Asad: Yangi koalitsiya g’alaba qozonishi shart

549
0

Suriya prezidenti Bashar Asad Rossiyaning Suriya hududidagi harbiy amaliyotlarida muvaffaqiyat qozonishi Yaqin Sharqning yo’q bo’lib ketishini oldini olish uchun muhim omil bo’lib hisoblanishini bildirdi. Asadning ta’kidlashicha, Rossiyaning Suriyada muvaffaqiyat qozonishi hayot-mamot masalasidir.

“Terrorizmga (Islomga) qarshi kurash uchun (Rossiya, Suriya, Eron va Iroq tarafidan) tuzilgan yangi koalitsiya g’alaba qozonishi shart. Aks holda faqatgina bir ikki davlat emas, balki butun mintaqaning yo’q bo’lib ketish xavfi qarshisida turibmiz”, dedi Asad Eronning “Xabar” axborot agentligiga bergan intervyusida.

Rossiya va Eron tarafidan qilinayotgan amaliyotlardan umidvor ekanligini bildirgan Asad AQSh boshchiligida arab davlatlaridan tashkil qilingan koalitsiya hech qanday foyda keltirmaganligini ta’kidladi. Asadga ko’ra, ular amalga oshirgan habiy amaliyotlar faqat terroristlarning (mujohidlarning) ko’payishiga o’z hissasini qo’shgan.

“(AQSh boshchiligida tashkil qilingan) kolitsiyaning haqiqati shuki, bir yildan ortiq vaqt o’tdi, ammo biror natijaga erisha olmadilar. Aksincha terrorizm regioni kengaydi va ular ko’plagan kishilarni o’z saflariga qo’shib olishga muvaffaq bo’lishdi”, dedi Suriya prezidenti.

Turkiston:

Bashar Asad “Aks holda faqatgina bir ikki davlat emas, balki butun mintaqaning yo’q bo’lib ketish xavfi qarshisida turibmiz”, degan gaplari bilan Xalifalikning tiklanishiga ishora qilmoqda. Xalifalik davlatining tiklanishi butun bashariyat uchun yaxshilik olib kelishi bilan birga, xalqlar boyliklarini talashga asoslangan mustamlakachi davlatlar uchun va ularning mintaqadagi malaylari uchun real tahdid hisoblanadi. Shuning uchun ham so’nggi o’n yil orasida Bush, Putin, Ramsfeld, Bler kabi dunyoning qator rahbarlari bundan ogohlantirib bir necha marta bayonotlar berishdi. Ularning bayonotlaridan Xalifalikdan qo’rqishayotgani ochiq ko’rinib turipti. Jumladan, yaqinda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Shom qo’zg’oloni Xalifalik davlatining barpo bo’lishi tomon ketayotganidan bir necha bor ogohlantirdi. Bundan avval Suriya tashqi ishlar vaziri Valid Muallim Xalifalik davlatining tiklanib ketishidan ogohlantirib, “Suriyada Islomiy Xalifalik tiklashni istashmoqda. Ular qurmoqchi bo’layotgan davlat faqatgina Suriya bilan chegaralanib qolmaydi. Shu sababli biz nafaqat Suriyada, balki Iordaniya, Livan va Turkiya ichida ham himoyani kuchaytirishimiz lozim”, degan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.