Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Rossiyaga boradi.

422
0

14-15 aprel kunlari O’zbekiston prezidenti Islom Karimov prezident Vladimir Putin taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo’ladi. Bu haqda prezident idorasi matbuot xizmati ma’lum qiladi.

Ma’lumotda belgilanishicha, tashrif doirasida davlatlar rahbarlari ikkitomonlama hamkorlikni bundan buyon ham rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar, xalqaro hamda mintaqaviy dolzarb muammolar xususida fikr almashadilar.

Tashrif yakunida 2013-2017 yillarga iqtisodiy hamkorlik Programmasi, investitsiyalarni himoya qilish va ularni taqdirlash haqidagi Kelishim va 2012 yilning 4 iyunida ikki davlat prezidentlari Toshkentda imzolagan, Rossiya bilan O’zbekiston o’rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash haqidagi Deklaratsiyani amalga oshirishlikka qaratilgan boshqa hujjatlar imzolanishligi rejalashtirilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.