Uilyam Xeyg: Suriya inqirozi mintaqaning boshqa mamlakatlariga ko’chib o’tishi xavfi bor.

436
0

Isroilning Damashq yon-atrofiga uyushtirgan xavo hujumi, Suriya inqirozi mintaqaning boshqa mamlakatlari xavfsizligiga ham tahdid solishligini tasdiqlamoqda, degan bayonot bilan Britaniya tashqi ishlar ministri Uilyam Xeyg «Skay Nyus» telekanalida chiqish qildi.

“Isroil manbalari, bugun tunda mamlakat harbiy xavo kuchlari Suriya hududlariga hujum uyushtirganligini ma’lum qiladi, – qayd qildi Xeyg. – Oxirgi kunlar xodisalari kabi, bu voqea ham Suriya inqirozi mintaqaning boshqa mamlakatlariga yoyilib ketishining kundan kunga oshib borayotgan xavfini ifodalab turibdi”.

“Ayni vaqtda Livandagi vaziyat izdan chiqishi mumkinligining doimiy xavfi mavjud, – aniqladi tashqi ishlar idorasining rahbari. –Undan tashqari, mamlakatga kirib kelayotgan qochqinlar sonining ko’pligidan Iordaniya og’ir ahvolda”. “Isroil xususida esa, bu mamlakat, agar qurol-aslahaning muhim jihozlarining «Xizbulloh» guruhiga berilganligi haqida ma’lumot olgudek bo’lsa, harakatini boshlashligini aniq izxor qilgan. Yahud davlati o’z millati xavfsizligiga kelayotgan tahdidga xos javob qaytaradi, va biz bu pozitsiyani hurmat qilishimiz kerak”, – qayd qildi u.

Isroilning 18 uchog’i 5 may tunida Damashqqa uyushtirgan xavo hujumi natijasida 300 kishi o’lgan yoki, eng kamida, yarador bo’lgan, xabar qiladi Syriatruth.org sayti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.