Oq uy: Rossiya Asadni qo’llab-quvvatlashda davom etsa, xalqaro izolyatsiyaga duch kelishi mumkin

457
0

Rossiya Suriya prezidenti Bashar Asadga yordam ko’rsatishda davom etaversa, xalqaro miqyosda yakkalanib qolishi mumkin. Ushbu fikrni dushanba, 14 sentyabr kuni Oq uy matbuot kotibi Joshua Ernest bildirib o’tdi.

Jurnalistlarning agarda Rossiya Iroq va Suriyada terroristlarga qarshi amaliyotlar olib borayotgan AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaga qo’shilmasa va Asadni qo’llab-quvvatlashda davom etsa, oqibatda nimalar bo’lishi mumkinligi to’g’risidagi savoliga javob berar ekan, “ular xalqaro hamjamiyatdan yanada ko’proq ajratib qo’yiladi”, – deya javob berdi u. “Aks holda ular IShIDga qarshi AQSh boshchiligida koalitsiya doirasidagi 60 davlat qarshisida qoladi”, – deya tasdiqladi Ernest.

Ayni paytda, Ernestning so’zlariga ko’ra, “Rossiyaning Suriyadagi manfaatlari qolgan dunyo mamlakatlari qiziqishlari bilan to’liq qarama-qarshi kelmaydi. Rossiya antiterror koalitsiya yutuqlaridan manfaatdor. Rossiya ham IShIDni batamom yo’q qilish strategiyasining muvaffaqiyatli amalga oshishini istaydi, albatta”, – degan Oq uy matbuot kotibi. U Asadning hokimiyatdan ketish vaqti kelganini yana bir bor ta’kidlab o’tdi.

Eslatib o’tamiz, Rossiya bir necha marotaba Suriyadagi mojarolarni bartaraf etishning eng maqbul yo’li Suriya armiyasini qo’llab-quvvatlash ekanini ma’lum qilgan edi.

Shu maqsadda Suriyaga o’q otar qurollar, granatomyotlar, bronetransportyorlar va boshqa turdagi qurollarni etkazib berish rejalashtirilayotgani, shuningdek, Suriyaning Latakiya shahrida Rossiya harbiy aviatsiyasi joylashtirilishi uchun sharoitlar yaratish maqsadida mahalliy aeroport aviabazasiga zarur harbiy texnikalar va sistemalar tashib borilayotgani xabar qilingan edi. manba: “kun.uz”

Turkiston:

Dunyo sistemasi, faqat AQSh tomonidan ilgari suriladigan loihalar asosida boshqariladigan bir tomonlama boshqaruv tizimiga aylanib borayapti.

Rossiya, endi ilgarigi mavqe’idan turib, xalqaro siyosatga ta’sir ko’rsata olmaydi. AQSh unga endi bu imkoniyatni bermaydi.

AQSh Suriya muammosini, xalqaro sistema vositasida, o’zi va kufr olami uchun manfaatli tomonga burib, ma’lum bir joygacha olib keldi. Endi u Rossiyaga bu tizimni o’zgartirishi yoki boshqa bir tomonga burib yuborishiga aslo yo’l bermaydi.

Rossiyaning Suriyada mustaqil harbiy harakatlari, AQSh tomonidan yashirin dastaklanib kelayotgan ma’lum quvvatlarga qarshi harbiy amaliyotlar uyushtirishiga qarab yo’naltirilishi aniq. Bu esa, AQShning butun dunyo oldida o’zicha yashirin olib borayotgan ikkiyuzlamachilik siyosatini ochilib ketishiga olib borishi mumkin. Bu AQSh tomonidan Shomda Asad va unga qarshi bir necha sun’iy uyushmalar o’rtalarida muvozanatni saqlab kelayotgan siyosiy nayrangi bo’lib, butun dunyo bilib turishiga qaramay, rasman boshqa yolg’on manfaatlarni ro’kach qilib olib borayotgan xalqaro siyosatidir.

AQShning xalqaro siyosatda tutgan o’rni, u olib borayotgan jirkanch olamiy siyosatiga butun dunyo mamlakatlari siyosatchilarini sukut qilib turishga majbur qiladi. Shuningdek dunyo mamlakatlari bu iflos o’yinlarda bevosita ishtirok etishlari uchun AQSh tuzayotgan koalitsiyasiga a’zo bo’lib, uning xalqaro maydondagi manfaatlari yo’lida yordam berishga ham majbur qilinadi.

Rossiya bu urushga, AQSh bilan hamkor bo’lib kirmoqchi bo’layapti. Lekin AQSh bunga yo’l bermaydi. U Rossiyani koalitsiyaga a’zo boshqa mamlakatlar singari, AQShning chizgan chizig’idan zarracha chetga og’may harakatlanishini hohlaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.