Qirg’iziston hukumati Islom qadriyatlariga qarshi “milliy mafkura” ni ilgari sura boshladi

585
0

Turkiston:

So’nggi vaqtlarda qirg’iz matbuoti Qirg’iz milliy qadriyatlariga bo’lgan e’tiborni kuchaytirib yubordi. Bu prezident Atambaevning 2014 yil nihoyasiga bag’ishlanib o’tkazilgan xavfsizlik tizimida so’zlagan nutqiga asoslanib olib borilayotgani, aytilmoqda.

Qirg’iziston hukumati uchunchi kuchlar ta’siri ostida ilgarigi O’zbek hukumati bosib o’tgan yo’nalish bo’yicha bormoqchi. Milliy mafkurani ilgari surib dindan yiroq, millatchilik tuyg’ulari o’tkir bo’lgan fuqorolarni qo’llash orqali, ularni Islom diniga, uning aqida va qadriyatlariga qarshi yo’naltirmoqchi. Demak, O’zbekistonda uyushtirilgan 1999 yil 16 fevral voqeasi kabi, maxsus uyushtirilgan qo’poruvchilik amaliyoti ham amalga oshirilishi mumkin. Negaki o’sha vaqtda O’zbekistonga maslaxatchilik qilgan quvvatlar (uchunchi kuchlar) endilikda Qirg’izistonni ham shu yo’nalish tomon tortmoqda. Faqat maqsadlari boshqa bo’lishi mumkin. O’zbekistonda diktatura o’rnatish bo’lgan bo’lsa, Qirg’izistonda aksincha, beqarorlik paydo qilishni qasd qilishayotgan ko’rinadi.

Televideniya orqali qirg’iz yigitlari, “haqiqiy yigit o’z millati qadriyatlarini hamma narsadan ustun qo’yishi lozim”, “arab va boshqa millatlardan kelayotgan kiyinish madaniyatlarini inkor qilamiz”, “faqat qirg’iz milliy qadriyatlarini tan olishimiz kerak”, kabi ma’nolarda masalalarni ko’tarib, keng maslaxat va baxs mavzulari uyushtirilmoqda.

Shu o’rinda tabiiy savol tug’iladi,

Qirg’izistonning deyarli yarmini tashkil etuvchi boshqa millat vakillari ham o’zlarini haqiqiy er sanashsa, ular ham o’z milliy qadriyatlari uchun kurashishlari kerak emasmi? Qirg’iziston fuqorosi bo’lgan, davlat farovonligi yo’lida qirg’iz millati qatori o’z xissasini qo’shgan boshqa millat vakillari qaysi mafkura asosida yashashlari kerak? Ular o’z millatlaridan voz kechib, millatini qirg’iz qilib olishsinmi? Unda ularning yuqorida aytilgan haqiqiy erkakliklari qaerda qoladi?

Boshqa millatlar ham o’z millatining qadr-qiymatini ko’tarish sari harakatlar uyushtirishsa, 2010 yilda bo’lganidek milliy to’qnashuvlar bo’lishi muqarrar. Qirg’iz milliy mafkurasini ilgari surayotgan milliy elita vakillari yoki shu milliy yo’nalishlarga yo’l ochib berib, o’zi ham o’sha millatchilardan ta’sirlangan

Qirg’iziston hukumati bu savollarga javob berishi kerak. Qirg’iz hukumati bu savollarga javob bera olmaydi. Chunki millatchilik mafkurasi faqat bir millat uchun xizmat qiladi, xolos. U boshqa millatlar ustidan muayyan bir millatni ustun qo’yish, qolganlarni unga tobe qilish va kamsitish asosida ishlay oladi, xolos. Shuning uchun Hizb ut-Tahrirning “Islom nizomi” kitobida millatchilik robitasi (odamlarni o’zaro bog’lab turuvchi vosita) haqida, “ millatchilik faqat boshqa millat yoki urug’lar ustidan hukmronlikka yo’naltiruvchi buzuq va doimo urushlar keltirib chiqaruvchi robita”, deyilgan.

