Ramazon oyida amalga oshirilgan tadbirlar

810
0

Turkiyada Hizb ut-Tahrir uyushmasi Islomiy hayotni qayta boshlashga da’vat qilish uchun muborak Ramazon oyida bir qancha tadbirlar uyushtirdi. Barchaga ma’lum bo’lganidek, Ramazon oyining ilk juma kunida Xalifalik davlatining oxirgi poytaxti bo’lgan Istambul shahrida ulkan yurish tashkil qildi. O’n minglagan musulmonlar ishtirokida tashkil qilingan bu yurish barcha musulmonlarning ko’zlarini quvontirgan bo’lsa, demokrat ilmoniylarni sarosimaga solib qo’ydi.

Ushbu qaynoq nido ortidan Turkiyaning sharqidan g’arbigacha, shimolidan janubigacha butun xalqlarga iftorlik tashkil qilindi. “Mahallamizga iftorga marhamat” tashabbusi ostida barcha ro’zadorlar iftor dasturxoniga taklif qilindi. Shuningdek, nodavlat tashkilotlar vakillari, mutafakkirlar, ziyolilar va matbuot vakillari bilan uchrashuvlar tashkil qilindi. Ulardan kunning asosiy mavzusiga aylangan Payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini tiklash uchun harakat qilish va shu yo’lda faoliyat olib borayotganlarga yordam berish talab qilindi.

Yana shunday tadbirlardan biri sifatida “Laylatul qodr” kechasida butun dunyodagi mazlumlar haqqiga, xususan Sharqiy Turkistonda aziyat chekayotgan musulmonlar haqqiga “Qunut duosi” tashkil qilindi. Bu tadbir o’ttizdan ortiq mintaqadagi katta masjidlarda amalga oshirildi.

Mazkur tadbirlardan Xalifalik davlatining tiklanishini orzuqib kutayotganlar va uni talab qilayotganlar – ayrim kimsalar da’vo qilayotganidek – ozchilikni tashkil qilmasligi ayon bo’ldi. Xalqlar to’p-to’p bo’lishib Xalifalik davlatini naqadar intizorlik bilan kutayotganligini izhor qilishdi. Mana shulardan kelib chiqib, ayta olamizki, Hizb ut-Tahrir uyushmasi mazkur oyda bir qancha xayrli qadamlarni tashlashga muvaffaq bo’ldi. Alloh Taolodan Xalifalik davlatini tezroq tiklanishini so’rab qolamiz.

 لِمِثْلِ هَذَا فَلْيَعْمَلْ الْعَامِلُونَ

“Bas, amal qilguvchilar mana shunday (mangu baxt saodat) uchun amal qilsinlar!” (Soffat:61)

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.