AQShdan O’zbekistonga harbiy ko’mak

635
0

AQSh davlat kotibining Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha yordamchisining o’rinbosari Daniel Rozenblumning “Amerika Ovozi” o’zbek xizmatiga ma’lum qilishicha, AQSh O’zbekistonga 308 dona M-ATV rusumidagi zirhli mashina va boshqa turdagi 20 dona remont-evakuatsiya mashinasini taqdim qiladi (yangiligida har bir MRAP 1 million dollar, remont-evakuatsiya mashinasi esa 2 million dollar turadi)

Rozenblumning so’zlariga ko’ra, O’zbekiston ulardan terrorizm va qoradori savdosiga qarshi kurashda foydalanadi. Bu texnikalar O’zbekiston Mudofaa vazirligiga topshiriladi va bu mashinalarni faqat shu vazirlik ishlatishi shart.

“Ular mudofaa bilan bog’liq texnika. O’ldirish quroli emas. Portlovchi moddalar va minalar bo’lishi mumkin bo’lgan joylarda harbiylar, ishchi va yo’lovchilar hayotini saqlash uchun qo’llaniladi. Aynan shularni nazarda tutgan holda, ya’ni terrorizm va narkotrafikka qarshi kurash yo’lida ularni O’zbekistonga berishni ma’qul topdik”, – dedi Rozenblum.

Rasmiy vakilning bildirishicha, “Qo’shma Shtatlar qurolli kuchlariga keraksiz deb topilgan vositalar maxsus dastur orqali hamkor davlatlarga hadya qilinadi. Lekin bu uzun va murakkab jarayon. Chunki avvalo Amerika bu vositalarga muhtoj emasligi aniqlanadi, keyin boshqa davlatga nima uchun zarurligi ko’rib chiqiladi, tahdid va mintaqaviy muvozanat masalasini o’rganib chiqamiz. Ana undan keyingina biror qarorga kelinadi”.

Yetkazib berish boshlangan muddat va mazkur texnikalar qaerdan olib kelinayotgani to’g’risidagi savolga javob bergan Rozenblum “O’tgan dekabrdan etkaza boshladik. Bir necha oy vaqt ketadi. Amerika harbiylariga kerak bo’lmagan jihoz qay holda va qaerda bo’lsa, shundayligicha uzatiladi. Bu yordamning sharti shu. Vosita qanday bo’lsa, shunday beramiz. Albatta ishlatishga yaroqli bo’lishi kerak. Mashinalar turli joylarda turgan bo’lishi mumkin. Birortasi Afg’onistondan kelmayapti. Bilaman, ayrimlar shunday deb o’ylaydi. Bu texnika Afg’onistondan olib chiqilmayapti”. – dedi.

Turkiston:

Joriy yilning boshida Qirg’iziston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati vakili Azamat Duyshenbekov Rossiya Qirg’izistonga harbiy texnikalar etkazib berishni boshlagani haqida xabar qilgan va 2014 yilda eskirgan qurol-yaroqlarni qayta ishlash uchun asbo-uskunalar olingan bo’lsa, 2015 yilda artilleriya qurollari, harbiy texnikalar uchun ehtiyot qismlar, poligon uskunalari va boshqa narsalar etkazib berish boshlanganini ma’lum qilgan edi.

Duyshenbekovning mazkur bayonotidan o’n kundan oshiqroq vaqt o’tganidan so’ng AQSh O’zbekistonga harbiy texnikalar etkazib berishni boshlagani to’g’risidagi xabar paydo bo’ldi. Bu esa Markaziy Osiyoda o’z nufuzini saqlab qolish uchun AQSh va Rossiya bu ikki respublikadan o’z manfaatlari yo’lida foydalanishga qattiq intilishayotganidan darak beradi.

Chunki harbiy texnikalar olib kirilganidan so’ng ularga texnik xizmat ko’rsatish, ulardan foydalanishni o’rgatish uchun harbiy mutaxassislar bo’lishi zarur. Bu esa garchi O’zbekiston hukumati o’z hududida hech qanday xorijiy bazalar bo’lmasligi to’g’risida bayonot berayotgan bo’lsada, amalda shunday baza paydo bo’lishiga imkoniyat paydo qilib beradi. Bundan tashqari O’zbekiston hukumati Afg’onistondan olib chiqilayotgan harbiy texnikalarni kattagina qismiga ham ko’z tikib turipti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.