Atambaev kimdan ko’proq xavfsiraydi, AQShdanmi yoki Rossiyadan?

186
0

Bishkekda AQSh davlat kotibining Janubiy hamda Markaziy Osiyo ishlari bo’yicha yordamchisi Robert Bleyk prezident Almazbek Atambaev bilan muxlati 2014 yil iyun oyida tugayotgan “Manas” aviabazasi shartnomasi hususida uchrashdi.

Uchrashuv chog’ida Almazbek Atambaev o’zining avvalgi, shartnoma muxlatini uzaytirmaslik qarorida sodiq qoldi. Uchrashuvdan so’ng Qirg’iziston tarafi Amerika bazasini respublikadan chiqarib yuborish haqidagi o’z pozitsiyasini bayon qildi.

Shubhasizki, bu qaror AQSh tarafidan tegishli javobsiz qolmaydi, chunki amerikaliklar bazadan chiqib ketishni xohlamayapti. Markaziy Osiyoga safari oldidan Bleyk “Amerika Ovoziga” bergan bayonotida: “Manas aviabazasi AQSh uchun moddiy-texnik hizmatlar borasida muhim (logistik) ahamiyatga ega. Shuningdek, Afg’onistonga safarbar qilinayotgan qo’shinlarimizning deyarli barchasi mana shu markaz orqali o’tadi”, – dedi.

Shu boyis, agar kelishuv amalga oshmay qolgudek bo’lsa, Atambaevning o’zi uchun ham, Qirg’iziston uchun ham tegishli javob kelishiga shubha yo’q.

Atambaevga javob muxolifatning kuchayishi, prezidentlik hizmatida kamchiliklarning namoyon bo’lishi sifatida keladi.

Qirg’iziston uchun esa –mamlakatning janubida hukumatga qarshi muxolifat namoishlarining faollashishligi, millatlararo nizolar, mamlakatning janubiyu shimolida terrorchilik amaliyotlari, Qirg’iziston chegaralarida qo’shni respublikalar bilan nizolar, ayniqsa suv urushi bilan tahdid qilgan O’zbekiston bilan, shuningdek Qirg’izistonga kelayotgan xalqaro yordamni to’sib qo’yish.

Atambaev qaysi xisob bilan ish tutmoqda? Yonboshida AQSh harbiy bazasining mavjud bo’lib turishligini xohlamayotgan, hamda “Manas” aeroportida o’zining ham logistik markazini tashkil qilish niyatini aytgan Moskvaga ishonayaptimi?

Balki savolni, Atambaevni kimning bosimi ko’proq qo’rqitmoqda, AQShnikimi yoki Rossiyaniki, deb qo’ysak to’g’riroq bo’lar?

Albatta, shartnoma muddatinining tugashini kechiktirishning boshqa yo’li ham bor. Bunda AQSh Rossiya bilan “Manasda” qolish evaziga Yevropadagi PRO loihasidan kechishlik hususida kelishadi.

Biroq, qanday bo’lganda ham Markaziy Osiyo mamlakatlari AQSh-Rossiya geopolitik kurashining garovida qolaveradi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.