Rossiya prezidenti Vladimir Putin Amerika xalqi saylagan har qanday yangi prezident bilan hamkorlikda ish yuritishga tayyor ekanligini bildirdi. Chunki Putinning qayd etishicha, Moskva va Voshington o’rtasida o’zaro kun tartibiga kiritilgan masalalar mavjud.
Prezident Putin Rossiyaning “Vesti” telekanaliga bergan intervyusida kelgusi yilda AQShda o’tkaziladigan prezidentlik sayloviga doir berilgan savolga javob berar ekan, “Bu savolga an’anaviy tarzda javob beradigan bo’lsam, Amerika xalqi saylagan har qanday prezident bilan hamkorlikda faoliyat olib boramiz. Chunki biz shaxslar bilan emas, dunyoning buyuk va ta’sir kuchiga ega davlatlaridan biri bilan hamkorlik qilmoqdamiz”, deya qayd etdi.
AQSh bilan Rossiya o’rtasida ba’zi xalqaro mavzularda, hususan Raketa mudofaa tizimi mavzusida ixtilofli ko’zqarashlar mavjudligini eslatib o’tgan Putin shunday bo’lsa-da ikki davlat o’rtasidagi aloqarni dovom ettirishga tayyor ekanligini ta’kidladi.
“Bizning hamkorlik qilishimizni lozim qilgan narsa shuki, bu erda kun taribiga qo’yilgan mushtarak masalalar bor. Amerika xalqi saylagan har qanday prezident bilan hamkorlik qilishga tayyormiz”, dedi Rossiya prezidenti.
Putin Rossiyaning Eronga S-300 rusumli uzoq masofali havo mudofaa tizimlarini topshiradigan bo’lsa, Isroil ham Ukrainaga Qurol-aslaha yuborishi borasidagi da’volarga oid savolga “Bu ularning tanlovi. Ammo bunday qiladi deb o’ylamayman. Bizning Eronga beradiganlarimizga to’xtaladigan bo’lsak, ular faqatgina mudofaa qurollaridir. Bu esa Isroilning mudofaalanishiga zarar keltirmaydi”, deya javob berdi.