Hizbulloh safida parokandalik yuzaga keldi

524
0

Suriyada musulmon aholini ayovsiz qirg’in qilayotgan Bashar Asad rejimi tarafida turib Mujohidlarga qarshi jang olib borayotgan Hizbulloh guruhi safida parokandalik yuzaga kelgani haqida xabarlar yuzaga chiqdi.

Hizbulloh guruhi Suriyada Muxolif kuchlar nazorati ostida bo’lgan Zabadoniy mintaqasini qo’lga kiritish uchun jangga kirdi. Chunki Suriya va Livan o’rtasida ko’prik hisoblangan Zabadoniy mintaqasining mujohidlar nazorati ostida bo’lishi Asad rejimi uchun katta tahdid hisoblanadi. Hizbulloh jangchilari bor kuchini to’plab, ketma ket hujumlar uyushtirgan bo’lsa-da, biroq ular mujohidlardan og’ir zarbalarga duch keldi va ortga chekinishga majbur bo’ldi. Xabarga ko’ra, Zabadoniy mintaqasiga hujum boshlagandan to bugunga qadar Hizbulloh guruhi safidan 120 nafar jangari o’ldirilgan, 210 jangari og’ir tan jarohati olgan.

“Eldorar” axborot agentligi tarqatgan xabarda aytilishicha, Hizbulloh guruhi og’ir zarbaga uchrab, Zabadoniydan chekinishga majbur bo’lgandan so’ng uning jangchilari orasida parokandalik yuzaga kela boshlagan. Mujohidlarga qarshi jangda mag’lubiyatga uchragandan so’ng 175 kishi Hizbulloh armiyasi safidan qochib ketgan. Qochgan askarlar Hizbulloh tarafidan qo’lga olingani aytilmoqda. Xabarda aytilishicha, jangchilar safida o’limning ortib borishi va xotirjamlikning buzilishi harbiylarning urush maydonini tashlab qochishlariga sabab bo’lmoqda.

 Asad armiyasining ularga yordam bermay qo’yganligi sababli mag’lubiyatga uchraganliklarini da’vo qilgan Hizbulloh guruhining qo’mondonlari Asad armiyasi bilan Hizbulloh jangchilari o’trasida katta jarlik yuzaga kelganligini aytishmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.