Xalifalikni tiklash oson ish emas

451
0

 

Hizbut Tahrir – Suriya viloyati matbuot bo’limining vakili ustoz Ibrohim Ahmad Abdulvahhob Suriyadagi muxolifatning ahvoli va o’tgan yozda e’lon qilingan Xalifalik davlati haqida “Anado’li” axborot agentligiga intervyu berdi. Ustoz Abdulvahhobning ta’kidlashicha, Xalifalik davlatini tiklash oson ish emas. Uning o’ziga yarasha shartlari va unsurlari bor.

“Xalifalik shartlarining bajarilishi va asosiy unsurlarining ro’yobga chiqarilishi lozimdir. Aks holda, hozirda e’lon qilingani kabi har qanday guruhlar to’g’ri kelgan joyda Xalifalik davlatini e’lon qilib olaveradi. IShID e’lon qilgan Islom davlati nazorati ostidagi mintaqalarda Islomning tatbiq qilinishiga nazar tashlansa, oddiy guruhlar Islomni o’z bilganicha tatbiq qilayotgani ma’lum bo’ladi” dedi ustoz Abdulvahhob “Anado’li” axborot agentligiga.

Shuningdek ustoz o’z intervyusida Suriyada Asad rejimiga qarshi kurashayotgan muxolifatchi guruhlarga ham e’tiborni tortdi. Ustozning ochiqlashicha Hizbut Tahrirning qurolli qanoti yo’q. Ammo bundan “Hizb jihodni inkor qiladi va jihod bo’layotgan joyni tashlab chiqib ketadi” degan ma’no chiqmaydi. Balki Hizb barcha jihodiy guruhlar bilan tig’iz aloqaga egadir.

“Suriyadagi barcha muxolifatchi guruhlar bilan aloqadamiz. Ammo bu guruhlar siyosiy bir loyihadan mahrumdirlar. Holbuki, G’arbga qarshi tura oladigan va Asad rejimini qulatadigan bir loyihaga ega bo’lish lozimdir”, dedi ustoz.

Muxolifatchi guruhlarning “Suriya ozod armiyasi” va “Islomiy guruhlar”, deya sinflarga bo’linishlariga qarshi ekanligini urg’ulagan ustoz Abdulvahhob “bu muxolifatchi guruhlarning o’rtasini bo’lish maqsadida G’arb tarafidan ularga qo’yilgan nomlardir. G’arb bu bilan ba’zi guruhlarni ekstrimizm va radikalizm bilan ayblab terrorga bog’liq qilib ko’rsatishga harakat qilmoqda”, deya urg’uladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.