Qirg’iziston hukumati korruptsiyaning oldini olishga harakat qilayotgan bir paytda korruptsionerlar qaroqchilar bilan birga xalqni to’nashni boshladi

436
0

2014 yilning 27 dekabr kuni soat 10:00 da O’sh xalqaro aeroportining kutish zaliga hukumat xodimlariga tegishli hujjatlar bilan 5 nafar maxsus xizmat xodimlari bostirib kirishdi. Huquq tartibot xodimlarining “Kabarlar.org” saytida chop etilgan bayonotiga ko’ra, ularning birini qo’lida pistolet, birida videokamera, qolganlarida esa “Kalashnikov” avtomatlari bo’lgan. Bosqinchilarning barchasining ustida “spetsnaz” yozuvli maxsus qora kiyim bo’lgan. Maxsus guruh bojxona xizmati, chegarachilar va xavfsizlik xodimlarining tekshiruv punktlaridan bemalol o’tib borishgan. Ular avvalida “maxsus tekshiruv amaliyoti borayapti”, deb tegishli hujjatlar bilan kirib borishgan. Chunki yuqoridagi tuzilma bo’limlari bu zalga hujjatsiz birorta odamni kiritishlari mumkin emas. Ahamiyatli joyi shundaki, bu tuzilmalarning birortasi amaliyot tugaguncha birorta maxsus kuchlarga xabar qilmagan. Demak ular hukumat tomonidan maxsus topshiriq va tegishli hujjatlar bilan kirib borishgan. Aks holda ularni qo’yib yuborgan barcha kuch tuzilmalari qaroqchilar bilan hamkorlikda ayblanib (hech bo’lmaganda loqaydliklari yoki beparvoliklari tufayli) javobgarchilikka tortilishlari kerak edi. Lekin bunday bo’lgani yo’q. Bundan kelib chiqadiki, maxsus guruh amaliyoti hukumat tomonidan maxsus tayin qilingan, so’ng kutilmaganda 20 million dollardan ziyod pul chiqib qolishi bilan maxsus operatsiyasi qaroqchilar hujumi bilan almashtirib qo’yilgan.

Bu kabi qaroqchilik amaliyotlari Qirg’izistonda birinchi bor sodir bo’layotgani yo’q. Hatto bir necha marotaba fuqarolarni o’ldirish bilan ham to’nashlar amalga oshirildi. Ularning deyarli barchasi yo’lda yoki aeroport tashqarisida sodir etildi. Ammo yuqoridagi amaliyot hukumat vakillarining ishtirokisiz amalga oshirilishi mumkin emas. Bu esa barcha yuzi ochilmay kelayotgan to’nashlarda nufuzli xodimlar turganini anglatadi. Hatto bir safar aeroport tashqarisida ro’y bo’rgan to’nash chog’ida jabrlanuvchilar tomonidan jinoyatchilardan biri ushlab berildi. Ammo qo’lga olinga shaxsni tergov qilish davomida uning sheriklari militsiya xodimlari yoki ularning farzandlariga kelib taqala boshladi. Shundan so’ng bu ish ham ochilmagan jinoyatlar qatoridan o’rin oldi.

Ishlab chiqarishlar to’xtagan, zavod va fabrikalar abgor holga kelgan bugungi sharoitda Qirg’iziston YaIM (yalpi ichki maxsuloti)ning ayni shu savdogarlar bilan o’sib kelayotganini hisobga olsak, bu to’nash amaliyotlari faqat hiyonatkor to’da tomonidan amalga oshirib kelinayotgani oydinlashadi. Bu to’da albatta o’z amaliyotlarini kuchli va nufuzli hukumat xodimlarining qo’llovisiz amalga oshira olmaydi. Ularning jinoyatlari ochilmayotganidan bu ishlarda aynan kuch tuzilmasidagi nufuzli shaxslar borligini anglab olish qiyin emas. Yana bu mafiyalashgan guruh Qirg’izistonning mavjud etakchiligiga qarshi quvvatlardan tuzilgan. Negaki, ular atayin yo’l ochib berib kelayotgan qaroqchilik amaliyotlari Qirg’izistonga kirib kelayotgan investorlarni qo’rqitish bilan bir qatorda, Qirg’iziston fuqorolarini ham o’z mablag’larini tashqariga olib chiqib ketishga majbur qiladi. Chunki kuchsiz, o’z fuqorolarini himoya qila olmaydigan hukumat ostida o’z mablag’larini ushlab turishga investorlarni hech kim majbur qila olmaydi. Demak bu mafiyaning siyosiy maqsadlari ham bo’lishi mumkin.

