Qirg’izistonda balog’at yoshiga etmaganlar uchun jinsiy ta’lim yo’lga qo’yiladi

635
0

Qirg’iziston parlamentining bir guruh deputatlari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Fuqarolarning reproduktiv huquqlari va ularni amalga oshirish kafolatlari to’g’risida”gi qonun loyihasini Jogorku Kenesh deputatlari 21 may kuni uchinchi o’qishda qabul qilishdi.

Qonun loyihasida “balog’at yoshiga etmagan” (18 yoshga to’lmagan), “jinsiy huquq” (jinsiy aloqa huquqi), “jinsiy salomatlik” (jinsiy aloqaga bog’liq bo’lgan jismoniy, hissiy va ruhiy salomatlik), “jinsiy ta’lim berish” (xavfli jinsiy xulq tarqalishini kamaytirishga bog’liq bilim berish), “jins kletkalari” (erkakning jinsiy urug’i bilan ayolning jinsiy kletkalari), “surrogat ona” (kelishuv bo’yicha bola tug’ib berish) va “surrogat onalik kelishuvi” (kelishuv bo’yicha bola tug’ib berishga rozi bo’lgan ona bilan bolali bo’lgisi kelgan odamlar o’rtasidagi kelishuv) degan atamalar kiritilgan.

Balog’at yoshiga etmaganlarga jinsiy bilim berish uchun ta’lim tizimida kadrlar va o’quv dasturlarini tayyorlash rejalashtirilgan.

Jinsiy ta’limni yo’lga qo’yish bo’yicha taqdim qilingan yangi qonun loyihasiga ovoz berish vaqtida 105 deputat hozir bo’lgan bo’lsa, ulardan 96 deputat yangi qonun loyihasini qo’llab, 9 deputat esa qarshi ovoz berdi.

Turkiston:

G’arb olami, Qirg’izistonga bosim bera boshladi. Yevropa ittifoqi davlatlari, Qirg’izistonga demokratiya qadriyatlarini toboro o’niktirish maqsadida, juda katta mablag’lar berib keladi. “Yegan og’iz uyaladi” deganlaridek, endi ular qo’yadigan barcha talablar bilan xisoblashishga majburmiz. Ikkinchi tomonda Qirg’iz xalqi. Bular xam o’zlarining islomiy va milliy qadriyatlari asosida xukumat vakillariga bosim berishadi. Natijada G’arbning maqsadi ro’yobga oshadi. U Qirg’iz davlati ichida, xalq bilan xukumat o’rtalarida keskinliklar paydo qilish bilan bosim bermoqchi. Endi YeI Qirg’izistondan xisobot talab qiladi. U xar bir bergan evrosi uchun, komissiyalar tuzib tekshiruvlar o’tkazadi.

Bu bosimlarning xammasi uchun, Qirg’izistonni YevroOsiyo ittifoqiga a’zo bo’layotgani sabab bo’layapti. Qirg’iziston o’zi uchun shu yo’lni tanladi. Demak yuqoridagi va undan xam yomonroq yana bir qator bosimlarga xam tayyor turishi kerak.

Geylar va maktab o’quvchilari uchun jinsiy aloqalar xaqidagi o’quv programmasini kiritish masalalari, bu Qirg’iz xalqi qabul qila olmaydigan ikkita muammoli yo’nalishlar xisoblanadi. Chunki bu o’lchamlarning xar ikkisi qonuniylashtirilishi bilan, kufr olami, jamiyatimizni buzuqchilikka olib boradigan asosiy darvozalarini ochib olishga muvaffaq bo’lishadi.

Maktab programmasi orqali, erkak bolalar bilan qiz bolalarni birga, jinsiy aloqalar xaqida ta’lim olishlari, ular o’rtalaridagi oriyat nomus pardalarini bira to’la yo’qotib yuboradi. Natijada bizlarning farzandlarimiz xam, G’arb davlatlari farzandlari singari, buzuqchilikni o’zining xaq xuquqlari deb baxolay boshlashadi. Ular o’z xuquqlaridan foydalanib, bir jinslik aloqalarni urfga aylantirishadi. Bu ishda ularga G’arbning inson xuquq ximoyachilari madadkor bo’lishadi. Bu ular xoxlagan maqsadlariga olib borish uchun ishlab chiqishgan re’jalari albatta.

Geylar va lezbiyankalarni muxofaza qilish masalasi, yuqoridagi maktab ta’lim programmasining qabul qilinganiga bog’liq. Chunki geylarni muxofaza qiluvchi qonun xozir qabul qilinmay turgani bilan, maktabdagi jinsiy aloqalarga ta’luqli qonun, 96 ta deputatning bergan ovozi bilan, jogorgu kenejda tasdiqlandi. Demak bizga kirib kelayotgan G’arb buzuqchilik binosi uchun fundament quyuldi. Yaqinda o’z farzandlarimiz, buzuq buloqdan suv ichib olishib, geylar xaqidagi qonunlarni rotifikatsiya qilib berishimizni talab qilib, o’zimizga qarshi mitinglar uyushtirishsa ajablanmaymiz. Qirg’iz xalqi va uning siyosiy elitasiga eslatib o’tamiz. Sizlar vaqtinchalik, shu kunning muammolaridan o’tib olish uchun juda katta xatolar qilib kelayaptizlar. Yuqoridagi qonunning tasdiqlanishi va xalqning bu ish ustuda sukut qilish bilan o’z roziligini ifoda etishi, javobgarsizlik va kaltao’ylik xisoblanadi. Xalqimiz bu kabi iflos qonunni qabul qilgan deputatlarni muxosaba qilishi kerak edi. Ularni va ular turgan partiyalarini saylovlar oldida malomatga olib, kerak bo’lsa umuman baykot qilib bo’lsa xam o’z farzandlarimizni bu xarom xolatlardan saqlab qolishimiz kerak.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.