Ikkiyoqlama siyosat…mi?

513
0

Qirg’iziston hukumati va kuch organlari tomonidan so’nggi vaqtlarda ilgari surilayotgan islomiy tahdid va Qirg’iziston fuqarolarini Suriya, Iroq va Afg’onistonga chiqib ketishi va u erlarda harbiy tayyorgarlikdan o’tgach qo’poruvchilik harakatlarini sodir etish maqsadida ortga qaytayotganlari vahimasi Qirg’izistonning rasmiy ommaviy axborotlari orqali tarqatish va yanada bo’rttirib ko’rsatilishi odatiy holga aylanib qoldi.

Kuch organlari mamlakatning goh u erida, goh bu erida terroristlar qo’lga olingani, tintuv vaqtida o’q otar qurol va portlovchi moddalar topilgani haqida deyarli to’xtovsiz ma’lumotlar berib kelishayotgan bir vaqtda “Ozodlik” radiosining qirg’iz xizmati Lugansk xalq respublikasi ayrimachilari tomonida jang qilgan va maxlum muddatdan so’ng ortga qaytgan Qirg’iziston fuqarosi bilan intervyuni e’lon qildi.

Manasning (ismi o’zgartirilgan) aytishicha, Lugansk xalq respublikasi deb nomlangan hududda 17 nafar qirg’izistonlik harbiy amaliyotlarda ishtirok etmoqda. Uning o’zi ham 27 bor harbiy amaliyotlarda ishtirok etgani va keyinchalik umidlari puchga chiqqach ortga qaytganini aytib o’tdi.

Qirg’iziston fuqarolarini rossiyaparast ayrimachilar safida jang qilayotganligi haqidagi mazkur xabar birinchisi emas. Avvalroq, 2015 yilning 10 fevral kuni kazak atamanining sobiq yordamchisi Igor Trofimov “AKIpress”ga Ukraina sharqidagi ayrimachilar safida 20 nafar qirg’izistonlik ko’ngillilar jang qilayotganini xabar qilgan edi. Ammo Qirg’iziston Milliy xavfsizlik davlat qo’mitasi (MXDQ) bunday ma’lumotlarga ega emasligi haqida xabar qilgan edi.

Shu o’rinda erda tabiiy savol tug’iladi. Nima uchun rasmiy hukumat “islomiy tahdid” yoki Suriyaga chiqib ketayotganlar to’g’risida tinmay xabar tarqatmoqda-yu, rasmiy Ukraina hukumatiga qarshi rossiyaparast kuchlar safida jang qilayotgan fuqarolariga panja ortidan qaramoqda? Holbuki har ikki holatda ham qirg’iz fuqarolari qo’da qurol bilan jang qilmoqda va tabiiyki o’z navbatida harbiy maxoratlarini ham oshirib borishmoqda.

Qirg’iziston rasmiy hukumatini rossiyaparast ayrimachilar safida jang qilayotgan o’z fuqarolarini sezmaslikka va buni jamoatchilikka oshkor qilinmaslikka intilishiga Rossiya bilan ittifoqdoshligi yoki buni vahima qilib ko’targani bilan hech kim moddiy yordam ko’rsatmasligi sabab bo’lmoqdami?

Bundan farqli ravishda Islom tahdidi qanchalik ko’p vahimali qilib ko’rsatilsa, Rossiya, Xitoy, AQSh va Yevropa davlatlaridan shuncha ko’proq yordam olish va bu orqali iqtisodda vujudga kelgan yirtiqqa yamoq solish imkoni poydo bo’lishi mumkin bo’lganligidan ham rasmiy hukumat asosiy e’tiborini Islom va musulmonlarga qarshi kurashga qaratmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.