Unda keltirilgan xabarga ko’ra, “Birlashgan oppozitsion harakati” raisi Kubanchbek Kadrov va Bektur Asanovning 11-aprel Jalal-Abad shahrida o’tkazgan qurultoyi «pozor» bo’lgan. Ba’zi guvohlarning bildirishicha, unda BOHchilar emas, Өmүrbek Tekebaev etaklagan «Ata Meken» partiyasi sharmanda bo’lgan.
Eshitishimizcha, Өmүrbek Chirkeshovich safdoshi Bolot Sher orqali Asanovga ko’mak ko’rsatgan. Nima bo’lgan taqdirda xam, Kodirov boshida turgan oppozitsiyaning qodir-obro’si “qaytish” bo’lganini ko’rdik. Ulardan ko’ra Motuev ko’proq kishi to’plar edi,”- deya yozadi INTER.KG
Turkiston:
Qirg’izistonda ikki marotaba bo’lib o’tgan, ularning ta’biri bilan aytganda xalq inqilobi. Aslida faqat davlat almashishi edi xolos. Buni o’sha vaqtdan xozirgacha bir xil uslub va deyarli bir xil kadrlar bilan ishlab kelayotgan davlat strukturasidan ko’rib olish mushkul emas.
Lekin bu qalbaki inqiloblardan ko’zlanayotgan maqsadlar nimalardan iborat? Mana shu savolning javobi o’ta ma’noli bo’lishi mumkin.
Bu qandaydir ma’noda 2005 yildagi Andijon voqe’alarini eslatadi. o’shanda Karimov, o’sha vaqtlarda AQSh boshchiligidagi G’arb sistemasi tomonidan tayorlab kelinayotgan rangli inqilobiy xarakatlardan ogox bo’lib, uni Andijon voqe’alarini sun’iy paydo qilish bilan bartaraf etgan edi. Qirg’izistondagi ikki marotaba bo’lib o’tgan davlat ag’darilishlari, Rossiya tomonidan qandaydir ma’noda AQShning G’arb dunyoqarashidan kelib chiqqan qadriyatlar asosida tayorlab borilayotgan inqilobiy xarakatlarini puchga chiqarish maqsadini ko’zlab qilingan. Bu safar xam Qirg’iziston yana o’ta xavfli xolatga yaqinlashib bormoqda.
Qirg’izistonda bo’lib o’tgan davlat almashtirish ishlari, xalqda keyingi etakchilardan umid paydo qiladi. Shu umid ularga, bir necha yillar xalqni tinch ushlab turish imkonini beradi. Ularning qalbaki inqiloblar uyushtirishdan asosiy maqsadlari xam shundan iborat. Ya’ni xalqni vaqtincha bo’lsa xam, G’arb yoki Islom dunyoqarashlari tomon og’ib ketishini oldini olib qolish.
Qalbaki inqiloblarni bildik, xaqiqiy inqilob qanday bo’ladi?
Xaqiqiy inqilob, mavjud boshqaruv sistemasini tag tomiri bilan ya’ni aqidasidan kelib chiqqan mafkurasi va shu mafkuraga asoslanib boshqarib kelayotgan butun boshqaruv sistemasining boshqa asosdagi sistema bilan almashtirish uchun amalga oshirilgan xalqning xoxishiga aytiladi. Eronda, Gruziyada, Ukrainada… amalga oshirilgan, xozirda Qirg’izistonda amalga oshirish uchun tayorlab kelinayotgan inqiloblarning barchasi qalbaki inqiloblar xisoblanadi. Ularning barchasi xalqaro sistema ichidagi qandaydir kuchlarning manfaatlarining almashishidan kelib chiqqan, bir sistema ichidagi kelishmovchiliklar yoki manfaatlar talashishlarning oqibatlari. Lekin kufr olamining vaxshiy etakchilari, shu arzimas manfaatlari yo’lida millionlagan begunox odamlarni qurbon qilib yuborishadi.
Qirg’izistonda xam, xuddi xukumatga aloqador siyosatchilar singari, muxoliforchi siyosatchilar xam ikkiga bo’linib borishayapti. AQShparast va Rossiyaparast muxolifotchilar bo’lib. Albatta xozirgi vaziyatda ular o’z dunyoqarashlari va o’zlari tobe’ bo’lgan taraflarni ochiq e’lon qilishmaydi. Lekin ularning xarakatlaridan buni anglab olish mumkin. Rossiya yana AQShni dovda qoldirishga xarakat qiladi. U o’ziga qarashli muxolifotchi kuchlarni ruslarga xos palaman partish xarakatga sola boshladi. Xozirgi vaziyatda Takabaev bu muxolifotchilarga boshchilik qilishi mumkin. Lekin endi ularning nayranglarini amalga oshirish o’ta qiyin bo’ladi.
AQSh esa, Qirg’iz xukumatini, Islom mafkurasi etakchilaridan tozalab berishga majburlashda davom etayapti. U Rossiyaning yasama to’palonlaridan ko’ra kattaroq xarakatlarni tayorlayapti. U Qirg’izistondan, o’z dunyoqarashi va maxfiy iflos fikrlari (millatchilik, diniy ayirmachilik) bilan xalqni chalg’itish xarakatlariga to’siq bo’lishi mumkin bo’lgan islomiy xarakatlar va etakchilarni jamiyatdan chetlatib berishini talab qilyapti. Qirg’iz xukumati esa, xuddi o’zi o’tirgan shoxni tagidan kesayotgan axmoq odam singari, AQSh va Rossiyaning talablarini birin ketin bajarib berishga kirishib borayapti..
Abdurazzoq