Qirg’izistonda faoliyat olib borayotgan Hizb ut-Tahrir prezident Atambaevga quyidagilarni eslatib o’tadi:

Har bir jazosiz qolayotgan jinoyat boshqa yangi jinoyatlar sodir etilishi uchun keng sharoitlar yaratib beradi. Siz o’zingiz ishonchli deb bilgan shaxslarga qattiq ishonib, ularni xalqqa zulm olib kelayotgan asosiy zolimlarga aylanib qolishlariga sharoit yaratib berdingiz. Ular millatchilik vahimasini asos qilib bir necha yillar davomida o’zbek millatiga mansub fuqarolarni talon-taroj qilishdi va qilishmoqda. Shunday manfur jinoyatlarni sodir etib qo’lga olingan shaxslar yoki qo’lga olinmagan bo’lsa-da qilmishlari oshkor bo’lganlarning deyarli barchasi yana davlat apparatlarida ishlashyapti. Bugunga kelib musulmonlarga qarshi kampaniya boshlanishi ortidan musulmonlarni nishonga olishdi. Ular endi odam qoniga o’rganib qolgan akulalar singari savdogarlarni to’nashni boshlashdi. Siz fuqarolarni fikran yo’naltirayotganingizda yoki qonunlar qabul qilayotganingizda ehtiyot bo’lmasangiz, ularning qabih ishlariga bilmagan holda yordam berib qo’yayotgan bo’lasiz.

Sizni Qirg’izistondagi vaziyat, fuqarolarining ahvoli, iqtisodiy holati va ularning ustilaridagi har xil zulmlar befarq qoldirmaydi degan umiddamiz. Jinoyatlarning deyarli barchasi sizning qo’l ostingizdagi shaxslarning ishtiroki yoki sukuti ostida sodir bo’layapti. Ular olib borayotgan bu – yumshoq qilib aytganda – beparvo siyosat, Qirg’izistonning tub manfaatlariga katta ziyon olib keladi. Siz korruptsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishni talab qilayotgan bir vaziyatda yuqoridagi qaroqchi mafiya kun sayin rivojlanib boryapti.

Ey, Qirg’iziston fuqorolari!

Hizb ut-Tahrir Siz musulmon birodarlarga shuni aytadiki, biz yuqoridagi kabi nopok ishlardan yiroqmiz. Lekin mavjud qonun bizlarni xali amalga oshirmagan ishlar bilan ayblab, bir kun kelib ular hukumatni qo’lga olishlari mumkin, deb g’oyibona sud qilish orqali Hizbga nisbatan “ekstremistik guruh” deya hukm chiqarishdi.

Hizb ut-Tahrir hech qachon o’z manfaatlarini himoya qilishni xalqning tub manfaatlarini himoya qilishdan ustun qo’ymaydi. Chunki u Qirg’iz hukumatini o’zi uchun dushman bo’la oladigan quvvat deb bilmaydi. Balki, bu kabi hokimiyatlar faqat xalqaro siyosiy quvvatlarning bosimi ostida ish ko’rishga majbur bechora davlatlar deb e’tibor qiladi. Boshqa tomondan, Qirg’iziston (majol emas) Xalifalik davlatini qurish uchun noloyiq o’lka degan e’tibor bilan hokimiyatni talab qilish ishlarini olib bormaydi.

Shuning uchun Hizb o’z ruhiy va vujudiy xususiyatidan kelib chiqib, Ummatning tub manfaatlarini himoya qilishga qattiq kirishadi. Allohning roziligi yo’lida olib borayotgan bu harakatlari ortidan nosog’lom quvvatlar tomonidan kelayotgan har xil tuhmat, bo’xton va zulmlarni pisand qilmaydi va ular bilan g’arazli kurashlarga kirishmaydi. Hizb har qanday siyosiy ishlarni faqat Ummatning tub manfaatlarini himoya qilish uchun amalga oshiradi. Xatto bizlarga zulm qilayotgan kuchlarga to’g’ri maslaxat berish orqali fuqarolarning manfaati yo’lida hamkorlik va ularni muxosaba qilishni o’zimiz uchun vojib deb bilamiz.

Hizb ut-Tahrirning Qirg’izistondagi matbuot bo’limi raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.