Davlat bilan hamkorlik qilmaganligi uchun 9 yilga qamaldi

481
0

Kommunist Xitoy hukumati uyg’ur musulmonlariga qarshi amalga oshirayotgan zulmlarining oxiri ko’rinmayapti. Xitoy mahkamasi Sharqiy Turkistonda istiqomat qilib kelgan Islom olimi 55 yoshli Qambar domlani uzoq yilga qamoq jazosiga hukm qildi. Qambar domla bilan birga sudga tortilganlar ham turli yilga qamoq jazosiga hukm qilindi.

Tafsir, fiqh va hadis ilmlarini puxta egallagan Qambar domla va u kishining “jinoyat”da sheriklari jamiyatdagi musulmonlar ustidan josuslik qilishni rad qilganligi va uyg’ur musulmonlarini qirg’in qilishda hukumat kuchlari bilan hamkorlik qilishni qabul qilmaganligi uchun xalq dushmani sifatida qamoqqa tashlandi. Qambar domla xaqni gapirish va musulmonlarni birlik, xamjihatlik va Islomiy birodarlikka da’vat qilish bilan jamiyatda hurmat qozongan kishi ekanligi aytilmoqda.

Markazi Shvetsiyada joylashgan “Sharqiy Turkiston” axborot agentligi tarqatgan xabarga ko’ra, Xitoy mahkamasi Qambar domla bilan birgalikda 16 kishi ustidan sud qarorini e’lon qilgan. Ular “Diniy ekstrimizmga qarshi turish faoliyatiga ishtirok etishni rad etdi”, degan ayb bilan turli qamoq jazolariga hukm qilindi. Mahkama qaroriga ko’ra, Islom olimi Qambar domla 9 yilga va domla bilan birga sudga tortilganlar ham turli uzoq yillarga qamoq jazosiga hukm qilingan.

Bundan biroz vaqt o’tib Sharqiy Turkistonning Qashqar shahrida ko’rilgan sud ishida esa 38 yoshli bir musulmon “Soqolini o’stirib tinchsizlik yaratganligi” sababli 6 yilga qamoq jazosiga hukm qilindi. Uning ayoli hijob kiyib yurganligi uchun 2,5 yilga qamaldi. Bu haqida Xitoyda chiqadigan “China Youth Daily” gazetasi xabar tarqatdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.