Olland Xalqaro hamjamiyatni Suriya masalasida beparvolikda aybladi

456
0

Frantsiya prezidenti Fransua Olland Xalqaro hamjamiyatni Suriyadagi o’zgarishlar borasida o’z vaqtida harakatga kirishmaganlikda aybladi. Olland Xalqaro hamjamiyatning Suriya masalasiga nisbatan e’tiborsizligi o’ta qayg’uli ekanligini ta’kidlar ekan, Frantsiya “terror”ga qarshi kurashda qarori qat’iy ekanligini bildirdi.

Sharl de Goll nomli uchoq tashuvchi kemada (avianosetsda) armiyaning yangi yilini qutlagan Olland Iroqda IShID tashkilotiga qarshi havodan hujum kuchaygan holda davom etishi haqida qaror qabul qilganligini bildirdi.

Olland O’rta Sharqda amalga oshirilgan bitimlar avianosets Sharl de Gollning ushbu mintaqada mavjud bo’lishi lozimligini yana bir bor isbotlaganligini urg’uladi. Unga ko’ra, bu jangovor kema soyasida Frantsiya Iroqdagi amaliyotlarini davom ettiradi.

Shuningdek Olland Frantsiya armiyasining ehtiyojini qoplash uchun barcha chora tadbirlarni ko’rishini qayd etdi.

“Mudofaa vaziri Jan-Iv Le Driandan mudofaa sarf-xarajatlari bilan bog’liq o’zgarishlarni shu hafta ichida menga ma’lum qilishni talab qildim”, dedi Frantsiya prezidenti.

Ollandning bildirishicha, Xalqaro xavfsizlik kengashi kelgusi hafta chorshanba kuni ayni mavzu ustida yig’ilish o’tkazadi. U mudofaa sarf-xarajatlari uchun avval so’z berganidek, armiyaga 31,4 milliard evro ajratishini qayd etdi.

Olland Birlashgan millatlar tashkilotining qarorlari ortidan Frantsiyaning Markaziy Afrikadagi kuchlarini kamaytirishini ham aytib o’tdi.

Frantsiya 12 kishining o’limiga sabab bo’lgan Charlie Hebdo tahririyatiga uyushtirilgan hujumdan so’ng Iroqqa hujum boshlash uchun O’rta Sharqqa uchoq kemasi (avianosets) yuborish haqida qaror qabul qilgan.

Turkiston:

Frantsiya AQShning 11 sentyabr voqeasi stsenariysini qaytalamoqchi. Bu unga faqat AQSh yordam bersagina muvoffaqqiyatli amalga oshadi. Chunki uning o’zida AQShnikidek xalqaro vazn xam, bosim berish imkoniyatlari xam yo’q. Demak Frantsiya xam Germaniya singari AQShga ko’ppakdek xizmat qilish evaziga xalqaro mavqe’ini tiklab olish uchun, unga xizmatga yollangan.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.