Qirg’izston imomlari Rossiyada malaka oshiradi

470
0

Qirg’iziston musulmonlari diniy boshqarmasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, qirg’izistonlik bir guruh imomlar malaka oshirish uchun Rossiyaga borishadi.

Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Qirg’izistonning turli hududlaridan bo’lgan 10 nafar imom Rossiya Islom universitetida 7 dekabrdan 17 dekabrga qadar davom etadigan ikki haftalik malaka oshirish kurslarida ishtirok etishadi.

Malaka oshirish kursi RF muftiylar kengashi tomonidan tashkil etildi.

Matbuot xizmatining xabariga ko’ra, Qirg’izstonga 10ta o’rin berilgan bo’lib, malaka oshirish kurslariga mamlakatning shimoliy viloyatlaridan 6ta, janubiy viloyatlaridan 4ta imom borishini ma’lum qildi.

Turkiston:

Buni qarang, Rossiyada imomlarimiz malaka oshirar emish. Qaysi yo’nalish bo’yicha? Diniy ma’lumotlarini ziyoda qilish uchun bo’lsa, Islom o’lkalariga borishsa bo’lmaydimi?

Bundan ko’ra 10 ta GKNB xodimini arabistonga imomlik qilishni o’rganish uchun jo’natishsa osonroq bo’lar edimi. Balki GKNB xodimlari ichida, bunaqangi dinni niqob qilib olib xoinlik qilish kabi xarom amalni qilishga rozi bo’ladigan musulmon topilmagandir. Bu Olim deb tanilgan odamlarning ummat ustidagi xiyonati bo’lib, tarixda bu kabi ayg’oqchilik ishlarini zinodan binoga kelgan musulmonlar va munofiq yaxudiylar amalga oshirishgan. Ular uchun SSSR kabi katta kufr davlatlar maxsus ta’lim muassasalar ajratib, nomzotlarni asosan etimxonalardan tanlab olinar edi.

Ey yurt ustida imomlik nasib etgan birodarlar, sizlarni shunchalar pastga urishlariga yo’l bermanglar. Sizlar o’sha o’quv kurslaringni oxirlamay turib, zamon o’zgarib ketish arafasida turibdi. Sizlarning ichingizda, xar qanaqangi xolatda xaqni baralla ayta oladigan er azamatlar bor. Ummat barchangizga baxo berib kelayapti. Tarix oxirgi vaqtda juda tez o’zgara boshladi. Tarixda kufr satrlarida qolib ketishdan, oxiratda xam ular bilan bir safda tirilib qolishimizdan qo’rqaylik.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.