Atambaev Moskvaga jo’nab ketdi

604
0

Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev 23 dekabr kuni Moskva shahrida bo’lib o’tadigan KXShT Kollektiv xavfsizlik kengashining navbatdagi yig’ilishida ishtirok etish uchun 22 dekabr kuni ish safari bilan Moskvaga jo’nab ketdi.

Shu bilan birga, mazkur safari doirasida Almazbek Atambaev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) Oliy kengashining navbatdagi yig’ilishida ham ishtirok etadi. Mazkur yig’ilishda Atambaev 2015 yilning 1 yanvaridan boshlab Qirg’izistonni YeOIIga kirishi to’g’risidagi hujjatni imzolashi kerak bo’ladi.

Biroq, Qirg’iziston hukumati bu ittifoqqa a’zo bo’lishi kerakmi yoki yo’qligini hozirga qadar aniq belgilab olmagan ko’rinadi. 20 dekabr kuni bo’lib o’tgan Qirg’iziston vazirlar maxkamasi mamlakatni Yevroosiy iqtisodiy ittifoqiga qo’shilishi to’g’risidagi shartnoma loyihasini ko’rib chiqishni keyinga qoldirgani haqida xabar qilingan, ammo bosh vazir Jo’mart O’tarboev bu borada muzokaralar davom etayotganini ma’lum qilgan bo’lsada, hujjatni tayyor emasligi sabablariga aniqlik kiritmagan edi.

22 dekabr dushanba kuni vazirlar maxkamasi yoniq eshiklar ortida Qirg’izistonni YeOIIga kirishi to’g’risidagi hujjatni tasdiqlagani va ko’rib chiqish uchun parlamentga topshirgani biroq, parlement kelishuv loyihasini ko’rib chiqishni rad etgani xabar qilindi.

Keyinchalik, prezident Moskvaga uchib ketishidan bir necha soat oldin, pralamentning navbatdan tashqari yig’ilishida – bu ham matbuot vakillar ishtirokisiz – kelishuv loyihasini tasdiqlagani ma’lum bo’ldi.

Deputatlarning so’zlariga ko’ra, vazirlar maxkamasi barcha kerakli hujjatlarni taqdim qilgan va hujjatning axamiyatini tushintirib bergan.

Shunday qilib, Qirg’iziston xalqi taqdirini xal qilishi kerak bo’lgan hujjat loyihasi yarim kun ichida, vazirlar maxkamasi va parlament tomonidan tasdiqlanib, prezident bilan birga Moskva shahriga jo’natib yuborildi. Ertaga, 23 dekabr kuni to’rt davlat prezidentlari bu hujjat ostiga o’z imzolarini qo’yishadi.

Ayni paytda, Qirg’izistonni YeOIIga a’zo bo’lishi bo’yicha kelishuv matnini vazirlar maxkamasi, Jo’gorku Kenesh deputatlari va prezidentdan boshqa hech kim ko’rmadi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.