglab begunoh jonlar xisobiga bo’lsa ham moddiy manfaatlar ustiga qurilgan siyosatdir!

Hizb-ut-taxrirning markaziy matbuot bo’limining a’zosi

Eldor Hamzin

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.