Olti trillionlik urush

87
0

510c0523e2840.image

 

Harvard universiteti Kennidi siyosiy ma’lumotlar fakultiteti Iroq va Afg’onistonda kechgan urushlar AQSh iqtisodiga katta zarar etkazganligi haqida hisobot chiqardi. Hisobotga ko’ra Iroq va Afg’onistonga qilingan urush AQShga olti trillion dollarga tushgan.

Bush davridagi Xalqaro iqtisodiy kengashining etakchisi Lavranje Lindsey davlatning eng yirik gazetasi bo’lgan The Wall Street gazetasiga intervyu berib, urushga 100 milliard dollar bilan 200 milliard dollar orasida mablag’ sarf bo’lganligini aytganida boshqaruvdagi hamkasblari uni haddan tashqari xato taxmin qilganligini iddio etib qattiq tanqid ostiga olgan edi. Natijada Lavranje Lindsey istefoga chiqishga majbur bo’lgan.

Aytib o’tish lozimki, Bush idorasi avval boshda “Iroq neftidan kelayotgan daromad Iroq urushining xarajatiga etadi”, deb iddao qilgan edi. Ammo Vashington urush xarajatlarini qoplash uchun boshqa o’lkalardan 2 trillion dollar qarz bo’lib qoldi.

Harvard universiteti Kennidi siyosiy ma’lumotlar fakultiteti 2003 yil chiqargan hisobotiga ko’ra, bu raqam AQShning 2011-2012 yillar orasidagi olgan qarzlarining taqriban 20 foiziga to’g’ri keladi.

Olamiy tadqiqotlar markazi o’zining saytida tarqatgan Harvard universitetining bu hisobotiga ko’ra, AQSh hozirgacha qarzlari hisobidan 260 milliard dollar to’lagan va kelajakda foiz to’lovlarining o’zi trillionlarga etadi.

Bu hisobot yuqorida aytilgan urushlar AQShni faqatgina og’ir bir qarz botqog’iga uloqtiribgina qolmay, balki ayni paytda Federal hukumatning iqtisodiy va byudjet krizisiga qattiq ta’sir qilganini ko’rsatib turipti.

Hisobotga ko’ra, xarajatning katta qismini Iroq va Afg’oniston urushidan qaytgan ruhiy xasta yuz minglarcha askarni davolash va ularni turli jihatdan ta’minlash xarajatlari tashkil qiladi.

“Iroq va Afg’oniston urushi AQSh tarixidagi eng qimmatga tushgan urushdir. Xarajat 4 trillion bilan 6 trillion orasidagi mablag’ga teng. Bu xarajat uzoq muddatli tibbiy yordam, nogironlik tovonlarini to’lash, jangchilar va ularning oilalari uchun tovonlar to’lash xarajatlarini o’z ichiga oladi. Bu to’lovlarning katta qismi hali to’langan emas”, deyiladi hisobotda.

Harvard universitetining hisobotiga ko’ra, Iroq va Afg’oniston jang qilgan 1,5 millionga yaqin (56%) AQSh askari “Jangchilar idorasi” mablag’i hisobidan davolanishadi, qolgan umrlarida ham bundan foydalanishga haqlari bor.

Hisobotda yana shunday deyiladi: “Jangchilar idorasining umumiy byudjeti oxirgi o’n yilda ikki barobaridan ortib ketdi. 2001 yilda 61,4 milliard dollar bo’lgan bo’lsa, 2013 yilda 140,4 milliard dollarga etdi”. AQSh hukumati hozirgacha Iroq va Afg’oniston jangchilarining tibbiy ko’riklari va nogironlik maoshlari uchun 134 milliard dollar to’lab kelgan bo’lsa, bu raqam kelgusi yillarda eng kamida 836 milliard dollarga ko’tariladi”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.