Misrda prezident tarafdorlari muxolifat lagerini yakson qildi.

435
0

5 dekabr kuni kechida “Musulmon birodarlar” islomiy harakatining tarafdorlari Qohirada o’tayotgan Misr prezidenti Muhammad Mursiga qarshi norozilik aktsiyasi qatnashchilarini tarqatib yubordilar. Shuningdek islomchilar muxolifatning chodirlardan barpo qilgan lagerini yakson qilgan. Avvalroq xabar qilinishicha, Mursi tarafdorolari va unga qarshilar o’rtasida prezident saroyi binosi qoshida to’qnashuv ro’y bergan. Tomonlar bir-birlarini toshbo’ron qilishgan.

Seshanba kuni norozilik aktsiyasini boshlagan namoishchilar Mursining yaqinda qabul qilgan, o’ziga beqiyos salohiyatlar beruvchi qaroridan hamda konstitutsiyaning yangi loihasidan norozi. Ularning fikricha, yangi konstitutsiya mamlakat aholisining to’lig’incha barchasining manfaatini aks etdirmaydi.

O’z tarafidan, Misr vitse-prezidenti Mahmud Mekki Qohirada o’tgan matbuot anjumanida, yangi konstitutsiya loihasining noroziliklar keltirib chiqargan bandlari 15 dekabrga belgilangan referandumgacha o’zgartirilishi mumkinligi haqida bayon qildi.

“Biz o’zaro kelishuvga erishishimiz kerak. Biz referendumgacha o’zgartishlar hususida kelishib olib, uni yozma ravishda tasdiqlab olishimiz mumkin”, – dedi Mekki.

Uning so’zlariga ko’ra, yaqin vaqt ichida muxolifat bilan kelishuvga erishish mumkin. “Men to’liq ishonamanki, yaqin soatlarda bo’lmasa ham, yaqin kunlarda o’zaro kelishuvga hamda inqirozdan chiqib ketishlikka erishamiz”, – takidlar ekan, prezident yordamchisi, 15 dekabrga belgilangan referendum o’z vaqtida bo’lib o’tishligini tasdiqladi.
Turkiston:
Mursiyning xarakatlari, uni islomiylashish loixalarining xammasi, xalqaro siyosat qo’lloviga muxtoj bo’ladi. Negaki bu xarakatlar xatto maqsadiga etganida xam, g’oyriislomiy natijalarga olib kelishi aniq.

Chunki Islom dini o’zining tariqatiga (boshqaruvga etish va uni ushlab turish yo’li) ega bo’lib, boshqa g’oyriislomiy tariqatlarga muxtoj emas. Shuning uchun OLLOXning shariyati kufr yo’llari bilan o’zining oliyligiga qaytishi mumkin emas. Bas shunday ekan, Mursiy va unga o’xshash shaxs yoki jamoalarning kufr etakchilarining ochiq qo’llovi yoki yo’l ochib berishlari bilan erishishlari mumkin bo’lgan natijalar, albatta kufr bilan murosa asosida bo’lishi aniq.

Yuqorida Mursiy xam xuddi ana shu murosa bilan boshqaruv programmalarini o’zgartirishga va’dalar bermoqda. Biz bilamiz, xar qanaqangi kufr bilan murosa Islomdan emas. Ilgarigi murosasozlik asosidagi boshqaruvdan xozirgisini farqi nimada?

Farq shundaki, yangi murosalar ilgarigisidan ko’ra ancha islomiylashgan bo’lishi kutiladi. Lekin xar qacha xatto juda oz miqdorda bo’lsa xam Islomni kufr bilan aralashtirishning o’zi kufrdir.

Endi bu ishning siyosiy tomonini ko’rib chiqsak. Dunyo mabda’iy o’zgarishlar ostonasida turgan bir paytda, Islom OLLOXning nusrati bilan xukmni o’z qo’liga olish arafasida turgan vaqtda, G’arb Misrda o’zining bor quvvatini ishga solmoqda. U o’z tarafdorlarini to’palonlar uyushtirishlariga xatto o’ziga itoatgo’y xarbiy kuvvatlarni ishga solgan xolda sharoitlar yaratib berdi. Maqsadi xokimiyatni qo’lga olish emas edi. Xatto politsiya xam bularga to’sqinlik qilmaganidan buni tushinish qiyin emas.

Maqsadlari, Mursiy va birodarlar jamoasiga, ularda Islom bilan to’la boshqaruv nizomi yo’qligidan, Islomni niqob qilib demokratiya bilan boshqarishga majbur ekanligida yordam berishdan iborat. Ularning re’jalari bo’yicha, Davlatni ma’lum miqdorda islomiylashtirish bilan Mursiy va uning jamoasi butun dunyo musulmonlari oldidagi obruylarini tiklash va qolgan islomiy yurtlardagi revolyutsiyalarni xam shu yo’nalish bo’yicha boshqarishni tanlashga chaqirishdan iborat.

Shu kabi muammolar bizlarni Suriya, Liviya, Tunis va yana bir qator islomiy yurtlarda kutishi mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.