Afg’onistonda ISAF yangi missiyasida 36 mamlakat qatnashadi.

217
0

Afg’oniston bo’yicha Xalqaro Xavfsizlik Ko’maklashuv Kuchlarining (ISAF) yangi missiyasida qatnashishlikka 36 mamlakat o’z roziligini bildirdi. Shu jumladan 28tasi NATOga a’zo mamlakat, ma’lum qildi Shimoliyatlantik Alyansining rahbari Anders Fog Rasmussen.

“2014 yildan keyin NATO harbiy missiyada ishtirok etmaydi, u faqat Afg’on Milliy Armiyasi kuchlarini tayyorlashlik, ularni qo’llab-quvvatlashlik va ularga maslahatlar berishlik bilan shug’ullanadi”, – dedi u.

Rasmussenga ko’ra, ayni vaqtda Afg’on Milliy Armiyasi xavfsizlik sohasida 80%gacha operatsiyalarni mustaqil amalga oshirmoqda va o’z safiga yangi odamlarni jalb qilish hamda ularni tayorlash ishlarining 90%ni bajarmoqda.

Afg’on matbuoti xodimlarining Afg’oniston qurolli kuchlariga ta’lim berishlikda Rossiyaning ishtirok etishligi ehtimoli haqida bergan savoliga javob berar ekan, alyans rahbari, bunday ta’limot ishlarini ular Afg’onistonning o’zida o’tkazishliklariga shubha bildirdi, biroq afg’on harbiylari rus o’quv yurtlarida tayyorgalikdan o’tishlari ehtimoldan xoli emasligini aytdi.

Afg’onistonda ISAF yangi missiyasini boshlash haqidagi qaror, shuningdek prezident saylovlari xavfsizligini ta’minlashda koalitsiya kuchlarining hamkorligi masalasi afg’on hukumatining tashabbusiga bog’liq bo’ladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.