Yevroparlament deputatlari “Qirq jo’ra” harakatlaridan norozi

560
0

Yevroparlament deputatlariga tayanib xorijiy OAVlarining xabar qilishicha, Qirg’iziston hukumati “hamjinsbozlik targ’iboti”ga qarshi (antigey) qonun loyihasini rad qilishi va “noan’anaviy jinsiy aloqa” tarafdorlari huquqlarini himoya qilishi zarur.

“Kirk Choro” (Qirq jo’ra) faollari 17 may kuni Bishkek shahrida bir jinslilar o’rtasidagi nikoh deya tahmin qilingan “noan’anaviy jinsiy aloqa” tarafdorlari tadbiriga hujum uyushtirishdi. Xodisa joyiga etib kelgan militsiya xodimlari tadbir ishtirokchilarini ham, hujum qilgan “Qirq jo’ra” a’zolarini ham hibsga olgani, biroq jo’ralarga nisbatan hech qanday chora ko’rmay, aksincha go’yoki “noan’anaviy jinsiy aloqa” faollarini kamsitgani haqida xabarlar paydo bo’ldi.

Bo’lib o’tgan bu xodisa Yevropa parlamentining ayrim a’zolari g’azabini qo’zg’adi va ular Qirg’iziston hukumatini “noan’anaviy jinsiy aloqa” tarafdorlari huquqlarini himoya qilishni xohlamaslikda ayblab chiqishdi.

“Biz mazkur xodisa va militsiya xodimlarining haqoratomuz xatti-harakatlari batafsil tergov qilinishini, shuningdek ularning harakatlari hukumat tomonidan qattiq qoralanishini talab qilamiz”, -dedi ispaniyalik Yevroparlament deputati Betris Bekerra.

Italiyadan Yevroprlamentga saylangan boshqa bir deputat Daniele Viottining qayd etishicha, Qirg’iz jamiyatida “noan’anaviy jinsiy aloqa” tarafdorlariga nisbatan ijobiy qarash paydo bo’lishiga “hamjinsbozlik targ’ibotiga qarshi” qonun loyihasi sabab bo’lmoqda.

“Garchi Qirg’iziston parlamenti tomonidan bu qonun loyihasi qabul qilinmagan bo’lsada, u allaqachon “noan’anaviy jinsiy aloqa” tarafdorlari hayotiga salbiy ta’sir ko’rsata boshladi. Biz Qirg’iz parlamentidan qonun loyihasini bekor qilish va Qirg’izistonda gomofobiya va transfobiyaga o’rin yo’q, deb e’lon qilishini talab qilamiz”, – dedi Daniele Viotti.

Turkiston:

G’arb olami, Qirg’izistonga bosim bera boshladi. Yevropa ittifoqi davlatlari, Qirg’izistonga demokratiya qadriyatlarini toboro o’niktirish maqsadida, juda katta mablag’lar berib keladi. “Yegan og’iz uyaladi” deganlaridek, endi ular qo’yadigan barcha talablar bilan xisoblashishga majburmiz.

Ikkinchi tomonda Qirg’iz xalqi. Bular xam o’zlarining islomiy va milliy qadriyatlari asosida xukumat vakillariga bosim berishadi. Natijada G’arbning maqsadi ro’yobga oshadi. U Qirg’iz davlati ichida, xalq bilan xukumat o’rtalarida keskinliklar paydo qilish bilan bosim bermoqchi. Endi YeI Qirg’izistondan xisobot talab qiladi. U xar bir bergan evrosi uchun, komissiyalar tuzib tekshiruvlar o’tkazadi.

Bu bosimlarning xammasi uchun, Qirg’izistonni YevroOsiyo ittifoqiga a’zo bo’layotgani sabab bo’layapti. Qirg’iziston o’zi uchun shu yo’lni tanladi. Demak yuqoridagi va undan xam yomonroq yana bir qator bosimlarga xam tayyor turishi kerak.

Geylar va maktab o’quvchilari uchun jinsiy aloqalar xaqidagi o’quv programmasini kiritish masalalari, bu Qirg’iz xalqi qabul qila olmaydigan ikkita muammoli yo’nalishlar xisoblanadi. Chunki bu o’lchamlarning xar ikkisi qonuniylashtirilishi bilan, kufr olami, jamiyatimizni buzuqchilikka olib boradigan asosiy darvozalarini ochib olishga muvaffaq bo’lishadi.

Maktab programmasi orqali, erkak bolalar bilan qiz bolalarni birga, jinsiy aloqalar xaqida ta’lim olishlari, ular o’rtalaridagi oriyat nomus pardalarini bira to’la yo’qotib yuboradi. Natijada bizlarning farzandlarimiz xam, G’arb davlatlari farzandlari singari, buzuqchilikni o’zining xaq xuquqlari deb baxolay boshlashadi. Ular o’z xuquqlaridan foydalanib, bir jinslik aloqalarni urfga aylantirishadi. Bu ishda ularga G’arbning inson xuquq ximoyachilari madadkor bo’lishadi. Bu ular xoxlagan maqsadlariga olib borish uchun ishlab chiqishgan re’jalari albatta.

Geylar va lezbiyankalarni muxofaza qilish masalasi, yuqoridagi maktab ta’lim programmasining qabul qilinganiga bog’liq. Chunki geylarni muxofaza qiluvchi qonun xozir qabul qilinmay turgani bilan, maktabdagi jinsiy aloqalarga ta’luqli qonun, 96 ta deputatning bergan ovozi bilan, jogorgu kenejda tasdiqlandi. Demak bizga kirib kelayotgan G’arb buzuqchilik binosi uchun fundament quyuldi. Yaqinda o’z farzandlarimiz, buzuq buloqdan suv ichib olishib, geylar xaqidagi qonunlarni rotifikatsiya qilib berishimizni talab qilib, o’zimizga qarshi mitinglar uyushtirishsa ajablanmaymiz.

Qirg’iz xalqi va uning siyosiy elitasiga eslatib o’tamiz. Sizlar vaqtinchalik, shu kunning muammolaridan o’tib olish uchun juda katta xatolar qilib kelayaptizlar. Yuqoridagi qonunning tasdiqlanishi va xalqning bu ish ustuda sukut qilish bilan o’z roziligini ifoda etishi, javobgarsizlik va kaltao’ylik xisoblanadi. Xalqimiz bu kabi iflos qonunni qabul qilgan deputatlarni muxosaba qilishi kerak edi. Ularni va ular turgan partiyalarini saylovlar oldida malomatga olib, kerak bo’lsa umuman baykot qilib bo’lsa xam o’z farzandlarimizni bu xarom xolatlardan saqlab qolishimiz kerak.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.