BMT inson huquqlari oliy komissarligi Amerika, Yevropa va O’rta Osiyo bo’limining rahbari Janni Magazzeni Qirimda 19 ming kishi o’z erlarini tashlab ketishga majbur bo’lganligini bildirdi. Magazzeni Ukrainadagi inson huquqlari buzilishi haqidagi ettinchi hisobotini BMTning Jenevadagi ofesida taqdim qildi.
“Qrimda o’tgan referendumdan keyingi davr ichida, Ukrainada davom etayotgan urushlar sababli 31 oktyabrgacha 19 ming qrimlik o’z turar joylarini tashlab ketishga majbur bo’ldi”, dedi Magazzeni.
Hisobotda keltirilishicha, uy-joylarini tashlab ketishga majbur bo’lganlarning 5328 nafari yosh bolalardir. Magazzeni Qrimda matbuot, so’z, din va vijdon erkinliklari bo’g’ib tashlanganligini hamda har qanday yig’ilishlar o’tkazish umuman ta’qiqlab qo’yilganligini misollar bilan yoritib berdi. Magazzeniga ko’ra, Qrimda yuz berayotgan bosqinlar natijasida turar joylarini tashlab ketishga majbur bo’layotgan va dom-daraksiz yo’qolayotgan insonlarning soni tobora ortib bormoqda.
Shuningdek, hisobotda Rossiyaning Qrim mustaqil jumhuriyatini o’z siyosati va huquqiy tizimiga qo’shib olish uchun integratsion faoliyatlarini davom ettirayotgani va xususan Qrim tatarlarini bu davrda tahdidlarga duchor bo’layotgani aytib o’tildi. Qrimdagi insoniy vaziyatning hozirda ham muammoli ekanligiga e’tiborni tortgan hisobotda Qrim tatarlarining 90 foizi o’z ona tillarida gaplashmasligi qayd etildi.
Magazzeni taqdim qilgan hisobotga qaraganda 10 sentyabrdan buyon Qrimda qamoqqa olingan insonlarning soni 2671 kishiga etgan. ulardan bir qanchasi jazo muddati tugagandan so’ng Qrimga qaytish istagida ekanligi bildirildi. Xususan hisobotda Qrimda tatar tilini o’rgatadigan faqat ikki dona maktab borligi, u ham bo’lsa haftada faqatgina 2 soat bolalarga ta’lim berishi aytib o’tildi.