Koen: Isroil – Turkiya orasida tijoriy aloqalar eng yuqori ko’rsatkichga etdi

406
0

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogan tarafidan elchilik hujjatlari imzolanganidan so’ng Isroilning Turkiyadagi yangi elchisi mansabini egallagan Shay Koen Hurriyat gazetasiga intervyu berdi. Yangi elchi ikki davlat o’rtasidagi iqtisodiy va tijoriy aloqalar kundan kunga rivojlanib borayotganini va bugunga kelib o’rtadagi tijorat hajmi eng yuqori darajaga ko’tarilganligini bildirdi.

“Ikki davlat o’rtasidagi siyosiy vaziyatlarga qaramay, tijoriy aloqalar davomli ravishda yuksalib borayotganiga guvoh bo’lyapmiz. 2014 yilda o’rtadagi tijorat hajmi 5 milliard dollarga etdi. Bu ko’rsatgich bugunga qadar Isroil va Turkiya orasida eng yuqori ko’rsatkichdir. 2013 yilda 4 milliard dollar edi, 2014 yilda 5 milliardga etdi. Bir yilning o’zida 25%ga yuksaldi. Har kuni o’nlagan turk tadbirkorlariga Isroilga borishlari uchun ish vizasini beryapmiz. Isroildan ham bu erga juda ko’p tadbirkorlar kelmoqda”, dedi yangi elchi Shay Koen.

Isroil elchisi ikki davlat o’rtasida fuqarolar hamkorligi sohalarida ham so’z yuritar ekan, yangi elchilikni tayinlash hujjati shaxsan prezident Erdogan tarafidan imzolaganligiga e’tiborni tortdi. Elchiga ko’ra prezident Erdoganning bu imzosini “fuqarolar hamkorligi sohalarida mavjud aloqalarimiz ayni shaklda davom etishini istaymiz”, degan ma’noda tushinish mumkin.

Turkiyadagi vazifasiga tayinlanmasdan burun Isroil tashqi ishlar vazirligida terrorizmga (Islomga) qarshi kurash va mintaqaviy xavfsizlik departamentiga rahbarlik qilgan Koen Suriya va Iroqdagi jihodiy harakatlar va ularga qarshi birlashayotgan koalitsiya haqida ham gapirib o’tdi.

“Turkiyaning Suriya va Iroq bilan 1200 km masofaga yaqin chegarasi mavjud. Chegaraning narigi tarafini IShID va Jabhatun Nusra kabi jihodiy guruhlar o’rab olgan. Biz Isroilda chegarani himoya qilish nimaligi yaxshi bilamiz. Bu borada faqat razvedka ma’lumotlari kifoya qilmaydi. Ayni paytda eng zamonaviy texnologiyalar, uchuvchisiz samalyotlar, sun’iy yo’ldoshlar va katta miqdordagi mablag’ga ehtiyoj bor. Shu sababli biz xalqaro jamiyatga shunday murojaat qilamiz: bu chegaralarning muhofaza qilinishi faqat Turkiyaning vazifasi emas, xalqaro jamiyatning ham vazifasidir. IShID va jihodiy guruhlarga qarshi jangda Turkiyani yolg’iz qoldirmaslik lozim. Bu borada xalqaro hamkorlik qilish lozim. Mintaqadagi barcha davlatlar bu jangda ishtirok etishlari kerak” dedi. Shay Koen.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.