Atamboev Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi

505
0

Qirg’izistonning ikkinchi prezidenti Bakievni hokimiyatdan ag’darilishiga olib kelgan 2009-2010 yil kuz-qish oylaridagi energetika bo’hroni Atamboevni ehtiyot bo’lishga, imkoni boricha o’z o’timishdoshi yo’l qo’ygan xatolarga yo’l qo’ymaslikka undamoqda. Shuning uchun ham Qozog’istondan kela solib, Turkmanistonga ikki kunlik safar bilan jo’nab ketdi. 11 noyabr kuni Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev Ashxabod shahrida Turkmaniston prezidenti bilan turli sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha muzokaralar o’tkazdi.

Atambaev ayniqsa energetika-iqtisod sohasidagi hamkorlikning ahamiyatiga e’tibor qaratdi. “Umid qilamanki, Turkmanistonning energetika salohiyatini inobatga olgan holda, hamkorligimiz mintaqa uchun namunaga aylanadi”, – dedi u.

O’z navbatida Gurbanguli Berdimuhamedov Qirg’izistonni Turkmaniston uchun ishonchli hamkor deb atadi. “Bizning oldimizda iqtisodiy, savdo-investitsiyaviy, ilmiy-madaniy va gumanitar sohalardagi aloqalarni rivojlantirish vazifasi turibdi”, – dedi Turkmaniston prezidenti.

Shuningdek, Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston elektr energiyasi ishlab chiqarishni orttirayotganini va yaqin orada elektr energiyasini Qirg’izistonga etkazish masalasini ko’rib chiqishga tayyorligini bildirdi.

Berdimuhamedov bilan uchrashuvidan so’ng jurnalistlar oldida chiqish qilgan Almazbek Atamboev, Turkmaniston Qirg’izistonga 700 million kVt-soat elektr energiyasi etkazib berishga tayyor ekanligini xabar qildi.

“Kelajakda, bir yildan so’ng bir milliard kVt-soat va undan ham ko’proq elektr etkazib beradi. Albatta, biz O’zbekiston orqali tranzit masalasini xal etishimiz kerak bo’ladi. O’ylaymanki, ertami yoki kech bu masala ham xal bo’ladi. Kelajakda, agar bizda muammolar, energetika bo’hroni bo’ladigan bo’lsa doimo suyanishimiz mumkin bo’lgan qardosh xalq borligini doimo xis qilib turamiz”, – deya belgilab o’tdi Atamboev. Bundan tashqari Atamboev, Qirg’iziston Turkmanistondan elektr, neft, tabiiy gaz, dizel va benzin eksport qilish imkoniyatlarini topishga harakat qilishini ta’kidlab o’tdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.