Demokratik aqidaga asoslangan Qirg’iziston davlati uchun milliy robita (bog’lovchi) nega kerak bo’lib qoldi?

Qirg’iz siyosiy elitasi 2010 yilgi Osh voqealarini keltirib chiqarishda ushbu milliy tuyg’ulardan foydalangan edi. Hukumat avval Bakievni quvib chiqarish maqsadida o’zbek milliy elitasidan foydalandi. Bu xizmatlari uchun ularga hukumat kreslolarining 30% ini va’da qilishgan edi. O’zbek elitasi o’z quvvatidan ruhlanib ketib Qirg’izistonning janubiy mintaqasidan o’zbek millati uchun avtonom viloyat ajratib berishlarini talab qila boshlganida hukumat qirg’iz milliy elitasidan foydalanib millatlararo urush keltirib chiqardi. Natijada o’zbek milliy elitasini mamlakatdan quvib chiqardi.

Hozir Qirg’iziston hukumati yana qayta o’sha qirg’iz milliy elitasini ishga solmoqchi. Bu safar Islom va musulmonlarga qarshi. Agar Qirg’iz siyosiy elitasi o’z vaqtida hushiga kelib olmasa, bu milliy mafkura yana urushga olib borishi muqarrar.

Qirg’iz millatini Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallam “millatchilik sassiq narsa, undan uzoqlashinglar”, “millatchilik qilganlar mendan emas”, degan xadislariga asososlanib, bu iflos fitnalardan ehtiyot bo’lishga chaqiramiz. Sizlardan Qirg’izistonda qanday foydalanishayotgan bo’lishsa, O’zbekistonda o’zbek millatidan, Tojikistonda tojik millatidan, Qozog’istonda qozoq millatidan xuddi shunday foydalanishmoqchi. Millatchilik mafkurasidan O’rta Osiyo davlat va millatlari o’rtalarida jarlik paydo qilish va vujudga kelgan jarlikni yanada kengaytirish uchun ishlatilmoqda. Maqsadlari o’z manfaatlariga erishish uchun milliy urushlar paydo qilish uchun qulay vaziyatlar paydo qilib olish.

Hukumat esa uchunchi kuchlar bilan birlashib hokimiyatdagi o’z o’rinlarini saqlab qolmoqchi. Ular Qirg’iziston xalqi taqdirini o’z kreslolari barobarida o’ylaganlarida edi, bu quvvatlar olib kelayotgan loyihalarning birortasiga rozi bo’lishmagan bo’lar edi.

Islom va musulmonlar uchunchi kuchlar uchun qanday to’siq va muammolar paydo qila oladilar

O’rta Osiyoda juda katta obro’ga ega bo’lgan Shayx ul-Islom Roshod qori Kamolovni qamoqqa olinishi, Hizb ut-Tahrir yigitlarini ta’qib ostiga olinishlarining barchasidan, hozirda ilgari surilayotgan milliy mafkura uchun yo’l ochish maqsadi ko’zlangani aniq. Islom va haqiqiy musulmonlar millatchilik kabi iflos mafkurani qabul qilib, dunyoyu oxirati manfaatlaridan voz kechishdan ko’ra, har qanday tazyiqlar ostida bo’lsa ham iymonini salomat saqlab qolishni afzal bilishadi.

Yuqoridagi yigitlar inshaAlloh o’shalar turkumidan. Biz 1998 yildan buyon O’zbekiston jallodi Karimov rejimining juda qattiq tazyiqlari ham ularni dinlaridan qaytarib, o’zbek millatchilariga aylantira olmaganiga guvohmiz. Karimov o’z milliy mafkurasini Islom mafkurasiga qarshi qo’ygan urushda mutloq mag’lub bo’ldi. Uning ortida ham ayni vaqtda qirg’iz rejimi ortida turgan kufr sistemasi turgan edi. Qirg’iziston ham Karimovdan oshira olmaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.