Qirg’iziston gaz uchun rublda haq to’lashi mumkin

500
0

AQSh boshchiligidagi g’arb davlatlari tomonidan Rossiyaga nisbatan joriy etilgan iqtisodiy jazo choralari va jahon bozorida neft narxini tushib ketishi Rossiya iqtisodini qiyin ahvolga solib qo’ydi. Buning natijasida rubl ham keskin qadrsizlanib ketdi. Hatto Rossiya markaziy banki rubl kursini sun’iy ravishda ushlab turish siyosatidan voz kechishga majbur bo’ldi. Bu esa shundoq ham qadrsizlanib borayotgan rus milliy valyutasi, rubl uchun ayanchili bo’ldi.

Shu sababli ham Rossiya hukumati o’z valyutasini mustahkamlash harakatiga tushib qoldi. Avvalroq Rossiya va Xitoy o’rtasida o’zaro muomilalarda dollardan voz kechish to’g’risida muzokaralar ketayotgani aytilgan bo’lsa, keyinchalik rus hukumati Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hududida yagona valyuta joriy etish tashabbusi bilan chiqqan edi. Bugunga kelib esa rus hukumati o’zining asosiy daromad manbai bo’lgan neft va gaz uchun o’z ittifoqchilaridan rublda haq to’lashni talab qila boshladi.

“Gazprom” kompaniyasi direktorlar kengashi kelasi yildan boshlab yangi eksport kelishuvlarini bundan buyon rubl bilan yurgizish masalasini yaqin kunlarda ko’rib chiqishi ma’lum bo’ldi.

“Qirg’izgaz” kompaniyasi bir dollar evaziga Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasiga sotib yuborilganidan so’ng Qirg’izistonni gaz bilan ta’minlash vazifasi mazkur kompaniya zimmasiga o’tgan edi. Bir yildan ortiqroq vaqt davomida Qirg’iziston gaz uchun dollarda haq to’layotgan edi. Endilikda esa gaz uchun rublda haq to’lashi mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.