Yana 50ta guruh milliy koalitsiyani tan olmasligini e’lon qildi

60
0

l_19bf6309

 

O’tgan hafta Suriyada Asad rejimiga qarshi jang olib borayotgan o’ndan ortiq yirik guruhlar G’arbga tobe bo’lgan Suriya milliy koalitsiyasini tan olmasligini e’lon qilib chiqqandan so’ng yana bir qancha guruhlar ayni bayonot bilan chiqishdi.
Asad rejimiga qarshi kurashayotgan 50ta otryad va batalonlar G’arb tomonidan dastaklanayotgan Suriya milliy koalitsiyasini tan olmasligini va uning harbiy qanotidan ajralib chiqqanligini hamda “Islom bayrog’i” nomli Islomiy qo’shin tashkil qilganligini Internetda tarqatilgan video orqali e’lon qilishdi. http://www.youtube.com/watch?v=zq1n-rc-cRU
Kapitan Ammor Voviy youtube.com saytiga qo’yilgan boshqa bir video murojaatda shunday deydi: “Suriya ichkarisidagi umumiy etakchilik ostidagi barcha guruhlar Suriya milliy koalitsiyasini Suriya qo’zg’olonidan vakil deb tan olmasligini e’lon qiladi”. Shuningdek Ammor Voviy bu guruhlar milliy koalitsiyaga tobe bo’lgan harbiy qo’mondon Salim Idris va uning atrofidagilarni ham tan olmasligini e’lon qildi.
Aljaziraning G’utadagi muxbirining aytishicha, guruhlar va otryadlarning qo’mondonlari bir qarorga kelishib, yangi tuzilgan ko’psonli qo’shinga Zahron Alvash etakchilik qilishini e’lon qilishgan. Muxbirning ta’kidlashicha, yangi tuzilmaning muhim missiyalaridan biri Sharqiy G’utani qamaldan ozod qilish va uzoq vatqdan buyon ocharchilikdan qiynalayotgan fuqarolarga oziq ovqat etkazib berishdir.
Boshqa bir tarafdan o’zlarini “Suriya do’stlari”, deb atayotgan davlatlar 26 sentyabr kuni Suriya milliy koalitsiyasini yanada ko’proq dastaklashga bel bog’laganliklarini e’lon qilishdi. Xabarlarda aytilishicha, Suriya milliy koalitsiyasining raisi Ahmad Jarba Islomiy guruhlarning “milliy koalitsiyani tan olmaslik” pozitsiyasiga aniqlik kiritish uchun Suriyaga yo’l olgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.