Eron xavo kuchlari Fors ko’rfavzi ustida aylanib yurgan Amerika uchuvchisiz samolyotini o’qqa tutdi

141
0

Pentagon rasmiysi Jorj Littlga ko’ra, Eronning ikki qiruvchi samolyoti orqali o’qqa tutilgan Predator Amerika uchuvchisiz samolyotiga shikast etmagan. Bu hodisa 1 noyabr kuni Eron hudidan taxminan 100 km.olislikda xalqaro suvlar ustida rejali kuzatuv yuritilayotgan bir paytda sodir bo’lgan. Biroq, bugungacha bu xaqda ma’lumot tarqatilmagan. Amerika havo kuchlari Fors ko’rfazi va O’rmuz bo’g’ozidagi neft eksporti qatnovlarini nazorat qilish uchun bunday parvozlarni tashkil etib turishadi.

Vashington Tehronga bunday qaltis qadami uchun harbiy javob qaytarish imkoniga ega ekanini ta’kidlab, rasmiy norozilik bildirdi. Taxminlarga ko’ra, Eronning qiruvchi samolyotlari Amerika samolyotini aniq nishonga olmaganlar. Balki, ogohlantirganlar, xolos. Eron HHKi (harbiy havo kuchlari) Su-25 sovet davri samolyotlaridan foydalanib kelmoqda.

Eron va AQSh orasidagi doimiy qarama qarshilikka Eronning yadro programmasi sabab bo’lib kelmoqda.

Turkiston:
Aslida AQShni g’azablanishiga sabab yadroviy muammo emas, balki O’rmuz bo’g’oziga egalik qilishga bo’lgan Eronning urunishidir.

Asosan Yevropa davlatlari uchun neft tashishdagi strotegik axamiyatga ega bo’lgan bu bo’g’oz, rasman Eronning nazorati ostida deb e’lon qilingani bilan, asli AQShning to’la nazorati ostida.

Bu yashirin kelishuv ostidagi nazoratni saqlanib turishi Yevropa davlatlari uchun ham o’ta muhimligidan va Eronni AQShdan bo’lagi jilovlay olmasligi aniqligidan, barchasi vaziyatni shu xolatida ushlanib qolishi uchun xarakat qiladilar.

Shu vaziyatlar ularni, Eronga qarshi AQShning har qanaqangi embargolariga ham rozi bo’lishga majburlaydi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.