Asadning do’sti Suriyadan so’ng Turkiyada

458
0

Suriya ziyoratidan so’ng Istambulga kelgan BMTning Suriya masalasi bo’yicha vakili De Mistura Suriya milliy koalitsiyasining rahbari Xolid Xoja bilan uchrashdi. Uchrashuvda Xolid Xo’ja BMTning rejasi faqat Halabni emas, balki barcha mintaqani o’z ichiga olishi lozimligini bildirdi.

Xolid Xojaning ta’kidlashicha, Halabda yuz berayotgan hujumlarning to’xtatilishiga doir har qanday xalqaro yoki mintaqaviy tashabbuslar Jeneva bitimiga mos kelishi lozim. Aks holda aslo muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Xolid Xoja so’zi davomida Asad rejimi bilan muxolifat o’rtasida Qohira va Moskvada o’tkazilgan uchrashuvlarga ishora qilib o’tdi.

Suriya milliy koalitsiyasining rahbariga ko’ra, olg’a surilayotgan tashabbuslar yangi-yangi o’limlarga sabab bo’layotgan hujumlarni to’xtatishni ko’zda tutishi hamda xalqaro qarorlarga muvofiq kelishi lozimdir.

“Bu tashabbus keng istqbolli bir echimni o’z ichiga olishi va Suriyaning barcha mintaqalarini qamrab olishi darkor. Shu nuqtai nazarga ko’ra, tashabbus xalqaro qarorlarga muvofiq bo’lishi lozimdir. Jeneva bitimi bilan murosaga kelmagan har qanday xalqaro yoki mintaqaviy tashabbuslar muvaffaqiyatga erisha olmaydi”, dedi Suriya muxolifatining rahbari Xolid Xoja.

BMTning Suriya masalasi bo’yicha vakili De Mistura Istambulga kelishidan avval Suriya rejimini 6 hafta Halabni havodan hujumga tutmaslikka ko’ndirish uchun Suriyaga borgan edi.

De Mistura Suriyada turgan paytida 6 oy Halabni havodan bombalamaslikka Asadni ko’ndirganligini bildirdi. Ammo bu qaror qachon kuchga kirishi haligacha noma’lum.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.