Yahud vujudi bilan xoinona bitim.

494
0

Sunday Times britan ro’znomasining yozishiga ko’ra, Isroil “mo”tadil yarim oy” degan nomni olgan sunniylar davlatlari – Turkiya, Iordaniya, Saudiya Arabstoni va Birikkan Arab Amirliklarining mudofaa alyansiga qo’shilishlikka tayyor.

Bunday bitimga Eron tahdidini qaytarib turishlikka qaratilgan mushtarak programma – raketa hujumiga qarshi mudofaa programmasi asos bo’ladi.

Ro’znomaning talqiniga ko’ra, Isroil Saudiya Arabstoni hamda Birikkan Arab Amirliklaridagi hujumni ilk ogoh qilish stantsiyalariga kirish huquqini oladi. Badaliga u o’zining razvedka ma’lumotlaridan arablarni voqif qiladi.

Nashriyotning yozishicha, Iordaniya raketa hujumidan isroilning Arrow sistemali qalqoni bilan himoyalangan bo’ladi.

Alyansga berilayotgan yangi nom – “4+1” va uni xayotga tatbiq qilishga Vashington zo’r berib urinmoqda. Iordaniya, Saudiya Arabstoni va Birikkan Arab Amirliklari Texronning mintaqadagi an’anaviy raqiblari xisoblanadi. Turkiyaning Eron bilan savdo-sotiq aloqalari ulkan hajmda bo’lib turgan bir vaqtda, mamlakatning siyosiy rahbariyati Eronning Bashar Asad rejimini qo’llashligiga qarshi chiqmoqda, yozadi ro’znoma.

Isroil agar Eronga yakka o’zi urush ochganida bu yahud vujudining Islomga qilgan urushi bo’lar edi va bu narsa olam musulmonlarini g’azablantirib yuborishi mumkin edi. Endi esa sunniylar bilan shiyalar o’rtasidagi “an’anaviy raqiblik” deb qo’ya qolinadi.

“Mo”tadil yarim oy” mamlakatlari hokimlari bu narsani tushunmayabdilar, yoki tushunsalar ham G’arbga malayliklari tufayli Vashingtonning bu nayrangiga taslim bo’lishdan boshqa ilojlari yo’q.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.