Davlatlar o’rtasidagi kurash omillari to’g’risidagi savoliga javob

490
0

Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan (fikriy) أ. أحمد فؤاد فؤادning davlatlar o’rtasidagi kurash omillari to’g’risidagi savoliga javob

 Savol:

 Bismillahir Rohmanir Rohim.

 Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

 «Siyosiy tushunchalar» kitobining 54 sahifa birinchi abzatsning birinchi qatorida «davlatlar o’rtasidagi kurash omillari» mavzusida «Tarix tongi otgandan boshlab to qiyomat kuniga qadar davlatlar o’rtasida faqat ikki omilga ko’ra kurash kelib chiqadi. Birinchisi: hukmronlik va manmanlik muhabbati. Ikkinchisi: moddiy manfaatlar ortidan chopish», deyilgan. Keyin o’sha sahifaning o’zida «davlatlar o’rtasidagi kurash omillarining eng xatarlisi turli shakllardagi mustamlakachilik omilidir», deyilgan. Savol: birinchi iborada «davlatlar o’rtasidagi kurash omillari … ikki xil bo’lishdan nariga o’tmaydi», deya omillar faqat ikkitaga, uchinchisi bo’lmasligiga cheklangan. Biroq keyingi iborada esa uchinchi omil, ya’ni mustamlakachilik omili zikr qilingan. Savolni boshqacha yo’l bilan aytadigan bo’lsam, davlatlar o’rtasidagi kurash omili ikkitami yo uchtami? Chunki ikkala iborani o’qigan kishi ularning bir-biriga zidligini ko’radi, ular o’rtasini qanday muvofiqlashtirish mumkin? Chunki agar kurash omillari ikkita bo’ladigan bo’lsa, u holda, nega uchinchi omil, ya’ni mustamlakachilik zikr qilindi?

 Javob:

 Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh!

 «Siyosiy tushunchalar» kitobidagi «Tarix tongi otgandan boshlab to qiyomat kuniga qadar davlatlar o’rtasida faqat ikki omilga ko’ra kurash kelib chiqadi. Birinchisi: hukmronlik va manmanlik muhabbati. Ikkinchisi: moddiy manfaatlar ortidan chopish», deyilgan ibora bilan «davlatlar o’rtasidagi kurash omillarining eng xatarlisi turli shakllardagi mustamlakachilik omilidir», deyilgan ibora o’rtasida o’zaro ziddiyat yo’q. Chunki, mustamlakachilik omili moddiy manfaat ortidan chopish omili ostiga kiradi. Mustamlakachilik kapitalistik mabdaning manfaat hisoblangan o’lchov orqali foydaga erishishdagi tariqatidir. Bu esa mustamlakachilik o’zidan oldingi omilga, ya’ni moddiy manfaat ortidan yugurish omiliga qaytishini, birinchi iborada aytilgan ikki omildan boshqa yangi bir omilga qaytmasligini anglatadi. Agar diqqat bilan qarasangiz, birinchi iborada yana bir omil bor, deb gumonga kelinadigan boshqa bir omil zikr qilinganini, biroq bu ibora uni hukmronlik va manmanlikni yaxshi ko’rish omiliga qaytarganini guvohi bo’lasiz. O’sha sahifada yana bunday ibora ham kelgan:

 «Endi boshqa bir davlat kuchining o’sishini cheklab qo’yish omiliga kelsak, masalan, Napoleonga, Islom davlatiga va Germaniya natsizmiga qarshi bo’lgani kabi, bu hukmronlikni yaxshi ko’rish omiliga kiradi. Chunki bu boshqalar hukmronligiga qarshi turishdir».

 Demak, boshqa bir davlat kuchining o’sishini cheklab qo’yish mazkur ikki omil tashqarisidagi alohida bir omil hisoblanmaganidek, mustamlakachilik ham moddiy manfaatlar ortidan chopish sirasiga kirib, mazkur ikki omil tashqarisidagi alohida bir omil hisoblanmaydi. Chunki bu ikki omil asosiy omil bo’lib, ulardan tashqari hech qanday uchinchi omil mavjud emas.

 Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

 17 muharram 1436h

 10 noyabr 2014m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.