Toshkentda ShHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi yig’ilishi bo’lib o’tdi

439
0

18 sentyabr kuni Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi raisligida ShHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi kengashining navbatdagi 27-yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Unda Qozog’iston, Xitoy, Qirg’iziston, Rossiya, Tojikiston, O’zbekiston va ShHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo’mitasi vakillari ishtirok etdi.

Yig’ilish davomida ShHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo’mitasining avval qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish yuzasidan faoliyati ko’rib chiqildi. Qo’mitaning va ShHTga a’zo davlatlar chegara xizmatlari ekspertlar guruhi ish faoliyati rejasi tasdiqlandi.

Tuzilmaning terrorchilik, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashdagi faoliyatini faollashtirish yuzasidan choralar ishlab chiqildi.

ShHTga a’zo davlatlar hamkorligida o’tkazilgan “Markaziy Osiyo – Aksilterror-2015” harbiy o’quv mashg’ulotiga yuqori baho berildi.

Yig’ilishda ShHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi rivojiga qo’shgan xissasi uchun ShHTga a’zo davlatlar tegishli organlari xodimlari va bir qator aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo’mitasi xodimlari fahriy yorliq bilan taqdirlandi.

ShHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi kengashiga raislik O’zbekiston Respublikasidan Qozog’iston Respublikasiga o’tkazildi.

Manba: “sharh.uz”

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.